Kommutatsiya va marshrutizatsiya


IPv6 adreslash tizimi ustida amallar



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə8/40
tarix24.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#160607
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
kkkkk

IPv6 adreslash tizimi ustida amallar




To`liq ko`rinishi

2001:0DB8:0000:1111:0000:0000:0000:0200

Qisqartirilgan ko`rinishi

2001:DB8:0:1111:0:0:0:200







To`liq ko`rinishi

2001:0DB8:0000:A300:ABCD:0000:0000:1234

Qisqartirilgan ko`rinishi

2001:DB8:0:A300:ABCD:0:0:1234







To`liq ko`rinishi

2001:0DB8:000A:1000:0000:0000:0000:0100

Qisqartirilgan ko`rinishi

2001:DB8:A:1000:0:0:0:100







To`liq ko`rinishi

FE80:0000:0000:0000:0123:4567:89AB:CDEF

Qisqartirilgan ko`rinishi

FE80:0:0:0:123:4567:89AB:CDEF







To`liq ko`rinishi

FF02:0000:0000:0000:0000:0000:0000:0001

Qisqartirilgan ko`rinishi

FF02:0:0:0:0:0:0:1







To`liq ko`rinishi

FF02:0000:0000:0000:0000:0001:FF00:0200

Qisqartirilgan ko`rinishi

FF02:0:0:0:0:1:FF00:200







To`liq ko`rinishi

0000:0000:0000: 0000: 0000: 0000: 0000:0001

Qisqartirilgan ko`rinishi

0:0:0:0:0:0:01







To`liq ko`rinishi

0000: 0000: 0000: 0000: 0000: 0000: 0000: 0000

Qisqartirilgan ko`rinishi

0:0:0:0:0:0:0:0

Nazorat savollari

  1. IPv6 protokol tarmoq manzilining qanday tuzilganligini ta’riflang?

  2. IPv6 manzilni yozishni qisqartirish qanday amalga oshiriladi?

  3. Global ro‘yhatga olinuvchi manzillar, local tarmoq manzili va local ulanish manzillarining oraliq chegaralarini yozing.

  4. IPv4da bor bo‘lgan qaysi aloqa turi IPv6da yo‘q? O‘rniga nima ko‘zda tutilgan?

  5. FE80:F:0::1%7 ko‘rinishidagi yozuv nimani anglatadi?

  6. IPv6 versiyasidagi protokolda marshrutisatsiya nimasi bilan farq qiladi?

4– LABORATORIYA ISHI
IPV6 VLAN TARMOQLARI O‘RTASIDA MARSHRUTIZATSIYANI SOZLASH


Ishdan maqsad: Lokal tarmoqda yaratilgan IPv6 manzillash tizimi asosida VLAN tarmoqlari o‘rtasida marshrutizatsiyani amalga oshirish va ko`nikmaga ega bo’lish
Topshiriqlar

  1. Tarmoqni tuzing va qurilmalarning bazaviy parametrlarini sozlang

  2. Kommutatorni VLANlarga va trank aloqasiga sozlang

  3. Trank aloqalarni, VLAN tarmoqlarni, marshrutizatsiya va ulanishlarni tekshiring

Nazariy ma’lumotlar
Tarmoqni samaradorligini oshirish va xavfsizligini ta’minlashda lokal tarmoqlarda VLAN lar tashkil etiladi. VLAN tarmog‘i lokal tarmoqda qurilmalarni guruhlaydi. VLAN tarmog‘i doirasidagi qurilmalar guruhi xuddi qurilmalar bitta o‘tkazgich yordamida ulangandek bo‘ladi. VLAN tarmog‘i fizik emas, mantiqiy bog‘lanishga asoslangan.
VLAN tarmog‘i administratorga foydalanuvchilarni yoki qurilmalarni qaerda joylashganligiga bog‘liq bo‘lmagan holda qo‘llanilish sohasi yoki loyihalash guruhi funksiyasi bo‘yicha segmentatsiyani amalga oshirishga yordam beradi. VLAN dagi qurilma xuddi o‘zining shaxsiy tarmog‘iga ega bo‘lgandek bo‘ladi. Kommutatorning ixtiyoriy porti VLAN ga tegishli bo‘lishi mumkin. Bir adresli (unicast), ko‘p adresli (multicast) va keng eshittirishli (broadcast) paketlarni uzatish va qabul qilish faqat o‘sha VLAN doirasida bo‘ladi. Har bir VLAN alohida mantiqiy tarmoq hisoblanadi. VLAN ga tegishli bo‘lmagan stansiyalar paketlarni jo‘natish uchun marshrutizatorlar orqali uzatiladi.
VLAN tarmog‘i LAN ning bir nechta segmentlarini qamrab oluvchi mantiqiy keng eshittirishli domenni yaratadi. Katta keng eshittirishli domenni kichik tarmoqlarga bo‘lish mmumkin. VLAN tarmoqning samaradorligini oshiradi. bitta VLAN tarmog‘idagi qurilma Ethernet keng eshittirishli kadr uzatsa, bu kadrni ushbu VLAN doirasidagi qurilmalarning barchasi qabul qiladi. Boshqa VLAN dagi qurilmalar bu kadrni qabul qilmaydi. Har xil foydalanuvchi guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda VLAN tarmog‘i kirish va xavfsizlikni ta’minlash siyosatini amalga oshiradi:
Xavfsizlik: muhim ma’lumotlarga ega bo‘lgan guruhlarni tarmoqning boshqa qismlaridan ajratiladi. Uning yordamida axborotni maxfiyligini buzilish extimolligini kamaytiradi;
Xarajatlarni kamaytirish: o‘tkazish qobiliyatidan samarali foydalanish va qimmat tarmoq inrastrukturalari yangilanishini arzonligi;
Samaradorlikni oshirish: tarmoqni ikkinchi pog‘onada bir nechta mantiqiy guruhlarga bo‘lish (keng eshittirishli domen) ortiqcha tarmoq trafigini sonini kamaytiradi va samaradorlikni oshiradi;
Keng eshittirishli domenlarni kamaytiradi: tarmoqni VLANlarga ajratish keng eshittirishli domendagi qurilmalar sonini kamaytiradi.
Axborot texnologiyalari bo‘limining samaradorligini oshirish: VLAN tarmog‘i tarmoqni boshqarishni soddalashtiradi. Yangi kommutatorni ekspluatatsiyaga kiritishda ko‘rsatilgan portlarda kerakli qoida va jarayonlarni amalga oshiradi. Axborot texnologiyalari mutaxassislari VLAN ga tegishli nom bilan tarmoqni funksiyasini tezda aniqlashadi.
Ilova va loyihalarni boshqarishni soddaligi: VLAN tarmog‘i foydalanuvchilar va tarmoq qurilmalarining tarmoqni geografik talabi yoki ishlashi bo‘yicha moslashtirishi uchun birlashtiradi. Amaliy pog‘onada ishlashni va loyihalashni boshqarish funksiyalarni aeratilganligi hisobiga sodda tuzilgan. Masalan bunday amaliy topshiriqqa – o‘qituvchilarni elektron ta’lim olish uchun ilovalarni ishlab chiqish platformasi kiradi.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə