Mavzu: Ta'lim texnologiyasining nazariya va amaliyotning o'zaro bog'liqligi tamoyili



Yüklə 265 Kb.
səhifə1/3
tarix19.12.2023
ölçüsü265 Kb.
#151534
  1   2   3

Mavzu: Ta'lim texnologiyasining tizimlilik tamoyili

  • Tayyorladi: 410-guruh talabasi Tursuntosheva Saodat

An’anaviy o’qitish asosini Ya.A.Komenskiy tomonidan tuzilgan pedagogika tamoyillari tashkil etadi:  ilmiylik;  tabiatga monandlik (o’qitishrivojlanish bilan belgilanadi va shakllanmaydi);  uzviylik va tizimlilik;  o’zlashtiruvchanlik (ma’lumdan noma’lumga, soddadan murakkabga);  mustahkamlash (takrorlash, takrorlash …)  onglilik va faollik;  nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi;  yoshi va individual xususiyatlarini hisobga olish.

Komenskiy qarashlari:

  • Ta’lim texnologiyalari nazariy fan sifatida ta’lim-tarbiya sohasida kafolatli natijaga erishish darajasini oshirish muammolarini tadqiq etish bilan shug’ullanadi hamda o’zining muntazam rivojlanishini kadrlar tayyorlash orqali ta’minlab turadi. Muammolarni hal etishda turli ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalanadi va boshqa fanlar bilan bog’liqliklarga ham ega.Ilmiy tadqiqot ishlari fanni rivojlantirishga, ayrim pedagogik
  • hodisalarni tekshirib o’rganishga, muammolarni hal qilish yo’llarini aniqlashga yordam beradi. Hozirgi kunda quyidagi metodlarni ta’lim taraqqiyotiga samarali hissa qo’shadi deb hisoblash mumkin.

Nazariy usul – ilmiy adabiyotlar, ommaviy matbuot, internet materiallari, darsliklar, o’quv-metodik ishlanmalar, ko’rsatmalar bilan ishlash, manbalarni o’rganish va nazariy tahlil qilish asosida olib boriladigan pedagogik izlanish. Bu usul muammolarning qay darajada o’rganilgani, qay biri atroflicha ochilganligi, qaysi masalalar yechilmaganligini bilish imkoniyatini beradi.

Kuzatish usuli pedagogik hodisani, jarayonni ma’lum pedagogik maqsad asosida kuzatish. Kuzatishlar faqat oddiy hodisalarni kuzatish, ayrim dalillarni yig’ish, hisobga olish, aniqlash uchungina emas, balki ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash, mukammallashtirish, samaradorligini oshirish maqsadida amalga oshiriladi. Odatda, tabiiy kuzatish ta’lim oluvchilarning fanlarni o’zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muammolaridagi o’zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish yo’llarini belgilash uchun qo’llaniladi.


Yüklə 265 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə