14-yanvar Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi



Yüklə 54,26 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü54,26 Kb.
#159113

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir ssenariysi

1-boshlovchi:


Assalom, ey olam, musaffo osmon,
Aziz ustozlar-u, aziz mehmonlar.
Kamtarin davrada bugun mehmonsiz,
Sizga ehtirom-la egikdir boshlar.

2-boshlovchi:


Assalom azizlar, do‘st-u yoronlar
Ma`rifat ziyosin nurga taratgan,
Oltin boshingizda Humo qush ko‘rdik
Bugungi tadbirda, sizni xush ko‘rdik.

2-boshlovchi:


Yana bir bor assalom-u alaykum, aziz mehmonlar va aziz ustozlar.Sizlarga bugungi “Ona Vatan posbonlari” nomli tadbiriga xush kelibsiz deymiz.1992-yilning 14-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy kengashining “O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari to‘grisda”gi qarori asosida O‘zbekistonning o‘z Qurolli Kuchlari tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 29- dekabrdagi “Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risi”dagi qonuniga binoan, 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”,- deb e’lon qilindi.

1-boshlovchi:


Mustaqillik yillari O’zbekiston Resoublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbuslari bilan amalga oshirlgan harbiy islohotlar jarayonida, qisqa muddat ichida, O‘zbekistonda mamlakatimiz xafsizligi va tinchligimiz barqarorligini, sarhadlarimiz daxlsizligini ishonchli himoya qilishga har jihatdan qodir bo‘lgan, zamonaviy, eng yangi qurol-yarog‘lar va harbiy texnika bilan ta’minlangan, mutlaqo yangi milliy armiyamiz vujudga keldi.

2-boshlovchi:


Uning zamirida xalqimizning ming yillar davomida shaklangan qadimiy an’ana va qadriyatlari, buyuk ajdodlarimiz Jaloliddin Manguberdi, Amir Temurning Vatanga bo‘lgan muhabbati va yurtga sadoqati mujassamdir.Biz milliy armiyamiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.

1-boshlovchi:


Keling endi bir guruh qizlarimizdan Vatan posbonlariga bag’ishlangan chiroyli she’r tinglasak:
O‘zbegimning nomus, ori
Oriyatli askarlari.
Momolarim iftixori
Burgutmisol shunqorlari.
Toza vijdon, iymonlari,
Ona Vatan posbonlari.
O‘tkir ko‘zli lochinlari,
Ko‘zday asrar sarhadlarin.
Uyda kutar Barchinlari,
Alpomishu Farhodlarin.
Qaddi baland osmonlari,
Ona Vatan posbonlari.

O‘zbekiston chaman diyor,


Yashnar bog‘u bo‘stonlari.
“Oq oltin” mo‘l-ko‘l, bisyor,
Unda tinch-totuv xalqni
Qo‘riqlaydi o‘g‘lonlari,
Ona Vatan posbonlari

Armiyasi kuchlidir


Ular zarbin ko’rsaydir,
Dushman joni qaqshaydir,
Shunday o’g’lon bo’lgaydir
Mustaqil yurt farzandlari
Ona Vatan posbonlari

Onalarning suyanchi,


Otalarning ishonchi.
Butun xalqning tayanchi,
G’urur,iftixor burchi.
Asragaydir yurtini,
Ona Vatan posbonlari.

Siz borsiz-ki,xalqim tinchdir.


Siz borsiz-ki,Vatan go’zaldir.
Siz borsiz-ki,olam charog’on,
Bor bo’lgaysiz har doim,
Yurtning mard, jasurlari,
Ona Vatan posbonlari.

2-boshlovchi:


Aziz mehmonlar, hozir biz ota-onaning farzandini tantanali qasamyodiga tashrifi haqida kichik bir sahna ko’rinishni guvohi bo’lamiz.

Sahnada musiqa yangraydi.Ota-ona gul bilan o’g’lini tabriklashga tashrif buyuradi.Musiqa ostida harbiy yigit qasamyod qilishga chiqadi:


Qasamyod

Men (familiyasi,ismi, otasining ismi) O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman, xalqimga, Prezidentimga sodiq bo’lishga tntanali ravishda qasamyod qilaman.

Men O’zbekiston Respublikasining Konsitutsiyasini muqaddas bilib, ularga rioya etishga, harbiy nizomlarni, komandirlar va boshliqlarning buyruqlarini so’zsiz bajarishga ,harbiy intizomga qat’iy rioya qilishga, halol, jasur va sergak jangchi bo’lishga qasamyod qilaman.So’ngi nafasim qolguncha ona Vatanimning sadoqatli farzandi bo’lib qolishga,harbiy xizmatning butun mashaqqat va qiyinchiliklarini sabot bilan yengishga, davlat va harbiy sirlarni mustahkam saqlshga ajdodlarim ruhi oldida qasamyod qilaman.


Jonajon O’zbekistonimning nurli istiqboli uchun uning davlat manfaatlari va mustaqilligining himoyachisi bo’lishga qsamyod qilaman. Agar men ushbu tantanali qasamyodimni buzsam qonunlarda belgilangan jazoga xalqning nafratiga mubtalo bo’lay.


Sahnada yana musiqa yangraydi va ota-ona o’g’lini tabriklaydi:


Ona: -
O’g’il bo’lsa, shunday bo’lsin, so’zi keskir,


Qadamida o’t chaqnagan, zarbi o’tkir,
Yurt koriga yaraydigan, o’zi abjir,
Sen-la qancha faxrlansam arziydi
O’g’lim, seni xalqim sevsa qaniydi.

Ota:
O’z vaqtida bo’ldim juda qattiq qo’l,


Istagim shul, yurt koriga madad bo’l.
Gar yurting tinch, o’zing tinch, men ham tinch
Bunda esa sen o’g’lim xushyor bo’l!
Xonadonim o’g’loni, Vatanimiz posboni.

Yana musiqa ostida ona o’g’liga gul beradi va sahnadan chiqib ketishadi.


1 -boshlovchi: 


Endi, hademay Vatan himoychisi degan nomga sazovor bo’ladigan va buni intiqlik bilan kutayotgan bir guruh yigitlardan chiroyli she’rlar tinglasak.Marhamat:

Biz uchun eng aziz dunyo o‘zingsan,


Oy-u quyoshimiz, Zuhro o‘zingsan,
Muqaddas Ka’ba-yu Rumo o‘zingsan,
Muhrimda porlagan humo o‘zingsan.
Qalbimiz qa’rida shu o‘tli nido;
Vatanga jonni biz eturmiz fido!

Vatan sajdagohsan, bizga muqaddas,


Vatan martabasi baland, zabardast,
Ko‘zday asragaymiz seni har nafas,
Insoniy ilmdan oldik senda dars.
Jon gavhari bildik seni jon ichra,
Abadiiy ravnaq top, shu jahon iсhra!

Tinchligimiz buzolmas g’anim


Erkakman deb ko’ksiga urgan
Dildan quving shubha gumonni
El baxtini baxt deb yurgan
Vatan uchun tikib jon tanim
Qadamidan o’t chaqnagan
Mardlar qo’riqlaydi O’zbekisonni.
Mardlar qo’riqlaydi O’zbekisonni

Xalqi ozod har ko’ngil obod


Bir bor ichar er o’g’lonlar qasam
Gullab borar kundan-kun hayot
Qaytmas ortga kelsa bori g’am
Ajdodlarga munosib avlod
Mard Vatanni asrab o’zi ham
Mardlar qo’riqlaydi O’zbekistonni
Mardlar qo’riqlaydi O’bekistonni

Munavvar tong chiroyin asrab


Yigit yo’li xatarsiz bo’lmaydi
Yurting tuni-oqshomin asrab
Mardi bor elning boshi egilmaydi
Dilbar qizlar oromin asrab
Nomard qoni 40 yilda ham qo’shilmaydi
Mardlar qo’riqlaydi O’zbekistonni
Mardlar qo’riqlaydi O’zbekistonni

Yigit boshi har dam bo’lsin sog’ omon


U bor ekan bizda osuda jahon
Tinchligimiz mangu bo’lsin batamom
Mardlar qo’riqlaydi O’zbekistonni
Mardlar qo’riqlaydi O’zbekistonni

Sizda orom qayda,sizda dam qayda


Sizni uchratadi tog’da,dalada
Siz to’yib uxlagan bitta tun qayda
Xizmatda hamisha qorda,jalada

El-yurt oromin asragan zotlar


Sizga sabot bersin, sizga kuch bersin
El mehri asrasin sizni har joyda
Buyuk zotlar ruhi shunday pallada
Har kunoftob bilan sog’ko’rishgaysiz
Uydan omon chiqib ,omon qaytgaysiz

Rizqingiz baland bo’lsin,ko’ksingiz ulug’


Xalq sevgan buyuk inson bo’lgaysiz
Bobolar kalomi tilimda doim
Qancha bahorlar o’tdi,yozlar o’tdi
Sen uchun yuragim qo’limda doim
Osmonlarni to’ldirib g’ozlar o’tdi
Sog’inaman yurgan yo’limda doim
Dildagi behuda g’uborlar o’chdi
Vatan yagonasan dilimda doim
Vatan yagonasan dilimda doim

Bu yorug’ olamning jannatlari bor


To dunyo bor ekan hamisha bor bo’l
Mard va jasur farzandalari br
Temurning yurtisan doim tojdor bo’l
Joningga jonimni payvandlari bor
Poyingga bahshida jonimga yor bo’l
Vatan yagonasan dilimda doim
Vatan yagonasan dilimda doim

2-boshlovchi:


Muzaffar, eslaysizmi, endigina 1-sinfga qadam qo’yganimizda siz o’g’il bolalar sinfxona eshigidan “ur-yiqit” qilib,biz qizlarni turtib, qo’pollik qilardingiz. Bu sir emas,hammaga tanish manzara.

1-boshlovchi:


Bunday hollarda, oddiygina tanbehni o’zi bilan bizlarning qalbimizda yigitlik g’ururini, or-nomusini uyg’otish, tartibga chaqirish mushkul edi,

2-boshlovchi:


Lekin,yaxshi tarbiya olgan bola ta’lim jarayonida ham namunali bo’ladi.Qolaversa,usozlarimiz uchun insoniy fazilatlarga ega bo’lmagan,ona-yurti tinchligi uchun qayg’urmagan,o’zligini anglamagan,g’urur,or-nomus tuyg’ularidan yiroq bo’lgan o’smirlarni voyaga yetkazish dehqonning bir umr quduq qazib,suv chiqara olmasligi bilan barobar.

1-boshlovchi:


Ana shunday paytda, bizga kuchlarimizni “ur-yiqitga”emas, balki o’z uyimizni,oilamizni,ota-onamizni,opa-singillarimizni himoya qilishga sarflashimiz kerakligini uqtira olgan,erkalig-u injiqliklarimizni ko’tarib,bizni to’g’ri yo’lga boshlagan ustozlarimizdan bir umr minnatdor bo’lishimiz kerak.

2-boshlovchi:Endi esa sinfimiz qizlaridan chiroyli raqs tomosha qilsak:


Sahnada raqs


Boshlovchilar bir necha yigitlarni sahnaga taklif qilib,savollar beradilar:


1.O’zbekiston Respublikasining Qurolli kuchlari qachon tashkil topgan?


(1992 yil 14-yanvar)


2.Harbiy jang san’atini puxta egallagan buyuk ajdodlarimizdan kimlarni bilasiz? (Jaloliddin Mangu berdi,Amir Temur,Bobur)


3.A,Temur Lashkar tuzishda va navkar tanlashda nimalarga e’tibor qaratgan?


(Chapdastligiga va aql-zakovatiga)


4.Vatan ozodligi yo’lida jonini fido qilgan buyuk bobolarimizdan kimlarni bilasiz?


5.Chingizxonni hayratda qoldirgan buyuk xorazmlik sarkarda kim?(J.M)


6.Sizga biroz hazilona savol beramiz.Mabodo,sehrli qalpoqchani topib olsangiz nima qigan bo’lrdingiz?Javob:Bu savolni kichkinaligimda bersangiz boshqacha javob bergan bo’lardim,Hozir esa ochilmagan jnoiy ishlarni ochishga yordam berib,Vatanim tinchligi yo’lida o’z hissamni qo’shgan bo’lar edim.


7.Yigit kishi qanday bo’lishi kerak?(Bir so’zli,oilasining suyanchig’i)


1-boshlovchi:Endi esa sahnada sinfimiz yigitlari harbiy musiqa ostida jangavor mashqlarni namoyish etadilar.



Tadbir so’ngida so’z maktab direktori F.P.Rahmanovga beriladi.
Yüklə 54,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə