14 Mavzu. Boshqaruvda motivasiya va uning turlari. Motivlashtirish nazariyasi


Uzini-uzi mukammallashtirish motivlashtirish modeli



Yüklə 21,08 Kb.
səhifə2/2
tarix23.12.2023
ölçüsü21,08 Kb.
#157663
1   2
14 мавзу

Uzini-uzi mukammallashtirish motivlashtirish modeli. Bu model Maslou va Xesberg yondashuvlariga asoslangan bulib, uzok muddatli motivasiyani ta’minlovchi omillar sifatida nafakat ichki omillar, shuningdek tashki omillar xam muxim deb karaladi.
Motivlatirish strategiyasi.
Motivlatirish strategiyasini tanlashda uchta yondashuv mavjud:
1. Rag’batlantirish va jazo strategiyasi, ya’ni, kishilar mukofot olishi uchun ishlaydilar:
· kim kup yaxshi ishlasa, unga yaxshi xak tulanadi;
· kim undan kup ishlasa shunchalik kup xak tulanadi;
· kim sifatsiz ishlasa, u jazolanadi;
2. Ish orkali motivlashtirish: xodimga uni koniktiradigan ishni bersangiz bas, ijro etish sifati yukori buladi.
3. Menejerlar bilan doimiy alokada bulish strategiyasi: buy sunuvchilar bilan birga maksadni aniklab olish, unga ijobiy aks alokaga imkon berish, xattoki u tug’ri yoki notug’ri, yoxud yanglishgan xollarda xam. Bu motivlash-tirish modeli raxbar bilan xodim uratisidagi munosabatni taxlil kilish va unga ustuvorlik berishga asoslanadi.
Motivlashtirish nazariyasi. Amerikalik ruxshunos Abraxam Maslou XX asirning 40- yilarida uzining extiyojlar ustunligi nazariyasini yaratib, kishilar uz motivlari jarayonida extiyoj va kizikishning 5 turiga tayanadilar dedi. Uning extiyojlar ierarxiyasi kuyidagi kuringa ega.
Birinchi urindagi extiyojlar – bu bazis extiyojlar, ya’ni, yashashni ta’minlash uchun zarur bulgan extiyojlar. A.Maslouning fikricha, inson, eng avvalo ana shu biznes extiyojlarni kondirish uchun ishlaydi. Bazis extiyojlar, ya’ni oziq-ovkatga, kiyim-kechakka, uy-joyga, uyquga bo’lgan extiyoj qondirilsa, boshqa darajadagi extiyojlar xam asta-sekin axamiyat kasb etib boradi. Masalan, xavfsizlikka, ya’ni tinchlikka, tartib, ximoyaga bulgan extiyoj xam birlamchi boskichdagi extiyojning yangi darajasidagi zaruriyatdir.
Biron ijtimoiy guruxda bulish, boshka kishilar bilan alokaga kirishish extiyoji ierarxiyaning uchinchi bug’iniga kiradi. Bu guruxdagi extiyojlarni sosial extiyojlar deb xam yuritiladi.
Motivasiya boskichlari (A.Maslou buyicha).

  1. Hurmatga ehtiyoj

  2. E’tiqod va kishilar bilan aloqadorlikka ehtiyoj

  3. Xavfsizlikka bo’lgan ehtiyoj

  4. Fiziologik ehtiyojlar

Ehtiyojlar hurmatga bulgan extiyoj extiyojlar piramidasining turtinchi bug’inini tashkil kiladi. Bu extiyojlar kishining boshkalar tomonidan tan olinishiga bulgan extiyoj, ya’ni mavke, nufuz, shon-shuxrat, muvaffakiyat, dikkat-e’tibor. Uzingizni isbotlash extiyoji, ya’ni Maslou ierarxiyasidagi eng yukori daraja yashirish imkoniyatlarning xakikiy aylanishi, nimaga erishish mumkin bulsa, shunga erishish. Bu extiyojlar shaxsning usishida uz aksini topadi.
Frederik Gersbergning motivasiya nazariyasi boisiy tozalanish (motivasionnaya gigiena) deb yuritiladi, uning asosida konikish keltiruvchi mexnat ruxiy sog’lom bulishga xam xamkorlik kursatadi degan fikr yotadi. Birinchi gurux omillar «gigiena omillari» deb ataladi. Agar ish joyi iflos, karong’i, kurimsiz bulsa, bu mexnatga intilishini sussaytiradi. Aksincha, ish joyi toza, ergonometrik nuktai nazardan benukson bulsa, mexnatga anik yunaltirilgan motivlar paydo buladi. Bu erda pul masalasi xam muximdir. Ammo pulga inson kadr-kimmatini ulchovchi sifatida karash xam xavflidir. Agar pulga intilish insonni butunlay egallab olsa, u kupashiyga moyillik tug’dirib, uni boshkalarga nisbatan buyukligini isbotlashga olib keladi. Natijada kishilardan va jamoadan ajrab koladi. Gersberg nazariyasi Maslou nazariyasiga zid emas, balki uni tuldiradi.
Kutish nazariyasi amerikalik ruxshunos V.Vrum tomonidan 1964 yilda ishlab chikilgan. Uning moxiyati shundaki, motivasiya nafakat extiyojni kondirishga, shuningdek maksadga erishish uchun tanlangan xoxishga xam bog’lik.
Kutish nazariyasida 3 ta muxim omilning uzaro munosabati asosiy urinni tutadi:
· mexnat xarajatlari (MX) bilan natija (N) urtasidagi farkni kutish (MX-N);
· natija (N) bilan rag’batlantirish (R) urtasida farkni kutish;
· rag’batlantirish kiymati (K), ya’ni konikishning yoki konikmaslikning nisbiy kursatkichi.
Adolatlilik nazariyasiga binoan kishilar uzlari erishgan rag’bat darajasini shu tizimda band bulgan boshka kishilar erishgan rag’bat darajasi bilan kiyosiy takkoslayda, ya’ni: Individual daromad Boshqa shaxs daromadi = Individual xarajat Boshka shaxs xarajati.
Dr. Adams fikricha, xarajat tarkibida nafakat xodimning mazkur ishini bajarishga sarflagan mexnati, shu bilan birga uning shu korxonada ishlagan ish staji, malaka darajasi, yoshi, sosial mavkei kabilar xam inobatga olinadi.
Yüklə 21,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə