Kommutatsiya va marshrutizatsiya



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə2/40
tarix24.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#160607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
kkkkk

1– LABORATORIYA ISHI
ARP VA ICMP PROTOKOLLARINING ISHLASH TAMOYILLARINI TADQIQ QILISH


Ishdan maqsad: Tarmoqda qo‘llaniluvchi ARP va ICMP protokollarining vazifalarini va ishlash tamoyilini tadqiq qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lish.
Topshiriq

  1. Har-bir talaba jurnaldagi raqami bo`yicha variantni tanlang va shu variant bo’yicha ARP va ICMP protokollarini jadvalini tuzing.

Nazariy ma’lumotlar
ARP (Address Resolution Protocol) – manzilni aniqlash protokoli bo‘lib, RFC 826 tavsiyanomasi bo‘yicha 1982 yilda ishlab chiqilgan. ARP protokoli keng eshittirishli (broadcast) jo‘natmalari asosida IP-manzili va unga tegishli fizik manzil o‘rtasida dinamik ravishda translyatsiya qilish usulini ta’minlaydi. ARP protokoli OSI modelining tarmoq pog‘onasida qo‘llanilib, bir nechta kirish tarmoqlarida muhim vazifalarni bajaradi.
Ethernet tarmog‘ida ma’lumot manbai va qabul qiluvchisini aniqlash uchun IP va MAC manzillaridan foydalaniladi. Shuning uchun bir kompyuterdan ikkinchisiga tarmoq orqali yuborilgan ma’lumot tarkibida uzatuvchining IP va MAC-manzillari hamda qabul qiluvchining IP va MAC -manzillari mavjud bo‘ladi (1.1-rasm). ARP protokol IP va MAC manzillar o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik bo‘lmaganligi sababli, ushbu ikkita manzil o‘rtasidagi aloqani ta’minlash uchun xizmat qiladi.

1.1-rasm. IP va MAC –manzillar o‘rtasida bog‘lanish
IP va MAC manzillari o‘rtasidagi aloqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ARP- jadvali yordamida amalga oshiriladi, bu erda har bir satrda IP manzilning MAC manziliga muvofiqligi ko‘rsatilgan. 1.2-rasmda Windows OS dagi ARP-jadvali ko‘rsatilgan.

1.2-rasm. Windows OS dagi ARP-jadvali


ARP jadvalida IP va MAC manzillardan tashqari, yozuv turi ham ko‘rsatilgan bo‘lib, bularga:



  • statik yozuvlar - qo‘lda yaratiladi va kompyuter yoki marshrutizator yoqilganicha mavjud bo‘ladi

  • dinamik yozuvlar - doimiy yangilab turiladi, agar yozuv ma’lum vaqt ichida yangilanmagan bo‘lsa (taxminan 2 daqiqa), unda u jadvaldan chiqarib tashlanadi.

ARP jadvalida barcha hostlar uchun yozuvlar mavjud bo‘lmasdan, faqat tarmoq ishlarida faol ishtirok etadigan hostlar qatnashadi. Ushbu saqlash usuli ARP keshi deb nomlanadi. ARP protokolini to‘liq o‘rganish uchun uning sarlavha tuzilishini bilishimiz zarur (1.3-rasm).
1 .3-rasm. ARP sarlavha tuzilishi

  • hardware type (HTYPE) ushbu sohada saqlanadigan har bir kanal ma’lumotlarini uzatish protokoli o‘z raqamiga ega. Masalan Ethernet 0x0001 raqamiga ega.

  • protokol type (PTYPE) tarmoq protokolining kodi. Masalan, IPv4 uchun 0x0800 yoziladi.

  • hardware length (HLEN) Fizik manzilning uzunligi (baytlarda). Ethernet 6 bayt uzunlikka ega.

  • protokol length (PLEN) mantiqiy manzilning uzunligi (baytda). IPv4 manzil uzunligi 4 bayt.

  • operation jo‘natuvchining operatsiya kodi: 1 so‘rov uchun va 2 javob uchun

  • sender hardware address (SHA) Jo‘natuvchining fizik manzili.

  • sender protokol address (SPA) Jo‘natuvchining mantiqiy manzili.

  • target hardware address (THA) qabul qiluvchining fizik manzili. So‘rov jarayonida bo‘sh maydon

  • target protokol address (TPA) qabul qiluvchining mantiqiy manzili

ARP xabarlarining quyidagi turlari mavjud: ARP so‘rov (ARP request) va ARP javob (ARP reply). Jo‘natuvchi tizim qabul qiluvchi tizimning fizik manzilini so‘rash uchun ARP so‘rovidan foydalanadi. Javob (qabul qiluvchi qurilmaning fizik manzili) ARP javobi ko‘rinishida keladi.


Shunday qilib, lokal tarmoqda ma’lumotlarni yetkazib berish uchun qabul qiluvchi qurilmaning fizik manzilini bilish talab etiladi. Shuning uchun fizik manzillarni avtomatik ravishda aniqlash tartibi mavjud.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə