14-mavzu ustanovkalarning xulq-atvorga va xulq-atvorning ustanovkaga tasiri reja



Yüklə 167,5 Kb.
səhifə2/4
tarix19.10.2023
ölçüsü167,5 Kb.
#128165
1   2   3   4
хулк атвор физиологияси

Ijtimoiy normalar

    • Ijtimoiy norma - shaxs hayotida shunday kategoriyaki, u jamiyatning o’z a’zolari xulq - atvoriga nisbatan ishlab chiqqan va ko’pchilik tomonidan e’tirof etilgan harakatlar talablaridir. Masalan, o’zbeklar uchun biror xonaga kirib kelgan insonning kim bo’lishidan qat’iy nazar, «Assalomu alaykum» deb kelishi - norma; o’quvchining o’qituvchi bergan topshiriqlarni bajarishi lozimligi - norma; xotinning er hurmatini o’rniga qo’yishi, qaynonaga gap qaytarmaslik - norma; avtobusda yoki boshqa jamoat transportida kichikning kattalarga, nogironlarga o’rin bo’shatishi - norma va hakozo. Bu normalarni ayrim - alohida odam ishlab chiqmaydi, ular bir kun yoki bir vaziyatda ham ishlab chiqilmaydi. Ularning paydo bo’lishi ijtimoiy tajriba, hayotiy vaziyatlarda ko’p chilik tomonidan e’tirof etilganligi fakti bilan harakterlanadi, har bir jamiyat, davr, millat va ijtimoiy guruh psixologiyada muhrlanadi.

Ijtimoiy sanktsiya

  • Ijtimoiy normalarning u yoki bu davrda, u yoki bu toifa vakili bo’lmish shaxs tomonidan qay darajada bajarilishi yoki unga amal qilinayotganligi ijtimoiy sanktsiyalar orqali nazorat qilinadi.
  • Ijtimoiy sanktsiyalar - normalarning shaxs xulqida namoyon bo’lishini nazorat qiluvchi jazo va raqobatlantirish mexanizmlari bo’lib, ularning borligi tufayli biz har bir alohida vaziyatlarda ijtimoiy xulq normalarini buzmaslikka, jamoatchilikning salbiy fikri ob’ektiga aylanib qolmaslikka harakat qilamiz. Masalan, yuqoridagi misolda, agar jamoat transportida katta muysafid kishiga o’rin bo’shatishni norma deb qabul qilmagan o’smirga nisbatan ko’p chilikning ayblov ko’zi bilan qarashi, yoki og’zaki tanbeh berishi, juda kam hollarda o’zini bebosh tutayotgan o’smirning qo’lidan tutib, nima qilish kerakligini o’rgatib, «ko’zini moshday qilib ochib qo’yish» ijtimoiy sanktsiyaning hayotdagi bir ko’rinishidir.

Ijtimoiy rol Har bir alohida shaxs jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan ijtimoiy normalar va sanktsiyalarni u yoki bu ijtimoiy rollarni bajarishi mobaynida xulqida namoyon etadi. Rol - shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatlardagi xuquq va burchlaridan iborat harakatlari majmuini bildiradi. Masalan, talaba rolini oladigan bo’lsak, uni bajarish - u yoki bu oliy o’quv yurtida taxsil olish, uning moddiy bazasidan foydalanish, kutubxonasiga a’zo bo’lish, stipendiya olib, ma’muriyatning ijtimoiy himoyasida bo’lish kabi qator huquqlar bilan birgalikda o’sha oliygoh ichki tartib - intizomi normalariga so’zsiz bo’ysunish, darslarga o’z vaqtida kelish, reyting baholov talablari doirasida kundalik o’zlashtirish normalarini bajarish, amaliyotda bo’lish, dekanatning bergan jamoatchilik topshiriqlarini ham bajarish kabi qator burchlarni ham o’z ichiga oladi.


Yüklə 167,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə