Kommutatsiya va marshrutizatsiya



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə5/40
tarix24.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#160607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
kkkkk

Topshiriq
Har-bir talaba jurnaldagi raqami bo`yicha variantni tanlang va shu variant bo’yicha ARP va ICMP protokollarini jadvalini tuzing.

№1



№2



№3



№4



№5



№6



№7



№8



№9



№10



№11



№12



№13



№14



№15



№16



№17



№18



№19



№20





Nazorat savollari

  1. ARP protokoli tasnifi va vazifasini tushuntiring.

  2. ARP jadvalining tuzilishini keltiring va uning vazifasini tushuntirib bering?

  3. ARP jadvalida qanday turdagi yozuv turlari mavjud?

  4. ICMP protokoli tasnifi va vazifasini tushuntiring

  5. ICMP protokoli OSI modelining qaysi pog‘onasida ishlatiladi?



2-LABORATORIYA ISHI
L2 KOMMUTATOR QURILMALARIDA MAC- MANZIL JADVALINING ISHLASH PRINSIPINI TADQIQ QILISH


Ishdan maqsad: Ma’lumot uzatish tarmoqlarida qo‘llaniluvchi kommutator qurilmalarining MAC-manzil jadvalining ishlash tamoyilini tadqiq qilish.
TOPSHIRIQ

  1. 2.1 jadvalda keltirilgan topologiya bo`yicha kommutatorlarning MAC-manzil jadvalini tuzing.

  2. Har bir talaba CCNA 1.2.1.7 elektron kitobida keltirilgan interfaol topshiriq bo`yicha 5 tadan vazifani bajaring.



Qisqacha nazariy ma’lumotlar
MAC (Media Access Control) – fizik manzil bo‘lib, ma’lumot uzatish tarmog‘i qurulmasi har bir tarmoq interfeysiga beriladigan noyob identifikatordan iborat (2.1-rasm).



2.1-rasm. Tarmoq adapterining MAC manzili

MAC-manzil IEEE (Institute of Electrical and Electronics Engineers) standarti bo‘yicha 4 qismdan iborat bo‘lib, umumiy uzunligi 48 bitdan tashkil topgan (2.2-rasm). Katta 24 ta bit IEEE tomonidan berilgan qurilma ishlab chiqaruvchisining identifikatori hisoblanadi. Bunda faqat kichik 22 ta razryad (bit) hamda 2 ta katta bit maxsus vazifaga ega:



  • birinchi bit, qaysi kadr – yakka (0), guruhli (1) manzil uchun kadr mo‘ljallanganligini bildiradi;

  • i kkinchi bit MAC-manzil global (0) yoki lokal (1) boshqarilishini ko‘rsatadi.

2.2-rasm. MAC-manzil tuzilishi

Qolgan 24 ta bit tarmoq qurilmasining har bir interfeysi uchun mustaqil ravishda ishlab chiqaruvchi tomonidan tanlanadi.


Odatda, MAC-manzil «-» yoki «:» simvoli bilan ikkitadan guruhga ajratilgan 12 ta o‘n olti xonali raqamlar ko‘rinishida yoziladi.
Misol:
000100001111000100001110001000111010001011010000
10-F1-0E-23-A2-D0
10:F1:0E:23:A2:D0
Kommutator OSI modelining MAC-manzilidan foydalanadigan ikkinchi (kanal) pog‘onasiga taalluqli bo‘lgan qurilma hisoblanadi. 
MAC manzillari statik va dinamik turlariga bo‘linadi. Statik MAC manzillar tarmoq administratori tomonidan sozlanadi hamda ustuvor ahamiyatga ega va doimiydir (ularni dinamik MAC manzillari bilan almashtirib bo‘lmaydi). Ma’lumot paketlarini uzatishda dinamik manzillar kommutator tomonidan yozib olinadi va ular cheklangan vaqt davomida amal qiladi.
MAC manzillar jadvali - har bir kommutatorda tarmoq qurilmasining MAC manzili va ushbu qurilmaga kirishda foydalanish mumkin bo‘lgan port raqami o‘rtasidagi yozishmalar mavjud bo‘lgan jadval hisoblanadi. Odatda, ushbu jadval kommutator uzatiladigan kadrlarda yuboruvchi stansiyalar manzillarini taxlil qilganda, avtomatik yoki tarmoq boshqaruvchisi tomonidan to‘ldiriladi.
MAC manzillar jadvali ba’zan Assotsiativ xotira (SAM) jadvali deb nomlanadi. Assotsiativ xotira jadvali tushunchasi nisbatan tez-tez ishlatiladi, ammo bu laboratoriyada biz uni MAC manzillar jadvali deb nomlaymiz. MAC manzillar jadvali uchun ikkita operatsiya aniqlanadi:
1. MAC manzilini qabul qilish;
2. MAC manzillar jadvaliga muvofiq ma’lumotlar paketini yuborish yoki filtrlash
Kommutator kadr uzatishda uchta tayanch mexanizmidan foydalanadi:
1. Flooding — kadr, portlarning biridan qabul qilib oladi, kommutatorning qolgan portlariga uzatadi. Bu operatsiyani kommutator ikki holatda bajaradi: unicast kadri, broadcast yoki multicast kadrlarini oladi. Bu kommutatorga kadrni hostga yetkazish imkonini beradi, xatto u host qayerda joylashganligini bilmasa ham.
2. Forwarding — kadr portlarning biridan qabul qilib olinadi va kommatatsiya jadvaliga muvofiq boshqa port orqali uzatiladi.
3. Filtering — agar kommutator avvaldan belgilangan port orqali kadrni qabul qilib olsa, qabul qilib oluvchi MAC-manzili shu port orqali kirishga ruxsat berilgan bo‘lsa (kommutatsiya jadvaliga ko‘ra), unda kommutator kadrni tashlab yuboradi. Bu holatda kommutator host kadrni qabul qilib oldi deb hisoblaydi, uni dublikatsiyalamaydi.
Kadrlarni uzatishda 802.1D standarti bilan aniqlanadigan algortimlar qo‘llaniladi. Algoritmlarni qo‘llash kommutatsiya jadvalida manzil yozuvi statik va dinamik yaratish hisobiga o‘tkaziladi. Jadvaldagi statik yozuvlarni tarmoq administratori yozib qo‘yadi.
Umumiy holatda kommutator konfiguratsiyalanmagan bo‘lishi mumkin, u manzil jadvali yozuvini dinamik rejimda yozishi mumkin. Shu bois port xotirasi portga kelib tushgan barcha kadrlarni yozib oladi. Dastlabki axborot qaysi MAC-manzil kommutatordagi qaysi portga ulanganini ko‘rsatadi. Shu sababli kadrni olgan kommutator uni qabul qilib olgan portidan tashqari qolgan barcha portlariga uzatadi va bir vaqtning o‘zida manba MAC-manzilini taxlil qiladi hamda uni manzillar jadvaliga yozib qo‘yadi.
Qachonki kommutatsiya jadvalidagi manzillar shakllantirilsa, kommutator kirish interfeysidan chiqishiga kadrlarning xarakatlanishi manzillar jadvalidagi yozuvlar asosida amalga oshiriladi.
Kommutator kadrni qabul qilib olganda, kommutatsiya jadvalida qabul qilib oluvchi qurilma MAC-manzili bor yo‘qligini tekshiradi. Kommutator jadvalda qabul qilib oluvchining manzilini aniqlaganda yana bitta tekshiruvni o‘tkazadi: jo‘natuvchi va qabul qilib oluvchi bitta segmentda joylashganmi yoki yo‘qmi tekshirib ko‘radi. Agar ular turli segmentlarda joylashgan, unda kommutator kadrni qabul qilib oluvchi ulangan portga uzatadi.
Agar jo‘natuvchi va qabul qilib oluvchi bitta segmentda joylashgan bo‘lsa, masalan ikkalasi ham bitta konsentratorga ulangan bo‘lsin, unda kadrni boshqa portga uzatish shart emas. Bu holatda kadr port xotirasidan o‘chirib tashlanishi kerak va bu jarayon kadrlarni filtrlash deb ataladi.
Tarmoqda yangi qurilma paydo bo‘lganda manzillar jadvaliga yozib qo‘yiladi. Agar ma’lum vaqt davomida (odatda 300 soniya) ma’lumot uzatmasa, u tarmoqda mavjud emas deb hisoblaniladi va manzillar jadvalidan uning yozuvi o‘chirib tashlanadi. Tarmoq adminlari yozuvni statik usul yordamida qo‘shib qo‘yishi mumkin. Shunda bu yozuvni dinamik usul yordamida o‘chirib bo‘lmaydi. Bunday yozuvni faqat tarmoq adminlarining o‘zi o‘chirib tashlashi mumkin.
Kommutator keng tarqatishli kadrlarni qabul qilib olganda (FF:FF:FF:FF:FF:FF) uni o‘zining barcha portlariga uzatadi. Ba’zida agar ichki buzilishlar tufayli yoki buzg‘unchilar tomonidan broadcast manzilli kadrlarni ishlab chiqishni boshlasa, unda tarmoq tezda yuklama bilan to‘lib qoladi, broadcast shtormga (broadcast shtorm) uchraydi hamda tarmoq “osilib qoladi”. broadcast shtorm va keragidan ortiqcha keng tarqatishli xabarlarni ko‘payib ketishiga faqat tarmoqda keng tarqatishli domenlarni yarata oladigan marshrutizator qarshi kurashishi mumkin.
Kommutator MAC-manzil jadvalidan foydalanib, qabul qilgan kadrlarga ishlov berish usulini aniqlaydi. U o‘zining har bir portiga ulangan qurilmalarining MAC manzillarini qo‘shib, o‘zining MAC manzillar jadvalini yaratadi. Muayyan portga ulangan ma’lum bir qurilma uchun MAC manzilini kiritgandan so‘ng, kommutator keyingi kadrni uzatish uchun qurilma bilan bog‘langan port orqali ushbu qurilma uchun mo‘ljallangan trafikni jo‘natadi. Agar kommutatorning MAC-manzil jadvalida bo‘lmagan kadrni qabul qiladigan bo‘lsa, u kadr qabul qilingan portdan tashqari barcha portlardagi kadrni yo‘naltiradi. Agar MAC-manzil jadvalida yozib qo‘yilgan kadr bo‘lsa jadvalga mos portga yo‘naltiriladi. Bu qanday amalga oshirilishini bilish uchun har bir bosqichni o‘rganib chiqamiz. Ushbu jarayon quyida tasvirlangan.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə