Mavzu: Ta'lim texnologiyasining nazariya va amaliyotning o'zaro bog'liqligi tamoyili



Yüklə 265 Kb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü265 Kb.
#151534
1   2   3

Suhbat usuli – material yig’ish va kuzatish davomida to’plangan axborotlarga aniqlik kiritish, tekshirish maqsadida suhbat olib boriladi. Ta’lim-tarbiya jarayonini yaxshilash, yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to’g’ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat usulidan foydalaniladi. Odatda, suhbat usuli o’qituvchilar va ta’lim oluvchilar jamoasi bilan, ota-onalar va keng jamoatchilik bilan, yakka va guruhli tartibda ish olib borganda qo’llaniladi. Bunda suhbat usulini tatbiq etishdan oldin reja tuziladi, uni amalga oshirish yo’llari belgilanadi, natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga kelinadi. Shuningdek, tadqiqotchining suhbat olib borish, savol- javob texnikasini egallaganligi va uni kerakli tomonga yo’naltira olishni bilishi, suhbatdoshning ruhiy holatiga qarab suhbat ohangini moslashtirishi g’oyatmuhimdir.

Test va so’rovnomalar usuli – bu usul ommaviy ravishda material to’plash maqsadida anketa tarqatish yo’li bilan amalga oshiriladi. Pedagogik ilmiy-tadqiqotlar ichida yetakchi usul test va so’rovnoma savollaridan foydalanishdir. So’rovnoma – anketa usuli yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, o’quvchilarning yakka va guruhli fikrlarini, qarashlarini, qiziqishlarini, kelajak rejalarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o’tkaziladi. Test savollarining sifati, maqsadga muvofiqligi, ishonchliligi va xolisligi ta’lim oluvchilarning mustaqil fikrlarini o’stiradi, kelajakni real baholash qobiliyatini taraqqiy ettiradi.

Ta’lim oluvchilar ijodini o’rganish usuli – talabalarning o’ziga xos individual faoliyatlari, qobiliyatlariga oid omillar tahlil qilinadi. Pedagogik tadqiqot usullari ichida ta’lim oluvchilar ijodini tabiiy holatda o’rganish va ilmiy xulosalar chiqarish usuli mavjud. Bunda ularning o’ziga xos yakka tartibdagi faoliyatlariga doir omillar tahlil qilinadi, muayyan xulosalarga kelinadi. Maqsad ta’lim oluvchilarda ijodkorlik sifatlarini shakllantirishdir. Shu sababli ularning turli yozma ishlari, o’zlashtirish imkoniyatlari, ijodiy ishlari, taqdimotlari, rejalari, turli yozma hisobotlari, topshiriqlarni bajarishga yondoshuvi ularni o’rganish uchun manba bo’lib xizmat qiladi.


Yüklə 265 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə