16-mavzu. Kataliz. Gomogen va getrogen kataliz



Yüklə 137,4 Kb.
səhifə6/6
tarix09.02.2023
ölçüsü137,4 Kb.
#100513
1   2   3   4   5   6
16-mavzu. Kataliz. Gomogen va getrogen kataliz-fayllar.org

Qaytmas zaharlanish
Masalan, benzol eritmasida benzol xlorid platina katalizator ishtirokida gidrogenlanganda toluol hosil bo‘ladi. Lekin bu reaktsiya bir qancha bosqich bilan boradi:
Agar toza benzol o‘rniga iflosroq yoki xinolin aralashmagan benzol ishlatilsa, katalizatorning aktivligi kamayadi va protsess aldegid hosil bo‘lish bosqichida to‘xtab qoladi.
Kontakt zaharlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, juda oz miqdorda bo‘lganlarga ham, katalizator aktivligini kamaytirib yubora olish va hatto butunlay yo‘q qilishdan iborat.
Masalan Ni katalizatorning aktivligi 0,000005 g HCN ta‘sirida ikki baravar kamayadi, 0,00003 g HCN ta‘sirida esa, katalizator tamomila passivlashadi. Mis katalizator ishtirokida metil spirtini gidrogenlashda CS2, CHCl3, Br­2, HgJ2 lar zahardir. Bu reaktsiyada 1 g-atom katalizatorning aktivligini tamomila yo‘qotish uchun quyidagicha miqdordagi (g – atom hisobida) zahar kifoya qiladi:
CS2 – 0,00069;
CHCl3 – 0,0069;
Br2 – 0,016;
HgJ2 – 0,00022.
Zaharlarda ham katalizatorlardagi singari saylash xususiyati bor. Ma‘lum zahar ma‘lum katalizator uchun ma‘lum reaktsiyadagina zahar bo‘la olishi mumkin. Bir reaktsiyada katalizatorning aktivligini kamaytiruvchi zahar boshqa bir reaktsiyada shu katalizator uchun zahar bo‘lmasligi mumkin. Masalan, yod va sulema moddalari H2O2 ning Pt katalizator uchun xrom xloridning suvdagi eritmasidan vodorot ajratib chiqarishda zahar emas. СО gazi esa Pt katalizator uchun yuqoridagi ikkala holda ham zahardir. Temir gruppasi katalizatorlari uchun gidrogenlash reaktsiyasida vismut birikmalari zahar, boshqa reaktsiyalarda esa, masalan, temir (III) – oksid katalizator ishtirokida ammiakni nitrat kislotagacha oksidlashda zahar emas, balki promotordir.
Temperatura ko‘tarilish bilan zaharlarning ta‘siri pasayadi. Masalan, V2O5 katalizator mishyak birikmalari ta‘siriga juda sezgir, lekin 5000 С da As2O3 ta‘siriga bardosh bera oladi. Kislorod aralashgan gazlar ammiak olishni tezlashtiradigan katalizatorlarni 4000 С da 5000 С dagidan ko‘ra ko‘proq ishdan chiqaradi.
Umuman, yuqori temperaturada, masalan 700 – 10000 dan yuqori zaharlanish hodisasi kuzatilgan emas.
Zaharlarning ta‘siri katalizatorning yuzasini yupqa parda bilan qoplab, reagentning adsorbilanishiga yo‘l qo‘ymaslikdan iborat deyilgan edi. Haqiqatan ham bu narsa ko‘p hollarda tasdiqlangan. Masalan, yog‘ pardasi platina katalizatorni passiv qilib qo‘yadi. Qilingan hisoblar shuni ko‘rsatadiki, katalizatorning aktivligini tamomila yo‘q qiluvchi zaharlarning miqdori, ba‘zan yuzada monomolekulyar qavat hosil qilishga ham yetmaydi. Zaharlanishning asosiy sababi zaharning katalizator aktiv markazalariga mustahkam adsorbilanib, ularni qoplab qo‘yishi va katalizator bilan ximyaviy birikmalar hosil qilishdir. Shunday ekan, zahar bilan katalizator orasida katta ximyaviy moyillik bor va shuning uchun, zahar katalizatorning aktiv markazlariga juda mahkam adsorbilanadi, qiyin desorbilanadi. Natijada reagentlar molekulasining zaharni siqib chiqarib aktiv markazlarga o‘tirish qiyinlashadi. Masalan, zahar СО ning ko‘pchilik metall katalizatorlarga juda mustahkam adsorbilanishi aniqlangan. G‘ovak platinaga adsorbilangan 5 см3 СО dan 2500С da nasos yordamida atigi 0,3 см3 ini bo‘latib chiqarish mumkin bo‘lgan.
Oltingurgut birikmalari bilan Ni katalizatorning zaharlanishi NiS birikmasi hosil bo‘lishi natijasidir. Ni ning S ga moyilligi shu qadar kuchliki, nikel katalizator oltingurgutni istalgan birikmasidan ajratib chiqarib, o‘ziga biriktirib oladi. Katalizator yoyuvchida bo‘lsa, zahar saylash xossasiga ega bo‘lgani uchun uning yoyuvchiga moyilligi yoki katalizatorga moyilligi kuchliroq bo‘ladi. Agar zaharning yoyuvchi bilan katalizatorga moyilliklari teng bo‘lsa, yoki yoyuvchiga moyilligi kuchliroq bo‘lsa, uning katalizatorga ta‘siri kam bo‘ladi.
Hozir sanoatda katalizatorni zaharlanishdan saqlash maqsadida, reagentlarni katalizatordan o‘tkazish oldidan, ular zaharlardan tozalanadi. Buning uchun reagentlar zaharlarni ushlab qoladi maxsus katalizatorlardan o‘tkaziladi. Bunday katalizatorlar qo‘shimcha katalizator yoki forkontakt deb ataladi. Odatda, forkontaktlar ishqor yoki aktivlovchi moddalar qo‘shilgan temir rudasidan iborat bo‘ladi.
Katalizatorlarning zaharlanishga moyilligi ularning tayyorlanish usuliga ham anchagina bog‘liq. Masalan, nikel gidroksidni 4500 С da qaytarish yo‘li bilan olingan Ni katalizator juda oson zaharlanadi, 3100С da qaytarish yo‘li bilan olingan Ni katalizator esa qiyinroq zaharlanadi. 3100С da qaytarilgan va yoyuvchidagi Ni katalizatorning zaharlanashi ancha qiyin.
MANFIY KATALIZ
Ba‘zi moddalar reaktsiyaning tezligini kamaytiradi. Bunday moddalar manfiy katalizator deyiladi. So‘nggi vaqtlarda ba‘zi reaktsiyalarni (masalan, yonish protsesslarini) sekinlatish, ba‘zi moddalarning parchalanishini susaytirish, ularning barqarorligini saqlash ishlari muhim ahamiyatga ega bo‘lib qoldi. Shu munosabat bilan manfiy katalizning roli oshmoqda. Lekin manfiy kataliz juda kam uchraydi va oz tekshirilgan. Manfiy katalizga ba‘zi moddalarning (masalan, Na2 SO3 ning) oksidlanishini sekinlatish misol bo‘la oladi. Mannit SnCl4 bu reaktsiyaning tezligini kamaytiradi.
Yüklə 137,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə