13-variant: (Buxgalteriya hisobi (Noixtisoslik 2-kurs 2-semestr 1-oraliq nazorat))



Yüklə 48,16 Kb.
səhifə2/3
tarix27.04.2023
ölçüsü48,16 Kb.
#107152
1   2   3
Ravshanov Shohnur Buxgalteriya hisobi

Yuridik shaxs — fuqarolik huquq va majburiyatlarining subʼyektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar va shaxslar. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga koʻra, Yuridik shaxs oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida molmulkka ega boʻlgan hamda oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu molmulk bilan javob beradigan, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻla oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda daʼvogar va javobgar boʻla oladigan tashkilotdir. Yuridik shaxs lar mustaqil balans yoki smetaga ega boʻlishlari kerak. Oʻzbekiston Respublikasining FKda Yuridik shaxslarning quyidagi 2 turi farqlanadi: 1) tijoratchi tashkilotlar, yaʼni foyda olishni oʻz faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan tashkilotlar. Mas, xususiy korxonalar, xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari; 2) tijoratchi boʻlmagan tashkilotlar, yaʼni foyda olishni oʻz faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan tashkilotlar. Mas, jamoat birlashmalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari. Yuridik shaxslar fuqaro (fuqarolar) tomonidan (mas, xususiy korxona, masʼuliyati cheklangan jamiyat, notarial kontora kabi shakllarda), Yuridik shaxslarning oʻzlari tomonidan (mas, oʻzga aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini sotib olishi yoʻli bilan, Yuridik shaxslar birlashma yoki uyushma ittifoqlariga birlashishi orqali), davlat tomonidan (mas, operativ boshqaruvga asoslangan taʼlim muassasasini tashkil qilish, davlat molmulki boʻlgan korxona ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotgan paytda aksiyalarning bir qismi davlatning oʻzida qolgan hollar) taʼsis etilishi mumkin. Ular, oʻz navbatida, tashkil qilingan Yuridik shaxsning muassislari (taʼsischilari) hisoblanadilar. Shuningdek, OʻzRda Yuridik shaxsning taʼsischisi chet el fuqarosi, chet el kompaniyasi (Yuridik shaxsi) ham boʻlishi mumkin. Qoidaga koʻra, ustav jamgʻarmasining miqdori taʼsis etilayotgan Yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotgan paytda 150000 AK.Sh dollaridan ortiq va ulushning kamida 30 foizini chet el investorining hissasi tashkil etsa, bunday Yuridik shaxs — qoʻshma korxona, agar yuz foiz ulush chet ellik investorga tegishli boʻlsa, bunday Yuridik shaxs — xorijiy korxona hisoblanadi. Ayni vaqtda bunday mulkiy senzlar mahalliy Yuridik shaxslarga ham oʻrnatilgan. Chunonchi, masʼuliyati cheklangan jamiyatning, xoʻjalik shirkatining ustav fondi jamiyatni, shirkatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish paytidagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan kam boʻlmasligi kerak. Ayni vaqtda Yuridik shaxslarning mulkiy mablagʻlari sohasida ayrim cheklashlar ham mavjud. Ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasiga koʻra, konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad qilib qoʻyuvchi, respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qiluvchi, xalqning sogʻligi va maʼnaviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek, harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi. Maxfiy jamiyatlar va uyushmalar tuzish ham taqiqlanadi. Mamlakatimizda Yuridik shaxslar faoliyatini bevosita tartibga soluvchi bir qancha qonun hujjatlari mavjud: "Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida" (1991 yil 15 fevral). "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida" (1996 yil 26 aprel). "Notariat toʻgʻrisida" (1996 yil 26 dekabr), "Advokatura toʻgʻrisida" (1996 yil 27 dekabr), "Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida" (1997 yil 26 dekabr), "Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida" (1998 yil 30 aprel), "Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida" (yangi tahrirda 2004 yil 26 avgust), "Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida" (1998 yil 30 aprel), "Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida" (1999 yil 14 aprel), "Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun Yuridik shaxs larning javobgarligi toʻgʻrisida" (2000 yil 15 dekabr), "Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida" (2001 yil 6 dekabr), "Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshma masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida" (2001 yil 6 dekabr), "Xususiy korxona toʻgʻrisida" (2003 yil 11 dekabr)gi va boshqalar qonunlar. Ad.: 3okirov I. B., Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi

3. Jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari haqida yozing (Soliq kodeksi 53-bob ma'lumotlari asosida)


Mulkiy daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:


1) foizlar;
2) dividendlar;
3) mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar;
4) soliq to‘lovchiga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar. Mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlar mazkur mol-mulkni realizatsiya qilish summasining hujjatlar bilan tasdiqlangan uni olish qiymatidan oshgan qismi sifatida aniqlanadi. Mazkur qiymatni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mol-mulkni realizatsiya qilish qiymati, ko‘chmas mulk bo‘yicha esa – kadastr qiymati hamda realizatsiya qilish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq daromad deb e’tirof etiladi;
5) sanoat mulki ob’ektlariga, seleksiya yutug‘iga oid patent (litsenziya) egasi bo‘lgan soliq to‘lovchining patentdan boshqa shaxs foydasiga voz kechganda yoki litsenziya shartnomasi tuzganda olgan daromadi;
6) royalti;
7) ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulk bo‘yicha ishonchli boshqaruvchidan olingan daromad;



4. Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar (6700) haqida yozing ("21-son BHMS VI bo'lim. Joriy majburiyatlar. 8-§" asosida)

284. Sug‘urtalovchi ro‘yxatida bo‘lgan va ro‘yxatda turmagan xodimlarga mehnatga haq to‘lash (mehnat haqining hamma turlari, mukofotlar, yordam, ishlaydigan pensiya oluvchilarga hisoblangan pensiya va boshqa to‘lovlar) bo‘yicha joriy qarzlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”;
6720 “Deponentlangan ish haqi”.
285. 6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” schyotining kredit tomonida mehnat haqi, ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha nafaqalar, pensiyalar va boshqa shu kabi summalar aks ettiriladi. 6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” schyotining debet tomonida hisoblangan mehnat haqini to‘lash va undan ushlanmalar aks ettiriladi.
286. Har yilgi va qo‘shimcha ta’til bo‘yicha summalarni hisoblashda ushbu summalar mehnat haqi jamg‘armasiga joriy oyga to‘g‘ri keladigan ta’til kunlari summasi miqdorida kiritiladi. Ta’tilning bir qismi keyingi oyga o‘tgan hollarda, ushbu kunlar uchun xodimlarga to‘langan summalar joriy oyda berilgan bo‘nak summasi kabi aks ettiriladi va 4290 “Xodimlarga berilgan boshqa bo‘naklar” schyotining debetida va 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” schyotining kreditida ko‘rsatiladi.
287. 6720 “Deponentlangan ish haqi” schyotida xodimlarning olinmagan ish haqi bo‘yicha qarzlari aks ettiriladi.
6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar” va 6720 “Deponentlangan ish haqi” schyotlari bo‘yicha analitik hisob sug‘urtalovchining har bir xodimi bo‘yicha alohida yuritiladi.
288. Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblarni hisobga oluvchi schyotlar (6700)ning boshqa schyotlar bilan bog‘lanishi.




Yüklə 48,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə