15- mavzu. Yalpi talab va yalpi taklif (2 soat) Reja


Iste’molchining farovonligi



Yüklə 54,53 Kb.
səhifə2/11
tarix29.11.2023
ölçüsü54,53 Kb.
#140808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
15- mavzu. Yalpi talab va yalpi taklif (2 soat) Reja

Iste’molchining farovonligi iste’molchi ega bo‘lgan barcha moliyaviy aktivlarga (aksiya va obligatsiya) hamda uy va er kabi ko‘chmas mulklarga egaligiga bog‘liq bo‘ladi. Ularning real qiymatining keskin kamayishi tovar xarid qilishining kamayishiga olib keladi. Iste’molchilik sarflarining qisqarishi natijasida yalpi talab kamayadi. Aksincha moddiy va moliyaviy qimmatliklar real qiymatining oshishi natijasida, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilik sarflari o‘sadi. Bunga, aksiya kursining keskin oshishi, xatto narxlar darajasi o‘zgarmay qolganda iste’molchi farovonligining o‘sishiga olib kelishini misol qilib keltirish mumkin. Uy va er real qiymatining keskin kamayishi, narx umumiy darajasining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lmagan holda iste’molchi farovonligining pasayishiga olib keladi.


Narx R
darajasi

AD
0 Q


Ishlab chiqarishning real xajmi
1-chizma. YAlpi talab egri chizig‘i.


Iste’molchining kutishi. Iste’molchilik sarflari hajmidagi o‘zgarish, iste’molchining narxlar va daromadlar darajasidagi kelajakdagi o‘zgarishlarni oldindan bilishiga bog‘liq. Masalan, agar odamlar kelajakda o‘zlarining real daromadi ko‘payadi, deb hisoblasa, ular joriy daromadlarining ko‘proq qismini sarflashga tayyor bo‘ladi. Natijada bu davrda iste’molchilik sarflari ko‘payadi, jamg‘arish esa kamayadi va yalpi talab ortadi. Aksincha, agar odamlar kelajakda o‘zlarining real daromadlari kamayadi deb hisoblasa, ularning iste’molchilik sarflari va demak, yalpi talabi qisqaradi. Xuddi shunday inflyasiyaning kutilishi bugungi yalpi talabni oshiradi. CHunki iste’molchilar narxlar oshguncha tovarlarni xarid qilib qolishga harakat qiladi. Aksincha, yaqin kelajakda narxlar pasayishining kutilishi, bugungi iste’mol miqdorining kamayishiga olib keladi.
Iste’molchi qarzlari. Iste’molchi qarzlari ko‘p bo‘lganda, u joriy daromadini qarzlarga to‘lab, o‘zlarining bugungi sarflarini qisqartirish mumkin. Aksincha, iste’molchi qarzdor bo‘lmasa, ular bugungi sarflarini ko‘paytirishga tayyor bo‘ladi.
Soliq. Daromad solig‘i stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud darajasida iste’molchilik sarflarini ko‘paytiradi, soliqlarning oshishi iste’molchilik sarflarini kamaytiradi.

Yüklə 54,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə