13-Mavzu: Axloq va qadriyatlar falsafasi (Etika ) Reja: “Etika” fanining predmeti, mohiyati va tuzilmasi



Yüklə 76,68 Kb.
səhifə7/19
tarix10.11.2023
ölçüsü76,68 Kb.
#132722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
13 MAVZU

Taqdirni qo’l bilan yaratur odam,
G’oyibdan kelajak baxt bir afsona, –
degan hikmatli satrlari Shu jihatdan diqqatga sazovor.10
Baxt haqida gap ketganda, albatta, omad to’g’risida to’xtalib o’tish lozim. Omad ham lazzatga o’xshash oniylik tabiatiga ega. Lekin bu oniylikda lazzatdagidek takrorlanish xususiyati yo’q: odamga omad hayoti mobaynida kamdan–kam kulib boqadi. Omadning ana Shu jihati haqida qrim–tatarlarning qadimgi asotiri bor. Unga ko’ra, Omad ma’buda ekan, kunlardan birida uning o’g’li Yerni tomosha qilaman deb osmondan tushibdi–yu, qaytib chiqmabdi. Shu–Shu Omad Yerga tushib, hanuz bolasini qidirarmish. Ma’budaning yuzi yo’q, faqat qoq miyasi ustida bittagina ko’zi bor ekan. Shu bois u to’g’ri kelgan o’tkinchini tutib olib, o’g’limmikan deb, balandga ko’tarib, ko’ziga olib borib qararkan va o’g’li emasligiga ishonch hosil qilgach, osmonu falakdan pastga qaratib itqitib yuborarkan. Omad o’z qo’liga tushganlarning hammasiga Shunday munosabatda bo’lar ekan.
Darhaqiqat, mazkur asotirda omadning o’tkinchilik mohiyati juda chiroyli va majoziy ochib berilgan; bir umr omadli odam yo’q, omad – tasodif, baxt – zaruriyat; omad – istisnoli, baxt – qonuniy hodisa. Omad – shaxsning bir zumlik holatini aks ettiradi, baxt esa inson nimaga erishmog’i lozim, degan savolga bir umr mobaynidagi amaliy javobdir.
Baxtni tuShunish har bir davrda, ma’lum tarixiy sharoitda millat, shaxs va jamiyatning taraqqiyot darajasiga qarab, turlicha muayyanlashish xususiyatiga ega. Ya’ni, ideal kabi uning ham tabiati o’zgaruvchan. AxloqShunoslikda baxt mezoniy tushunchasini alohida o’rganadigan an’anaviy evdeymonchilik deb ataladigan yunoncha «eudaimonja» (baxt) so’zidan olingan yo’nalish mavjud.
O’lim va o’lmaslik. O’lim va o’lmaslik ahloqShunoslikdagi eng murakkab tushunchalar. Avvalo Shuni aytish kerakki, o’lim Shu paytgacha ahloqiy tushuncha sifatida «rasmiy» olib qaralmagan. Vaxolanki uni eng katta yovuzlik, eng ulkan baxtsizlik tarzida talqin etish odat tusiga kirgan. Mantiqan olib qaralganda, ezgulik va baxtning ziddi bo’lgan bu tushuncha axloqqa taaluqli, ya’ni illatdir. Zero o’lim oliy qadriyat bo’lmish inson hayotini kesib qo’yadi, uning ezguliklar, yaxshiliklar qilishga bo’lgan imkoniyatini yo’qqa chiqaradi. Masalan, Ibn Sino, juda bo’lmaganda, yana o’n yil yashaganida, 67 yoshga kirganida qanchadan–qancha ezgu ishlar qilgan, falsafa, tibbiyot va badiiy adabiyot sohasida ko’plab buyuk asarlar yaratgan bo’lur edi. O’lim uni, u orqali bizni ham ana Shu ma’naviy ezguliklaridan mahrum qildi. Demak, o’lim, faqat biologik yoki tabiiy tushuncha emas, uning mohiyati ahloqiylik bilan chambaras bog’liq. To’g’ri, o’lim – haq. Lekin bu yerda o’limning turlari mavjudligini unutmaslik lozim.
O’limning birinchi turi, bu tabiiy, tashqi tabiat va inson ichki tabiati bilan bog’liq o’lim. U ikki xil bo’ladi: birinchisi – odatiy o’lim, u qarilik tufayli, inson a’zolarining hayotni davom ettirishga yaroqsizligi tufayli ro’y beradi. Ikkinchisi – halokat, u biror bir tabiiy ofat, yoki tasodiflar tufayli voqe bo’ladigan o’lim.
Ikkinchi turdagi o’lim – jamiyat bilan bog’liq, u ham ikki xil bo’ladi. Birinchisi – majburiy o’lim, u odatda jazo shaklida amalga oshiriladi. Ikkinchi xili – bu dunyodagi azob–uqubatlardan, ular hoh ruhiy, hoh jismoniy bo’lsin, qutilib, uyqu bilan mangu orom olish uchun ixtiyoriy tarzda amalga oshiriladigan o’lim, totli o’lim yoki evtanaziya deb ataladi. Ayni ana Shu ikkinchi turdagi o’lim ahloq bilan bog’liq. CHunonchi ikkinchi turdagi o’limning birinchi xili – ulkan yovuzlik hisoblanadi. Shunga ko’ra, o’lim jazosi yovuzlikka qarshi yovuzlik ko’rsatishdir. Bu haqda keyinroq bafurja to’xtalamiz.
Ixtiyoriy o’lim, aytilganidek, ba’zan ruhiy iztiroblar orqali hayotda o’z o’rnini topa olmaganligi, o’zi uchun eng ulug’ hisoblangan maqsadiga erisha bilmaganligi natijasida ro’y beradi. Bunday holat goho ommaviy tus olishi ham mumkin, o’tgan asr 80 yillarining ikkini yarmida sobiq totalitar rejim iskanjasidagi O’zbekistonda ayollar orasida o’zlarini yoqib yuborish xolatlari ko’plab yuz berdi. Yuzlab ayollar (asosan kolxozchilar) og’ir jismoniy mehnat, quvonchsiz shaxsiy hayot, reaksion urf–odatlar, turmushdagi yetishmovchiliklar tufayli hayotdan ko’z yumdilar. Ular ixtiyoriy o’limni qabul qildilar. Bunday o’lim aslida yashashni istamaslik emas, balki aksincha, SHopenenhauer aytganidek, yashash istagi tufayli yuz beradi, ya’ni o’zini o’ldirayotgan odam yashashni istaydi, faqat o’zi yashayotgan hayotdagi shart sharoitdan, jamiyat qoidalaridan norozi, hayotni emas, anna Shu noinsoniy sharoitni tark etish maqsadda Shunday qiladi, kimlargadir yoki jamiyatga achiqma–achchiq hayotdan ko’z yumadi.
Ixtiyoriy o’limning ikkinchisi ko’proq inson salomatligini yo’qotishi, kuchli jismoniy og’riqlardan xalos bo’lishga intilishi, yuqorida aytilganidek, o’limni mangu orom, totli abadiyat sifatida qabul qilishi bilan izohlanadi. Bunday o’lim ko’pincha tibbiyot odobi masalalari bilan bog’liq. Masalan, surunkali jismoniy og’riq natjasida, faqat kuchli narkotik dorilar bilan uyquga ketadigan og’ir ahvoldagi bemor, oxir–oqibat bir – ikki oydanmi, bir–ikki yildan keyinmi, baribir, o’limga maxkumligini his etgach, tibbiyot xodimidan o’zini dori dozasini kuchaytirish orqali o’ldirib qo’ya qolishni iltimos qiladi. Tibbiyot xodimi qanday qaror qabul qilishi kerak? Bemorni o’ldirish orqali og’ir azoblardan qutqarish axloqiylikka kiradimi yoki axloqsizlikkami? Bu muammolar hali uzil–kesil hal etilgan emas. Bundan tashqari. har ikki holatdagi o’limda o’z xohishi bilan o’limni barvaqt istagan, Xudo bergan umrni o’zi qisqartirishga ahd qilgan odam ahloqlimi yoki ahloqsizmi?

Yüklə 76,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə