15- mavzu. Yalpi talab va yalpi taklif (2 soat) Reja



Yüklə 54,53 Kb.
səhifə7/11
tarix29.11.2023
ölçüsü54,53 Kb.
#140808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
15- mavzu. Yalpi talab va yalpi taklif (2 soat) Reja

Tadbirkorlik layoqati. Vaqt o‘tishi bilan mamlakatda tadbirkor kishilar soni ko‘payadi va bu yalpi taklifga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan keyingi vaqtda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga asosiy e’tiborni qaratilishi bunday faoliyat bilan shug‘ullanishga harakat qiluvchi kishilar sonining ko‘payishiga olib kelishi muqarrar va bu o‘z navbatida yalpi taklifni oshiradi.
Import resurslar narxlari. CHet ellardan resurslar importi milliy iqtisodiyotda yalpi taklifning ko‘payishiga olib keladi. Import resurslariga narxlarning pasayishi milliy iqtisodiyotda yalpi taklifni oshiradi, narxning oshishi esa yalpi taklifni kamaytiradi. Keyingi davrda import resurslarga narxning o‘zgarishiga olib kelayotgan asosiy omillardan biri - valyuta kurslarining o‘zgarib turishi hisoblanadi. Bu qanday ro‘y berishini tushunib olish uchun chet el valyutalarining so‘mga nisbatan narxi tushadi, ya’ni so‘mning qiymati ko‘tariladi deb faraz qilamiz. Bunda korxonalarga har bir so‘m uchun ko‘proq chet el valyutalari olish imkoniyati vujudga keldi va bu milliy ishlab chiqaruvchilar uchun chet el resurslarining so‘mda ifodalangan narxi tushganligini bildiradi. Bunday sharoitda milliy korxonalar chet el resurslari importini ko‘paytiradi va ishlab chiqarishning mavjud darajasida mahsulot birligiga xarajatlarning kamaytirishga erishadi. Aksincha, chet el valyutalarining so‘mga nisbatan narxlari oshgan taqdirda, ya’ni so‘m qadrsizlanganda import resurslari narxlari ko‘tariladi. Natijada bu resurslarning importi kamayadi, mahsulot birligiga xarajatlar ortadi.
Bozordagi hukmronlik. Resurslarni etkazib beruvchilarning bozordagi hukmronligining susayishi yoki kuchayishi ham resurs narxlariga va yalpi taklifga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bozordagi hukmronlik - narxlarni raqobat mavjud bo‘lgan sharoitdagidan ancha yuqori o‘rnatish imkoniyatidir. Keyingi 20 yil davomida OPEK mamlakatlari bozor monopoliyasining vujudga kelishi va halokatga uchrashi buning ishonchli misoli bo‘lib xizmat qilishi mumkin. 70-yillarda OPEK mamlakatlari neft narxini o‘n martalab oshirishga erishdi, bu mahsulot birligiga xarajatlarni keskin ko‘paytirdi. 80-yil o‘rtalarida OPEK mamlakatlarining bozordagi hukmronligining sezilarli susayishi, aksincha ishlab chiqarish qiymatining kamayishiga olib keldi.

Yüklə 54,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə