16-mavzu. Kataliz. Gomogen va getrogen kataliz


Katalizning umumiy prinsiplari



Yüklə 137,4 Kb.
səhifə3/6
tarix09.02.2023
ölçüsü137,4 Kb.
#100513
1   2   3   4   5   6
16-mavzu. Kataliz. Gomogen va getrogen kataliz-fayllar.org

Katalizning umumiy prinsiplari
Kataliz hodisasi bir nechta umumiy prinsipga ega. Quyida shulardan ayrimlari bilan tanishamiz.
Katalizatorlar tanlash (selektivlik) xossasiga ega. Hamma kimyoviy reaksiyalar uchun umumiy katalizator bo‘lmaydi. Ma’lum katalizator ma’lum reaksiyani yoki reaksiyalar gruppasini, agar reaksiya bir qancha yo‘nalishlar bilan borsa, ma'lum yo‘nalishnigina tezlatadi. Katalizatoming bu xossasi kerakli reaksiya yo‘nalishini tezlatib qo‘shimcha reaksiyalaming borishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Masalan, suv gazi (CO+H2) reaksiyasida qanday katalizator ishlatilishiga qarab turli mahsulotlar hosil bo‘ladi. Harorat o‘zgarishi katalizator selektivligi ham ta’sir etishi mumkin.
Selektivlik katalizatorning tabiatiga (tarkibiga) bog‘liq bo‘lish bilan birga uning g‘ovakligi, zarrachalarining o‘lchami va shu kabi boshqa xossalariga bog‘liqdir.
Katalizatorlar reaksiyaning muvozanati konstanta qiymatini o'zgartirmaydi. Katalizatorlar nazariy yo‘l bilan hisoblab topilganiga qaraganda ko‘p mahsulot hosil qilishga yordam bermaydi, ya’ni reaksiya unumini o‘zgartirmaydi. Faqat kerakli unumni qisqa vaqt ichida olishga yordam beradi.
Katalizator ta’sirida qaytar (to'g'ri va teskari) reaksiyaning tezlanishi. Bunday katalizatorlar reaksiya muvozanatini siljitmasdan ulaming to‘g‘ri va teskari reaksiyalarning tezligini bir xilda oshiradi.
Kataliz haqidagi birinchi ma'lumot 1835-y. Ya.Berselius tomonidan berildi. Biroq uning dunyoqarashi idealistik edi. U kataliz jarayonini qandaydir «sirli, ilohiy kuchlar» bilan bog‘laydi.
K.Sheeli 1782-y. eterifikatsiya uchun,
1778-y. J.Prisli degidratatsiya uchun,
G.E.Kirxgoff 1911 y. polisaharidlar gidroliz uchun katalizatorlar qo‘llashdi.
1884-y. D.P.Konovalov katalizator haqidagi tushunchaga aniqlik kiritdi. U «Katalizator kimyoviy muvozanatga ta’sir коrsatmay, reaksiya tezligiga ta’sir коrsatadi» - deb uqtiradi.

Yüklə 137,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə