15 – mavzu Ta’lim jarayoniga texnologik yondashuv


Pedagogik texnologiyaning umumiy tuzilmasi



Yüklə 19,29 Kb.
səhifə2/5
tarix22.05.2023
ölçüsü19,29 Kb.
#112111
1   2   3   4   5
15 – mavzu Ta’lim jarayoniga texnologik yondashuv

Pedagogik texnologiyaning umumiy tuzilmasi.
Texnologik sxema – texnologik jarayonni shartli ravishda tasvirlash, ularni alohida qismlarga ajratish va ular orasidagi mantiqiy bog‘liqliklarni ko‘rsatish.
Texnologik xarita - qadamma-qadam, bosqichma-bosqich harakatlar ketma-ketligi ko‘rinishida (ko‘pincha grafik shaklda) qo‘llaniladigan vositalarni ko‘rsatib jarayonni tasvirlash.
Texnologik nyuanslar. Adabiyotlarda va maktablar ishlari amaliyotida pedagogik texnologiya termini pedagogik tizim tushunchasi sinoniumi sifatida qo‘llaniladi. Sistema tushunchasi texnologiya tushunchasidan ko‘ra kengroq bo‘lib, faoliyatning ob’ekti va sub’ektlarini ham o‘z ichiga oladi.
Texnologiya metodikasidan natijalarining mustahkamligi, qayta yangi¬lanishi, ko‘plab “agarda” ikkilanishlarining yo‘qligi bilan farq qiladi (agarda iste’dodli o‘quvchi bo‘lganida, agarda qobiliyatli bolalar, agarda ota-onalar...).
Texnologiyalar va metodikalarning aralashtirib yuborilishi ba’zan metodika texnologiya tarkibiga kirishiga, ba’zan esa aksincha, u yoki bu texnologiyalar - o‘qitish metodikasi tarkibiga kirishiga olib keladi.
1. Ilmiylik tamoyili.
Bu tamoyil har qanday o‘quv predmeti, o‘quv materiali fanining zamonaviy yutuqlariga tayanishi lozimligini ko‘rsatadi. Ushbu tamoyil, eng avvalo o‘quv dasturlar, o‘quv qo‘llanmalar va dasturlarni yaratish jarayonida amalga oshiriladi. Ilmiylik tamoyiliga muvofiq har yili fanlarning ishchi o‘quv rejalari va o‘quv materiallarini takomillashtirish, muammoli mashg‘ulot o‘tkazish talab etiladi. Ilmiylik shakli va fanning tili o‘rganiladigan predmetlar xarakterining asosiy ko‘rsatkichlari hisoblanadilar.
2. Loyihalanish tamoyili
Bu tamoyil, pedagogik texnologiyaning eng muhim xususiyatlaridan birini belgilaydi. Loyihalanish tamoyili - bu o‘quv jarayonini tashkil etish, hujjatlarini – o‘quv jarayoni grafigi; ishchi o‘quv reja; fanning ishchi o‘quv dasturi; fanning, bo‘limlarning, tayanch iboralarining o‘quv maqsadlari toifalari; o‘qitish jarayoni texnologiyasi, egallangan bilim va malakalarni baholash – oldindan yaratishni anglatadi. Ishlab chiqilgan hujjatlar asosida o‘quv jarayoni amalga oshiriladi.

Yüklə 19,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə