Kommutatsiya va marshrutizatsiya



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə1/40
tarix24.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#160607
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
kkkkk


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI



“Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari” kkafedrasikafedrasi


Kommutatsiya va marshrutizatsiya
fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma
5350100- «Telekommunikatsiya texnologiyalari» (Telekommunikatsiya, Teleradioeshittirish, Mobil tizimlari) yo‘nalishi talabalari uchun
Toshkent – 2021
Mualliflar: Djuraev R.X., Matqurbonov D.M., Temirova D.X
“Kommutatsiya va marshrutizatsiya” fanining laboratoriya ishlarini bajarish uchun uslubiy ko’rsatma /TATU, 64 b. Toshkent, 2021 yil

“Kommutatsiya va marshrutizatsiya” fanidan laboratoriya mashg’ulotlarida talabalarda Packet Tracer dasturi orqali tarmoqning imitasion modelini yaratish, tarmoqda yuzaga keladigan muammolarni tahlil qilish, amaliy yechimni ishlab chiqishda GNS3 muhitida real tarmoq bilan integrasiyasini tashkil qilish bo’yicha qo’yilgan nazariy va amaliy bilimga ega bo’ladi.


Uslubiy ko’rsatma 5350100- «Telekommunikatsiya texnologiyalari» (Telekommunikatsiya, Teleradioeshittirish, Mobil tizimlari) yo‘nalishi bo’yicha bakalavrlarni tayyorlash o’quv jarayonida foydalanish uchun mo’ljallangan. Asosiy maqsadi va vazifasi “Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari” fani bo’yicha laboratoriya ishlarini o’tkazishni samarali tashkil etishdir.
TATU ning ilmiy-uslubiy kengashi tomonidan ko’rib chiqildi va nashr etishga tavsiya etildi
(2021 y. __________dagi ________ - sonli bayonnoma)
Taqrizchi:
TATU, MUT va T kafedrasi dotsenti, t.f.n. Yu.Sh.Djabbarov

Musahhih K.A. Gayubova


Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, 2021


KIRISH

Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari jamiyatning turli sohalarida qo‘llanilib, insonlarning iqtisodiy va madaniy turmushining barcha jabhalari (shu jumladan, bilim tarqatish, ijtimoiy aloqalar, iqtisodiy, tadbirkorlik va siyosiy faoliyat, ommaviy axborot vositalari, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabilar)ni yaxshilashi va XXI asr ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuch sifatida e’tirof etiladi. Bu borada ma’lumot uzatish tarmoqlari va tizimlarini tuzilishi, ishlashi, protokollar orqali xizmatlarni amalga oshirilishiga oid jihatlarni qamrab olgan mazkur “Kommutatsiya va marshrutizatsiya” fani muhim ahamiyatga ega.


“Kommutatsiya va marshrutizatsiya” fanidan laboratoriya mashg’ulotlarini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan asosiy masalalar doirasida:

  • turli ma’lumotlar uzatish tizimlari va tarmoqlarini qurish tamoyillari va arxitekturasini, MPLS texnologiyasining tamoyillarini, IPv6 protokollarni ishlashi va ularning funksional imkoniyatlarini, ishlash unumdorligi va sifat ko‘rsatkichlarini, IP-telefoniyada audioni va IPTVda videoni uzatish, tarmoq monitoringni tashkil etish tamoyillari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish;

  • zamonaviy telekommunikatsiya uskunalari va asboblarini ishlatish, ma’lumot uzatish tarmoqlari va tarmoqlarini tadqiq etishga oid masalalarni qo‘yish va tahlil qilish, tizimlarni eksperimental tadqiq etish va loyihalash, texnik imkoniyatlarini baholash va takliflarni shakllantirish, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlarini tavsiflarini aniqlash imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə