17 -ma’ruza. Simsiz sensor tarmoqlari. Ularni qurishda qo’llaniladigan texnologiyalar, sensor tarmoqlariga qo’yiladigna talablar, sensor tarmoqlarining standartlari sst tipik arxitekturalari va topologiyalari



Yüklə 100,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix23.12.2023
ölçüsü100,77 Kb.
#157885
1   2   3   4   5   6
17-MA\'RUZA (1)

Mobil SST 
So„ngi yillarda, MANET mobil qurilmalaridan tuzilgan, markazlashtirilmagan 
o„zidan tashkil etiladigan simsiz tarmoqlar joriy qilinmoqda. Bu kabi 
tarmoqlarning har bir qurilmasi har qanday yo„nalishda erkin harakatlanishi, va o„z 
qo„shnilari bilan bog„lanishlarni uzishi yoki o„rnatishi mumkin. 
MANET o„zidan tashkil etiladigan tarmoqlar dasturiy arxitekturadagi simsiz 
tarmoqlar ustidan quyidagi afzalliklarga ega: 

uzatkich quvvatin oshirmasdan ma‟lumotlarni katta uzoqlikga uzatish 
imkoni; 

tarmoq tuzilmasi o„zgarishlariga turg„unligi; 

noqulay to„siqli holatlarda tezlikli rekonfiguratsiyalanish imkoni; 

tarmoqni kengaytirishda oddiylik va yuqori tezlik. 
Lekin tugunlarning mobilligi tarmoq topologiyasi harakatchangligining 
qo„shimcha ortishiga olib keladi, natijada to„siqlar yuz berashida aloqaning 
uzilishiga yoki tugunnni kiritish/o„chirishda uning ko„shib o„tish ehtimolligi ortadi. 
Klasterli 
Klastersiz 
Klasterli 
Klastersiz 
Bir rangli 
Bir rangli bo„lmagan 
SST marshrutizatsiya protokollari tasnifi 


MANET tarmoq darajasida marshrutizatsiya uchun dinamik tarmoqga 
yo„naltirilgan, maxsus protokollar qo„llaniladi (masalan, agar oraliq tugun o„tib 
ketsa, yoki buzilsa, marshrutni ta‟minlash): 
1) 
reaktiv
turdagilar – paketni uzatish kerak bo„lganida va o„ning uchun 
ma‟lum yo„nalish bo„lmaganida marshrutni topadi, agar xato yuz bersa, ushbu 
yo„nalishni o„zgartiradi, masalan:AODV (AdhocOn-DemandDistanceVector) 
so„rovi bo„yicha oraliq vektorning maxsus protokoli, DSR manbasining dinamik 
marshrutizatsiya protokoli () va boshqalar: 
2) 
proaktivlar
(
preventiv
) – manba-qabul qilgich juftligining barchasi uchun 
marshrutni aniqlaydi va yo„nalishni ta‟minlash uchun marshrutizatsiya haqidagi 
ma‟lumotni davriy tarzda yangilab boradi, masalan: OLSR (OptimizedLink-
StateRouting) bog„lanish holatidagi optimizatsiyalangan marshrutizatsiya 
protokoli. 
Protokolni qo„llash abonentlarning holati va harakatlanish tezligi hisobidan 
qo„llanilishi mumkin.Masalan, avtomobil versiyadagi MANET uchun, reaktiv 
protokollarni qo„llash mumkin. 
MANET tarmoqlari transport vositalari uchun Ad hoc tarmoqlarni ulaydi, va 
unda qatnashuvchi har bir avtomobil, oraliqda mobil tarmoqni yaratadigan bir 
biriga ulanishi mumkin bo„lgan simsiz marshrutizatorga yoki tugunga aylanadi. 
VANET (Vehicular Ad hoc Network) tarmoqlari uchun standart IEEE 802.11r 
guruhida ishlab chiqiladi. IEEE 802.11r standartining texnik vositalari 200 
km/soatgacha tezlikda va 1 km gacha oraliqda harakatlanishi mukin. Fizik daraja 
va MAS sath bo„yicha IEEE 802.11a standartiga asoslanadi. AQSh uchun 
chastotaviy diapazon 5,859 dan 5,925 GGs gacha spektrda, Yevropa uchun 
kengligi 10 MGs dagi har biri 5,865-5,875 GGs va5,885-5,895 GGs tagi ikki 
diapazonni qo„llash tavsiya etilgan. 
Transport vositalarining bir biri va aloqa tarmog„i bilan o„z aro bog„lanishi 
keng ko„lamli Internet turining yaratilishiga olib keladi. Bunning o„zida zamonaviy 
avtomobil o„zida GPS/GLONASS qabul qilgichiga, har hil sensorga va bort 
kompyuterga ega. Lekin, VANET ni yaratishdagi masala ancha boshqacha. 
VANET tarmog„i arxitekturasi boshqa avtomobillar bilan o„z-aro bog„lanish bilan 
birga yo„l bo„yicha qurilgan tarmoq bilan ham bog„lanishni ta‟minlashni nazarga 
oladi. Bunda xizmatning uch guruhi ajratiladi: 
1. Xavfsizlikning ta‟minlanishi- haydovchi uchun himoya (navigatsiya, 
so„qlig„ishlarning oldini olish va polosaning o„zgartilishi), xabarlandirish ( tezlikni 
cheklash yoki remont ishlari zonasi haqidagi ogohlantirish), ogohlantirish (to„siqlar 
yoki yo„llarning holati haqida). 
2. Avtomobil trafigini boshqarish samaradorligini orttirish- yo„lning 
davomiyligini qisqartirish, yoqilg„ining sarflanishi). 
3. Yo„lovchi va haydovchilarning qulaylik darajasini orttirish – 
avtomobilning joylashgan o„rni haqida, yo„llardagi harakattagi trafik haqidagi, ob-
havo haqida, P2P bog„lanishni amalga oshirish imkoniyati. 

Yüklə 100,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə