14-mavzu: O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi va uning tarixiy ahamiyaTI. Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishI



Yüklə 65,22 Kb.
səhifə7/8
tarix19.12.2023
ölçüsü65,22 Kb.
#151905
1   2   3   4   5   6   7   8
14-mavzu

2001 yilning 24 yanvarida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti "Kamolot" jamg’armasi faollarini qabul qildi va yoshlarning bu tashkilotini mustaqillik davridagi rolini oshirish vazifasini qo’ydi va "Kamolot" jamg’armasi yoshlarning haqiqiy yetakchisi, uyushtiruvchisi va boshqaruvchi ommaviy tashkilotga aylanishini zarur deb topdi.
2001 yilning 25 aprelida O’zbekiston Milliy universitetining Madaniyat saroyida Respublika yoshlari vakillarining birinchi qurultoyida "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi. Qurultoyda ijtimoiy harakatning nizomi va dasturi qabul qilindi.
O’zbekiston mustaqillikka erishgan kundan buyon Respublika Prezidenti va hukumati tomonidan chuqur o’ylangan milliy siyosat amalga oshirilmoqda.
Davlat umummilliy siyosatiga milliy siyosatdan tashqari iqtisodiy va sosial, ilmiy-texnika, ta’lim va sog’liqni saqlash, xalqaro munosabatlar (tashqi siyosat) milliy xavfsizlik va boshqa siyosatlar kiradi.
O’zbekiston umummilliy siyosatining katta tizimida milliy aholi siyosati alohida o’rin egallaydi. Bu siyosat diqqat markazida millatidan qat’i nazar inson turadi. Bunda milliy aholi siyosati respublika aholisiga xos sifat ko’rsatkichlarini yaxshilashni ko’zda tutadi.
O’zbekiston polietnik, ya’ni ko’p elatli davlat turiga mansub bo’lib, davlatga o’z nomini bergan millat - o’zbeklar (1996 yil 1 yanvar holatiga ko’ra - 76,4%) - aholi soni bo’yicha ko’pchilikni tashkil qiladi.
Ma’lumki, dunyodagi barcha mamlakatlarda ommaviy axborot vositalari yetakchi o’rin tutadi. Gazeta va jurnallar, radio va televideniye vositalari har bir davlatda omma bilan hokimiyat o’rtasida o’ziga xos aloqa vositasi, oshikoralik ko’zgusi, haqiqat jarchisi bo’lib xizmat qiladi. Mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida yetakchi rol o’ynaganligi uchun ham ularga to’rtinchi hokimiyat tusini berish ommalashgan. Davlat boshqaruv organlari demokratiyaning muhim tayanchi bo’lganligi uchun ham ommaviy axborot vositalari bilan maslahatlashishga, takliflarini e’tiborga olishga majburdir.
O’zbekiston Respublikasining "Ommaviy axborot vositalari to’g’risida"gi Qonuni mamlakatimizdagi barcha gazeta va jurnallar, radio va televideniye vositalarini dunyo miqyosiga olib chiqish uchun xizmat qiluvchi asosiy dasturga bo’ldi.
Islom Karimovning shaxsan tashabbusi va sa’y-harakatlari bilan yana ikki Qonun: O’zbekiston Respublikasining "Jurnalistlik kasbini himoya qilish to’g’risida" hamda "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to’g’risida" Qonunlar qabul qilindi. Ushbu qonunlar fuqarolarning axborot qidirib topish, olish, uzatish va tarqatish huquqini to’la miqyosda ta’minlaydigan huquqiy qurol bo’lib, aholi uchun axborot olish va yetkazishning bosh vositachisi deb qaraluvchi jurnalistning samarali faoliyat ko’rsatishi uchun huquqiy asosni vujudga keltirdi.
Istiqlol yillarida ommaviy axborot vositalari mansabdorlarning to’rachiligi, korrupsiya, mustabidlik va boqimandalik psixologiyasi yo’lida mustahkam g’ov bo’lib, qonunchilikni ro’yobga chiqarish islohotlarning borishi va inson huquqlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishning ta’sirchan vositasi bo’lib qolmoqda.
O’zbekiston mustaqilikka erishgandan so’ng xorijiy ommaviy axborot
vositalari bilan aloqa o’rnatish masalasi tashqi siyosiy faoliyatimizning asosiy yo’nalishlaridan biriga aylandi. Chunki O’zbekistonning jahon hamjamiyatiga qanchalik tez kirib borishi ana shu axborot vositalari tarqatadigan xabarlarining to’g’riligiga bog’liq.
Ayni paytda shu ommaviy axborot vositalari har bir kishi o’z fikrini ifoda eta olishiga imkon beradigan erkin minbar bo’lishi kerak. Ayni vaqtda ular jamiyatimizning demokratik qadriyatlarini va tushunchalarini himoya qilishi, odamlarning siyosiy, huquqiy va iqtisodiy ongini shakllantirish bo’yicha faol ish olib borishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "O’zbekiston ijtimoiy haѐtida televideniye va radio rolini ko’tarish to’g’risida”gi 1997 yil 7 maydagi Farmoni yuqorida ko’rsatilgan masalalarni me’yoriy tartibga solishda ko’riladigan chora-tadbirlarning ommaviy ifodasi bo’ldi.
Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida yaratilgan boshqaruv tizimi va uning qonunchilik asoslari, fuqarolik jamiyati mamlakatda inson huquqlarini himoya qilishga va huquqiy demokratik davlat barpo etilganligini kafolatlaydi.



Yüklə 65,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə