13-Mavzu: Axloq va qadriyatlar falsafasi (Etika ) Reja: “Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi



Yüklə 76,68 Kb.
səhifə1/19
tarix10.11.2023
ölçüsü76,68 Kb.
#132722
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
13 MAVZU


13-Mavzu: Axloq va qadriyatlar falsafasi (Etika )
Reja:
1.“Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi.
2. XXI asrda global etosfera (axloqiy muhit)ni yaratishning zaruriyati.
3. Etikaning kategoriyalari, tamoyillari, me'yorlarining shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bo'lishi.
4. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov.
AxloqShunoslik bir necha ming yillik tarixga ega bo’lgan qadimiy fan. U bizda «Ilmi ravish», «Ilmi axloq», «Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. Ovro’pada esa «Etika» nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha Shu atamani qo’llar edik. U dastlab manzildoshlik, yashash joyi, keyinchalik esa odat, fe’l, fikrlash tarzi singari ma’nolarni anglatgan; yunoncha «ethos» so’zidan olingan.
Uni birinchi bo’lib yunon faylasufi Arastu ilmiy muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo’ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa san’at, hunarmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta’limotni fan darajasiga ko’targanlar va «Etika» (ta ethika) deb ataganlar.
Biroq bizda milliy-mintaqaviy axloqiy qadriyatlarimizning, dastlabki axloqiy g’oyalarning vujudga kelishi qadimgi yunonlar yashagan davrdan o’nlab asrlar avval ro’y bergan. Ajdodlarimizning eng ko’hna e’tiqodiy-axloqiy kitobi - «Avesto» buning yorqin dalilidir. Shu sababli endilikda bu fanni ham ilmiy-tarixiy, ham zamonaviy-hayotiy talablar nuqtayi nazaridan «AxloqShunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb bildik.
AxloqShunoslik axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jamiyatdagi axloqiy munosabatlarini o’rganadi. «Axloq« so’zi arabchadan olingan bo’lib, insonning muomala va ruhiy xususiyatlari majmuini, fe’lini, tabiatini anglatadigan «xulq» so’zining ko’plik shaklidir. «Axloq« iborasi ikki xil ma’noga ega: umumiy tushuncha sifatida u fanning predmetini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Axloqni umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan bo’lsak, doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini - xulq, eng qamrovli qismini axloq egallaydi.
Odob - inson haqida yoqimli taassurot uyg’otadigan, lekin jamoa, jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasaydigan darajada muhim ahamiyatga ega bo’lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o’z ichiga oladi.
Xulq - oila, jamoa, mahalla-ko’y miqyosida ahamiyatli bo’lgan, ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.
Axloq - jamiyat, zamon, ba’zan umumbashariy ahamiyatga ega, insoniyat tarixi uchun namuna bo’la oladigan ijobiy xatti-harakatlar yig’indisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma’naviy hodisa.
Bu fikrlarimizni misollar orqali tuShuntirishga harakat qilamiz. Deylik, metroda yoshgina yigit, talaba hamma qatori o’tiribdi. Navbatdagi bekatdan bir keksa kishi chiqib, uning ro’parasida tik turib qoldi. Agar talaba darhol: «O’tiring, otaxon!» deb joy bo’shatsa, u chiroyli a’mol qilgan bo’ladi va bu a’moli bilan atrofdagilarda yaxshi kayfiyat uyg’otadi; chetdan qarab turganlar unga ich-ichidan minnatdorchilik bildirib: «Baraka topgur, odobli yigitcha ekan», deb qo’yadilar. Aksincha, talaba yo teskari qarab olsa, yoki o’zini mudraganga solib, qariyaga joy bo’shatmasa, g’ashimiz keladi, ko’nglimizdan: «Buncha beodob, surbet ekan!» degan fikr o’tadi, xullas, u bizda yoqimsiz taassurot uyg’otadi. Lekin, ayni paytda, talabaning qariyaga joy bo’shatgani yoki bo’shatmagani oqibatida vagondagi yo’lovchilar hayotida darhol biror-bir ijobiymi, salbiymi - muhim o’zgarish ro’y bermaydi.
Xulqqa quyidagicha misol keltirish mumkin: mahallamizdagi oila boshliqlaridan biri imkon boricha qo’ni-qo’shnilarning barcha ma’rakalarida xizmatda turadi, qo’lidan kelgan yordamini hech kimdan ayamaydi, ochiqko’ngil, ochiqqo’l, doimo o’z bilimini oshirib borishga intiladi, tirishqoq, oila a’zolariga mehribon va h.k. Unday odamni biz xushxulq inson deymiz va unga mahallamizning namunasi sifatida qaraymiz. Bordi-yu, aksincha bo’lsa, u qo’ni-qo’shnilar bilan qo’pol muomala qilsa, to’y-ma’rakalarda janjal ko’tarsa, sal gapga o’dag’aylab, musht o’qtalsa, ichib kelib, oilada xotin-bolalarini urib, haqoratlasa, uni badxulq deymiz. Uning badxulqliligidan oilasi, tevarak-atrofdagi ba’zi shaxslar jabr ko’radi, mahalladagilarning tinchi buziladi, lekin xatti-harakatlari jamiyat ijtimoiy hayotiga yoki insoniyat tarixiga biror-bir ko’zga tashlanadigan ta’sir o’tkazmaydi.
Biroq, bu fikrlardan odob va xulqning jamiyatdagi roli u qadar ahamiyatli emas ekan, degan xulosa chiqmasligi kerak; fuqarolar orasida odoblilik va xushxulqlilikning keng yoyilishi jamiyat axloqiy hayotigagina emas, balki butunisicha ijtimoiy taraqqiyotga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir tufayli garchand jamiyat birdaniga yuksalib ketmasa-da, asta-sekinlik bilan, muntazam ravishda yaxshilanib, ravnaq topib boradi.
Axloqqa kelsak, masala o’ta jiddiy mohiyat kasb etadi: deylik, bir tuman yoxud viloyat prokurori o’zi mas’ul hududda doimo qonun ustuvorligini ta’minlash uchun intiladi, adolat qaror topishini ko’zlab ish yuritadi, lozim bo’lsa, hokimning noqonuniy farmoyishlariga qarshi chiqib, ularning bekor qilinishiga erishadi; oddiy fuqaro nazdida nafaqat o’z kasbini e’zozlovchi shaxs, balki haqiqiy huquq posboni, adolatli tuzum timsoli tarzida gavdalanadi; u-umrini millat, Vatan va inson manfaatiga bag’ishlagan yuksak axloq egasi; u, o’zi yashayotgan jamiyat uchun namuna bo’laroq, o’sha jamiyatning yanada taraqqiy topishiga xizmat qiladi. Agar mazkur prokuror, aksincha, qonun himoyachisi degan nomi bo’laturib, o’zi qonunni buzsa, shaxsiy manfaati yo’lida oqni qora, qorani oq deb tursa, u axloqsizlik qilgan bo’ladi: oddiy fuqaro nazdida birgina kishi-prokuror-amaldor emas, balki butun jamiyat adolatsiz ekan, degan tasavvur uyg’onadi. Bunday tasavvurlarning muntazam kuchayib borishi esa oxir-oqibat o’sha jamiyat yoki tuzumni tanazzulga olib keladi.
Albatta, har uchala axloqiy hodisa va ularning ziddi nisbiylikka ega. CHunonchi, hozirgina misol keltirganimiz prokurorning axloqsizligi darajasi bilan o’z yakka hukmronligi yo’lida millionlab begunoh insonlarni o’limga mahkum etgan Lenin, Stalin, Hitler, Pol Pot singari shaxslar axloqsizligi orasida farq bor: agar prokurorning axloqsizligi bir millat yoki mamlakat uchun zarar qilsa, totalitar tuzum hukmdorlari xatti-harakatlari umumbashariy miqyosdagi fojealarga olib keladi.
Bu o’rinda Shuni alohida ta’kidlash joizki, axloqiy tarbiya natijasida odoblilik - xushxulqlilikka, xushxulqlilik-yuksak axloqiylikka aylangani kabi, axloqiy tarbiya yo’lga qo’yilmagan joyda muayyan shaxs, vaqti kelib, odobsizlikdan-badxulqlilikka, badxulqlilikdan-axloqsizlikka o’tishi mumkin.
Shunday qilib, axloqShunoslik mazkur uch axloqiy hodisani bir-biri bilan uzviylikda va nisbiylikda o’rganadi. Ana Shu uch axloqiy hodisaning umumlashmasini, ya’ni mazkur fanimizning predmeti bo’lgan umumiy tushuncha sifatidagi axloqni quyidagicha ta’riflash mumkin:
Axloq-barcha odamlar uchun birdek taalluqli hisoblangan, ijtimoiy talablar hamda ehtiyojlarning munosabatlar shaklidagi ko’rinishidan iborat bo’lgan, insonga berilgan ixtiyor erkinligining xatti-harakatlar jarayonida ichki iroda kuchi tomonidan oqilona cheklanishini taqozo etuvchi ma’naviy hodisa.
Shuningdek, atoqli faylasuf Erkin Yusupovning: «Umuman, axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida shaxs sifatida mavjud bo’lgan insonlarning o’z-o’zini idora qilish shakllari va me’yori, o’zaro muloqot va munosabatlarda ularga xos bo’lgan ma’naviy kamolot darajasining namoyon bo’lishidir»-degan ta’rifi ham diqqatga sazovor.1
AxloqShunoslikda inson xatti–harakatining ikki qutbi – axloqiylik bilan axloqsizlik holatlari tahlil va tadqiq etiladi. Axloqiylik – fazilatlarda, axloqsizlik esa illatlarda namoyon bo’ladi. Bu ikki qutb – tushuncha kun–tun, oq–qora singari bir–birini inkor va ayni paytda, taqozo etgani holda mavjuddir. Zero, fazilat, Arastudan tortib Ibn Sinogacha bo’lgan qadimgi faylasuflar ta’kidlaganlaridek, ikki illat oralig’ida ro’y beradi. Boshqacha qilib aytganda, fazilat ikki manfiylik o’rtalig’ida yuzaga keladigan musbat hodisadir. CHunonchi, adolat – zulm bilan mazlumlikning, saxiylik – isrofgarchilik bilan baxillikning, iffat – qizg’anchiqlik bilan rujuning o’rtalig’i sifatida voqe bo’ladi.
Fazilat va illat Shunday yirik hamda qamrovli atamalarki, ularning har biri o’z ichiga bir necha emas, o’nlab emas, balki yuzlab tushunchalarni oladi. Shu jihatdan axloqShunoslik barcha falsafiy fanlar ichida tushunchalarining ko’pligi va xilma–xilligi bilan alohida ajralib turadi. Ularni avvalgi ilmiy–uslubiy adabiyotlarda, xususan, lug’atlarda axloqShunoslik mezoniy tushunchalari yoxud kategoriyalari, axloqiy mezoniy tushunchalar, axloqiy tamoyillar, axloqiy me’yorlar, axloqiy munosabatlar, axloqiy hissiyotlar singari guruhlarga bo’lib taqdim etilgan. Bunday «maydalashtirish», bizningcha, shart emas. CHunki u, birinchidan, tizimni murakkablashtiradi, ikkinchidan, muayyanlikdan yiroqlashtiradi, uchinchidan, tushunchalar bilan hissiyotlarni, me’yorlar bilan tamoyillarni farqlashda chalkashliklarga olib keladi, ularni rosmana idrok qilishda qiyinchiliklar tug’diradi. Zero, fan mazmunini taqdim etishdagi har qanday murakkablashtirishlar, chalkashliklar, tabiiyki, tushunmovchilikni keltirib chiqaradi. Natijada mazmun mo’ljallangan «o’z egasiga» risoladagidek yetib bormaydi.
Shu sababli axloqShunoslik fanida qo’llaniladigan barcha tushunchalarni uch guruhga bo’lishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Bularning birinchisi – axloqiy bilish bilan real hayot o’rtasidagi eng muhim aloqa va munosabatlarni in’ikos ettiruvchi, axloq ilmining mezonini ifodalovchi tushunchalardir; ularni biz axloqShunoslikning mezoniy tushunchalari yoxud kategoriyalari sifatida olib qaraymiz. Nisbatan qamrovli ikkinchi guruh tushunchalarini – axloqiy tamoyillar, uchinchi guruhni esa axloqiy me’yorlar deb taqdim etamiz. Birinchi guruh tushunchalari umumlashtiruvchilik, mushtaraklik xususiyatiga ega, ular faqat nazariyaga taalluqli. Ikkinchi va uchinchi guruh tushunchalari esa amaliy axloqqa tegishli bo’lib, nisbatan muayyan, tor qamrovga ega; ular birinchi guruh uchun «moddiy asos» vazifasini o’taydilar.
Shu o’rinda «tushuncha» atamasining mohiyatiga nazar tashlashni joiz deb o’ylaymiz. Avvalroq biz axloqiy hissiyotlarning axloqiy onglash uchun ma’lum ma’noda material ekani to’g’risida birrov to’xtalib o’tgan edik. Bu haqda mumtoz faylasuflar ham e’tiborga sazovor fikr bildirganlar. CHunonchi, buyuk ingliz mutafakkiri Jon Lokk, tushunchada nimaiki bor ekan, u bundan avval hissiyotda mavjud bo’lgan, deb ta’kidlaydi. «Tabiat qonuni borasidagi tajribalar» asarida u Shunday deb yozadi: «Agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi yetkazib berilmasa, u holda tafakkur uchun hech qanday material berilmagan bo’ladi va aql bilishni taraqqiy ettirishi borasida me’mor bino qurishda tosh, yog’och, qum va hokazo qurilish materiallarisiz qanchalik ish qila olsa, xuddi Shuncha ish bajara biladi».2
Aqlni ideallashtirish, hissiyotni ikkinchi darajali omil sifatida talqin etish, Lokk va unga o’xshash ba’zi mutafakkirlar fikrlarini hisobga olmaslik, afsuski, keyingi davrlarda ayniqsa kuchaydi. Hegel singari faylasuflar esa butun borliqni mantiqiylashtirish yo’lidan bordilar. Lekin XIX asrning ikkinchi yarmidan keyin G’arb allomalari bu yo’lning ko’p jihatdan Yanglish ekanini anglay boshladilar. XX asr mutafakkiri, ruhiy tahlil falsafasidagi Yangi froydchilik oqimining atoqli namoyandalaridan biri Karl Yung Tibet mayyitlar kitobi – «Bardo Tyodol»ga yozgan sharhida Shunday deydi: «G’arb kishisi, «psixologik» («ruhiy») so’zini eshitganida, uning uchun u «bor–yo’g’i psixologik» tarzida jaranglaydi. Uning uchun «psixe» – qalb qandaydir, achinarli darajada kichik, e’tiborga noloyiq, shaxsiy, sub’ektiv va h.k. Shu sababli «ruh» (qalb) o’rniga «aql» so’zini ishlatishni ma’qul ko’radi...».3 Boshqa bir o’rinda barcha metafizik mulohazalar uchun ijodiy zamin aynan ana Shu qalb ekanini, ong esa qalbning ko’zga ko’rinmas in’ikosidan iboratligini ta’kidlaydi. Darhaqiqat, «yurak va aql», «hissiyot va ong» bahsida G’arb, ayniqsa, XX asrda, so’zsiz, birinchilikni aqlga, ongga beradi. Yuqoridagi kabi fikrlar istisnoli hollardir. Shu bois axloqShunoslik nuqtayi nazaridan muhabbat haqida gap ketsa, uni hissiyot deb, yana buning ustiga, ta’riflash qiyin bo’lgan tuyg’u, deb ataydilar va uni tushuncha tarzida olib qarashdan cho’chiydilar. Vaholanki, muhabbat aynan axloqiy hissiyot va axloqShunoslikning bosh mezoniy tushunchasidir.
Muhabbat bosh mezoniy tushuncha sifatida deyarli barcha asosiy tushunchalarda va tamoyillarda o’z «hissa»siga ega. Shu jihatdan atoqli tasavvufShunos Najmiddin Komilov: «Juda ko’p irfoniy tushuncha–istilohlarning sharhi muhabbatga borib taqaladi», – der ekan, ayni haqiqatni aytadi.4 Na ezgulikni, na yaxshilikni, na vatanparvarlikni, na insonparvarlikni muhabbatsiz tasavvur etib bo’lmaydi. O’tgan boblarning ba’zilarida biz bu tushunchaning mohiyati, turlari haqidagi Ilohiy Og’ustin, Imom G’azzoliy , Erix Fromm singari mutafakkirlar fikrlarini keltirgan edik. Qo’shimcha qilib Shuni aytish mumkinki, muhabbat – insoniy mohiyatning erkin tarzda namoyon bo’lishidir, u zo’ravonlik yoki zo’rma–zo’rakilik bilan chiqisha olmaydigan hodisa. U me’yorlar, an’analar, qonunlarga bo’ysunmaydi, lekin yuksak axloqiylik ifodasi tarzida insonga ulkan mas’uliyat yuklaydi, uni jasoratga chorlaydi, u – insonni tash–qi va transtendental olam bilan bog’laydigan, uni yolg’izlikdan olib chiqadigan buyuk kuch.
Muhabbatning ob’ekti doimo go’zallik, manfaatsiz go’zallik. U – Allohmi, Vatanmi, yormi – muhabbat egasiga undan–da go’zalroq narsa yo’q. Ayni paytda bir ob’ektni sevgan kishi boshqa ob’ektlarni ham sevishi tabiiy. Deylik, yorga bo’lgan haqiqiy muhabbat Vatanga, insoniyatga muhabbatni inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Zero, «o’z–o’zicha», «yakka», «xudbin» muhabbatning bo’lishi mumkin emas. Inson o’zi o’zgaga aylanganida, o’zgani o’ziga aylantira olganida haqiqiy muhabbat egasi hisoblanadi. Mana Shu ob’ekt bilan sub’ekt orasidagi farqning «yo’qolishi» eng buyuk, eng mukammal lazzatdir. Buni mavlono Fuzuliy nihoyatda go’zal qilib, bir baytda Shunday ifodalaydi:

Yüklə 76,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə