15- mavzu. Yalpi talab va yalpi taklif (2 soat) Reja



Yüklə 54,53 Kb.
səhifə3/11
tarix29.11.2023
ölçüsü54,53 Kb.
#140808
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
15- mavzu. Yalpi talab va yalpi taklif (2 soat) Reja

2. Investitsion sarflar. Investitsion sarflar, ya’ni ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish, yalpi talabning narxdan tashqari muhim omili hisoblanadi. Narxlarning mavjud darajasida korxona sotib olishi mumkin bo‘lgan yangi ishlab chiqarish vositalariga investitsiyalarning kamayishi yalpi talabning kamayishiga, aksincha korxona sotib oladigan investitsion tovarlarga investitsiyalarning ko‘payishi yalpi talabning ko‘payishiga olib keladi. Investitsion sarflarni o‘zgartirish mumkin bo‘lgan narxdan tashqari omillarni alohida - alohida qarab chiqamiz.
Foiz stavkalari. Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda, foiz stavkasining oshishi, investitsion sarflarning kamayishiga va yalpi talabning qisqarishiga olib keladi. Bu erda gap mamlakatda pul massasi hajmining o‘zgarishi oqibatida foiz stavkalarining o‘zgarishi haqida gap ketadi. Pul massasining ko‘payishi foiz stavkasini kamaytiradi va shu orqali kapital qo‘yilmalar hajmini ko‘paytiradi. Aksincha, pul masasining kamayishi foiz stavkasining oshishiga va investitsiyalarning qisqarishiga olib keladi.
Investitsiyalardan kutiladigan foyda. Kapital qo‘yilmalardan yuqori foyda olishning kutilishi investitsion tovarlarga talabni oshiradi va aksincha, istiqbolda investitsion dasturlardan foyda olish noaniq bo‘lsa, investitsiyalarga sarflar kamayish tamoyiliga ega bo‘ladi, demak, yalpi talab ham kamayadi.
Soliqlar. Korxonadan olinadigan soliqlarning ko‘payishi kapital qo‘yilmalardan olinadigan foydaning kamayishiga va demak, investitsion sarflar va yalpi talabning qisqarishiga olib keladi. Aksincha, soliqlarning qisqarishi bunday foydani va investitsion sarflarni ko‘paytiradi.
Texnologiya. YAngi va takomillashgan texnologiya investitsion sarflarni va shu orqali yalpi talabni rag‘batlantirish tamoyiliga ega bo‘ladi.
Ortiqcha quvvatlar. Ortiqcha quvvatlar, ya’ni mavjud foydalanilmaydigan asosiy kapitalning ko‘payishi, yangi investitsion tovarlarga talabni va natijada yalpi talabni kamaytiradi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanilganda tadbirkorlar ko‘proq mashina va uskunalar sotib olishga tayyor bo‘ladi, demak investitsion sarflari ko‘payadi.

Yüklə 54,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə