Mavzu: Ta'lim texnologiyasining nazariya va amaliyotning o'zaro bog'liqligi tamoyili



Yüklə 265 Kb.
səhifə3/3
tarix19.12.2023
ölçüsü265 Kb.
#151534
1   2   3

Eksperiment-tajriba usuli – qo’llanilayotgan yoki qo’llanishi mumkin bo’lgan u yoki bu metod va usullar samarasini aniqlash maqsadida pedagogik eksperiment amalga oshiriladi. “Eksperiment” so’zi lotincha “sinab ko’rish”, “tajriba qilib ko’rish” ma’nosini anglatadi. Eksperimentaltajriba ishlari asosan ta’lim- tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tatbiqini tekshirish, aniqlash maqsadida o’tkaziladi.Tajriba ishlari ta’lim-tarbiya o’rtasidagi qonuniy bog’lanishlarni aniqlash, natijalarni hisoblash asosida yangi usullarni tatbiq etishga, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishga qaratiladi.

Eksperiment usuli sharoitga qarab uch xilda o’tkaziladi. 1. Tabiiy eksperiment; 1. Laboratoriya eksperimenti; 2. Amaliy tajriba. Pedagogik eksperiment tajriba ishlarini o’tkazishda quyidagi talablar mavjud: 1) Ishning aniq, ilmiy jihatdan asoslangan farazini aniqlash va kutilishi lozim bo’lgan natija uchun reja belgilash lozim; 6) Ilmiy ish yoki pedagogik faoliyat uchun aniq ob’ekt belgilash, amalga oshirish borasida qo’shimcha usullarni aniqlash; 7) Tajriba ishi o’tkazish vaqtini va muddatini aniqlash; 8) Tajriba uchun lozim bo’lgan vositalarning tayyorligi; 9) Eksperiment natijalarini zudlik bilan tahlil qilish, tegishli xulosa chiqarish va tavsiyalar berish kerak.

Matematik-statistik usul – oldingi usullar natijasida to’plangan materiallarni tahlil qilishda, umumlashtirishda qo’llaniladi. Bunda har bir usulning natijalari aniq baholanadi va ishonchli xulosalarga kelinishi ta’minlanadi. Pedagogik tadqiqot statistika ma’lumotlarisiz, ularning empirik tahlilisiz o’zligini namoyon eta olmaydi. Chunki ta’lim sifati ko’rsatkichlari, u yoki bu qo’llanilayotgan usullarning barcha natijalari va samaradorlik foizlari statistika usuli orqali aniqlanadi. Bu o’z navbatida kelajak rivojlanish rejalarini tuzishga imkon beradi

Ilg’or tajribalarni o’rganish usuli – ilg’or tajribali, malakali pedagoglar faoliyati (oddiylari ham) bevosita va bilvosita o’rganiladi. Bunda pedagogik faoliyatdagi yutuq va kamchiliklar aniqlanadi, o’zaro tajriba almashinadi hamda malaka oshiriladi.

Tadqiqot natijalarini amalda tatbiq etish usuli – masalan, tadqiqotchilarning ilmiy ish natijalari bo’yichailmiy-amaliy seminar, forum yoki konferensiyalarda ma’ruza va dokladlar bilan chiqishi, ilmiy maqolalar, darslik, qo’llanmalar, metodik tavsiyalar yozishi, kitoblar nashr qilishi tushuniladi.


Yüklə 265 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə