19-mavzu: Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi. Sharq uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar. XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab va pedagogik fikrlar rivoji. Reja



Yüklə 140,37 Kb.
səhifə1/13
tarix28.11.2023
ölçüsü140,37 Kb.
#137749
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
19-mavzu Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojlla-fayllar.org


19-mavzu: Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi. Sharq uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar. XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab va pedagogik fikrlar rivoji. Reja

19-MAVZU: Sharq Uyg’onish davrida pedagogik fikrlarning rivojllanishi. Sharq uyg’onish davrida ta’limiy-axloqiy fikrlar. XIV asrning ikkinchi yarmi va XVI asrda Movaraunnahrda tarbiya va maktab va pedagogik fikrlar rivoji.
Reja:
1.Sharq Uyg‘onish davrida ilm-fan va madaniyat.

2.Muhammad ibn Muso al- Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari.


3.Abu Nasr Forobiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari. Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sinoning ta’limiy-axloqiy qarashlari
4.Movaraunnahrda Amir Temur tomonidan markazlahgan davlat barpo etilishi va uning fan, madaniyat va ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi.
5.Mirzo Ulug’bekning pedagogik g’oyalari va ma’rifatparvarlik xizmatlari. Ulug’bek davrida maktab islohoti. Zahiriddin Muhammad Boburning pedagogik fikrlari
6. Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va in-sonparvarlik masalalari
Asosiy tushunchalar:


1-masala. Al-Xorazmiy (783-850) ning didaktik qarashlari
Markaziy Osiyoda uygonish davrida ilm-ma‘rifatga ragbat kuchaydi. Bu davrda diniy ilmlar bilan birga duneviy ilmlar xam keng mikesda rivojlandi. Xorazmda Xivada Donishmandlar uyi. Yakin Sharkda Bagdodda Ma‘mun akademiyasi tashkil etilgan. Ana shu ilk akademiyalarda Markaziy Osielik Komusiy olimlar-Beruniy. Ibn Sino.Al-Xorazmiy ia boshkalar faoliyat kursatganlar.Yevropada xam uygonish davrida ilm-ma‘rifat rivojlandi .Jumladan..Afinada ilk Akademiya tashkil etilgan. Akademiya -Afina yaqinidagi joyning nomi bo’lib, yunonlarning afsonaviy qahramoni Akadem ismi bilan atalgan. Akademiya-ayrim ilmiy o’quv badiiy va boshqa muassasa hamda jamiyatlar nomi. Bu nom tarixi miloddan avval IV asrda qadimgi Yunonistonda Platonning idealistik falsafa maktabiga asos solinishidan boshlanadi. (Platon akademiyasi) Sharq mamlakatlarida akademiya tarzidagi muassasa va jamiyatlar VIII-IX asrlarda tarkib topa boshlagan. Masalan: arab halifaligida Xorun ar-Rashid hukmronligi davri (786-809) da «Baytul hikma» (Hikmat xonasi) ga asos solinib, halifa Ma’mun hukmronligi davri (813-833) da «Baytul hikma» ning faoliyati rivoj topdi; uning astronomiya observatoriyasi va katta kutubxonasi bor edi. O’rta Osiyolik buyuk matematik Muso al-Xorazmiy va astronom Muhammad al-Farg’oniy, Beruniy, Ibn Sino,Abu Nasr ibn A’roq,Qamariy,al Qosiylar ijod qilgan. Bu olimlarning ko’pchiligi tibbiyot, riyozat, falakkiyot, fizika, kimyo va hikmat fanlarini rivojlantirgan-lar va yangi bosqichga ko’targanlar. Ma’mun Urganchda bir qancha yirik binolar qurdirgan.1017 yilda M. G’aznaviyning Xorazmga qilgan yurishi natijasida bir qancha olimlar bu erda majburiy ravishda G’aznaga olib ketilgan, shahar inqirozga yuz tutgan.
Abu Abdullo Muhammad ibn Muso аl-Xorazmiy.
Al-Xorazmiy 780 yil Xevada tug’ilgan. 850 yil Bog’dodda vafot etgan. O’rta Osiyolik mashhur matematik, astronomdir. U yoshligidan ilm-fanga qiziqqan. Xorazmiy o’sha davrda katta ilmiy va madaniy markaz hisoblangan Bog’dodga taklif qilingan. U avval 813-833 halifa al-Ma’mun, so’ngra 833-842 al-Mutasil va 842-847 al-Vasiq Saroylarida xizmat qilgan. U sharqning dastlabki akademiyasi «Bayt ul Hikmat» (Donolar uyi) da ishtirok qilgan va uning rahbarligida arablar va boshqa xalqlar vakillari bilan bir qatorda Ahmad Farg’oniy, ahmad ibn Abdulloh Marvaziy kabi O’rta Osiyolik olimlar ilmiy ish olib borganlar.
Xorazmiy diniy idealistik dunyoqarash hukmronligiga qaramay, o’zining tabiiy-ilmiy faoliyati bilan ilg’or ijtimoiy falsafiy tafakkuriga yo’l ochdi.
Xorazmiy matematikada abstraktsiya tushunchasini kengaytirdi. Induktsiya yo’li bilan umumiy echim usullarini hal qildi va deduktsiya yo’li bilan umumiy usullar yordamida turish xususiy masalalarni echdi. Uning fan sohasidagi yutuqlari o’rta asrlarda hukmronlik qilgan, din va sixalastik falsafaga zarba berdi.
Xorazmiy o’zining «Al-jabr val muqobalo» asarida olimlarni ularning ishlari xarakteri bo’yicha 3 (uch) guruhga bo’ladi:
1. «Ulardan birlari o’zlaricha qilinmagan ishlarni qilib, uni kelajak avlodga qoldirib, o’zgalardan o’zib ketadilar»;
2. «O’zgalar o’tmishdoshlari mehnatlarini sharhlab beradilar va bu bilan qiyinchiliklarni engillashtiradilar, quluflarni ochadilar, yo’llarni yoritadilar, bu esa tushunishniosonlashtiradilar»;
3. «... yoki bu odam ba’zi kitoblardagi nuqsonlarni topadi uzilganlarni o’laydi».
Shu klassifikatsiya bo’yicha Xorazmiyning o’zini «algebra» ning muallifi sifatida birinchi guruhga «arifmetika» si bilan ikkinchi guruhga kiritish mumkin.
Xorazmiy nomini tarixda qoldirgan asarlardan biri-«Al-jabr val muqobala» dir. Asar nazariy va amaliy qismdan iborat.
Ikkinchi qismdan turli xo’jalik-turmush, savdo va yuridik masalalarga algebra metodlarini joriy qilish ko’riladi, yangi algebraik usul bayon qilinadi.
U o’sha paytlarda amalda uchraydigan barcha chiziqli va kvadrat tenglamalarni jamlab, hozirgi matematik simvol orqali beriladigan quyidagi olti tipga keltirdi.
Xorazmiy bu tenglamalarni echish uchun «al jabr» va «al-muqobala» («tiklash» va «qiyoslash») amallarini kiritdi. «Al-jabr» keyinchalik algebra deb ataladigan bo’ldi.
Xorazmiy algebraning geometriya bo’limida figuralarni o’lchash qoidalari jamlangan va algebraning uchburchak masalalariga tadbiq qilinishi ko’rsatilgan. Ba’zi qoidalarga ta’rif va isbotlar keltirilgan. U uchburchak, to’rtburchak, doira, ko’pburchak, peramida, konus va boshqa figuralarni ko’rib chiqadi. U uchburchakni to’g’ri burchakli, o’tkir burchakli va o’tmas burchakli xillariga bo’ladi.
Xorazmiyning ikkinchi matematika kitobi-«Hind arifmetikasi haqida kitob» («Hisob al-hind») bo’lib, fan tarixida muhim rol o’ynaydi. Asar o’nlik sistema raqamlari (0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9) ga bag’ishlangan.
U Hindistonda kashf etilgan raqamlarni soddalashtirdi va birinchi bor arab tilida bayon etildi.
Xorazmiy arifmetikaning algoritmlari bo’lgan qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish qoidalarini yaratgan. Shuningdek u turli «jins» dagi sonlarni ko’paytirish algoritmini ham bergan. Masalan: minut, sekundlarni bir-biriga ko’paytirish uchun, avvalo ularni bir xil shaklga, ya’ni sekundga yoki minutga aylantirib olish kerakligini ko’rsatgan.
Xorazmiy matematikani nazariy rivojlantirish bilan birga, undan turmush masalalarini echishda foydalangan. Masalan: meros grajdanlar huquqi, mol-mulk taqsimoti kabilar murakkab tarzda yoritilgan.
Xorazmiyning «Kitob surat al-ard» («Erning surati») nomli geografik risolasi diqqatga sazovordir. Bu asar 1878 yilda Qohirada topildi. U bu asarini yaratishda Ptolemeyning «Geografiyadan qo’llanma» asariga asoslangan. Asarda 637 ta muhim joylar 209 ta tog’ning geografik tafsiloti berilgan, daryolar, dengizlar va okeanlar havzasining shakli, ularda joylashgan orollarning muhim kordinatalari bilan bayon qilingan.
Xorazmiy astranomiya sohasida ham ancha ish qildi. Bog’dod rasadxonasida o’tkazgan kuzatishlari asosida va hindlarning astranomiya jadvallarini har tomonlama tanqidiy tahlil qilib, yangi «Astranomik jadvallar» tuzdi. Bu asar XII asrda arab tilidan lotin tiliga tarjima qilinib, bir necha asr undan foydalanilgan.
Xorazmiy rahbarligida 827 yilda er kurrasining kattaligini aniqlash maqsadida er meredianining bir gradusini o’lchab chiqildi. Buning uchun Myasopotamiyada shimoliy kenglikning 350 va 360 lari orasidagi chiziqli masofa bevosita o’lchov tizimchasi bilan meridian yo’nalishida aniqlanib, burchak o’lchash esa yulduzlarning meridian balandliklarini kuzatish asosida bajarilgan edi.
Meridian gradusi uzunligi 50 2/3 arab milyasiga, ya’ni o’rta hisobda 112 km ga teng qilib olingan.
Xorazmiyning «Usturlob haqida risola», «Quyosh soatlari haqida risola», «Tarix risolasi», «Muzika risolasi» kabi asarlari yozilgan lekin ular bizgacha etib kelmagan. Xorazmiy asarlarini tadqiq qilganlar frantsuz olimi P. Tanier, italiya olimi Adelard, A.A. Markov, nemis sharqshunosi Yu. Rushka, S. Gandts, Qori Niyoziy, Matvievskaya, Rozenfeld, Qobulov, Fayzullaev va boshqalardir.
  1. O’rta Osiyoning emas, balki umuman Yaqin va O’rta sharqning mashhur mutafakkirlari bo’lgan Abu Nasr Fоrobiy IX-X asrlarda iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar ko’chaygan, feodal to’qnashuvlar avj olgan. Turli ijtimoiy tabaqalar o’rtasidagi kurashlar keskinlashgan, davrda yashadi va ijod etdi.


Abu Nasr Fоrobiy yashab ijod etgan davrda O’rta Osiyo arab xalifaligiga bo’ysundirilgan edi. Bu davrda hindchadan, forschadan va grekchadan turli ilmiy va falsafiy, badiiy asarlar arabchaga tarjima qilindi. Galen, Gippokrat, Ptolomey, Evklid, Aristotel kabi qadimgi grek olimlarining asarlari tarjima qilindi.


O’rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida halifalikka bo’ysundirilgan xalqlarning boy madaniyati ta’sirida tabiatshunoslik ilmlarining yutug’i va ig’or grek falsafasi ta’limoti ta’sirida original va progressiv ijtimoiy-falsafiy oqim vujudga keldi.
Abu Nasr Fоrobiy o’z davridagi barcha ilmlarni ilg’or madaniy yutuqlarni o’zlashtirib, ular asosida orginal ijtimoiy-siyosiy va falsafiy sistemasini olg’a surgan, ta’lim-tarbiya sohasida ham ko’p ilg’or fikrlarni aytib o’tgan, zamonasining mashhur faylasufi, etuk olimi edi.
Fоrobiyning ilmiy biografiyasi yaratilmagan, uning xayot yo’li haqida biror maxsus asar yo’q.
Fоrobiyning to’liq nomi Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon ibn O’zlik bo’lib, u 260 hijriyda, ya’ni 873-874 melodiy yilda hozirgi Toshkentning g’arbiy-shimolida, Ares suvining Sirdaryoga qo’yiladigan erda Farob (so’ngroq O’tror) degan joyda tug’ilgan.
Abu Nasr boshlang’ich ma’lumotini o’z yurtida oladi, so’ng o’qishini davom ettirish uchun markaziy shaharlarga jo’naydi. U Samarqandda, Buxoro, Marv, Rey shaharlaridan o’tib, Bog’dodga boradi.
Bu davrda arab halifaligining markazi Damashqdan yangi qurilgan Bog’dod shahriga ko’chirilgan va Sharqning madaniyati va markazlaridan biriga aylangan edi.
Fоrobiy bilim olish maqsadida diniy tafofud va e’tiqodga e’tibor bermay, arab, fors, grek,xristian olimlaridan ta’lim oladi. Farobiy muallimlari va ustozlaridan ayrimlarining nomi manbalarda saqlanib qolgan. U meditsina va mantiq ilmini Xirron shahriga borib, xristian vrachi Yuxanna ibn Xaylan Kunnoidan, hikmat va grek ilmini xristian Abu Bashar Maytodan o’rganadi. U ayniqsa, nazariy ilmlar mantiq, matematika, nazariy meditsina va falsafaning umumiy masalalari bilan qiziqdi.
Fоrobiy ayniqsa grek falsafasini, xususan, Aristotelning asarlarini izchil va chuqur o’rganib chiqadi. Bog’dodda u arab tilini va boshqa tillarni o’rgandi.
X asrga kelib arab halifaligining markazi Bog’dod juda notinch bo’lib qoldi. Qo’zg’olonlar feodal urushlari avj oldi. Farobiy Bog’doddan Damashqqa bordi. Manbalarda umumiy Xalab va Misr shaharlariga borganligini ham hikoya qilinadi. Ba’zi manbalarda Farobiyning O’rta Osiyoga kelib ketganligi ham qayd etiladi. Umrining so’nggi yillarida Damashqda Said-ud-Davla saroyida zamonasining elkparvar shoiri va mutafakkiri Mutannabiy bilan birga o’tkazdi va 339 hijriyda ya’ni 950 melodiy yilda vafot etdi. Manbalarda uning Damashqda ko’milganligi ko’rsatiladi.
Fоrobiy asarlarining umumiy soni 100 bilan 120 nom atrofida faraz qilinar edi.
1950 yilda Farobiy vafotining 1000 yilligi munosabati bilan Farobiy haqida Turkiyada chiqqan maqolalarda birining avtori Ahmad Otash Farobiyning 152 ta asari bo’lganligini nomma-nom sanab o’tadi.
Ta’lim-tarbiya haqidagi ma’lumot va fikrlar har doim ma’lum metodologiyaga, dunyoqarash sistemasiga falsafaga asoslanadi. Bu nazariy asoslari bilan olam haqidagi falsafiy ta’limot hamda va insonning ruhiy hayoti haqidagi ta’limotdan iboratdir.
Fоrobiyning ruhiy protsesslari haqidagi ta’limoti, ya’ni psixologiya ilmining rivojlanishiga qo’shgan hissalari uning falsafiy ta’limoti bilan uzviy bog’langan.
Fоrobiy ta’limoticha to’rt element-olov, tuproq, suv, havo ya’ni sodda substantsiyalarning o’zaro aralashuvi, qo’shiluvi protsessida murakkab substantsiyalar vujudga keladi.
Fоrobiy o’simlik, hayvon va insonga oid bo’lgan xususiyat va qobiliyatlarni bir butun holda quvvat deb atab, uni o’sish quvvati, hayvoniy quvvat va insoniy quvvat deb 3 ga ajratadi. Hozirgi ilmiy termenologiya bo’yicha, Farobiyning quvvatlari haqidagi klassifikatsiyasini organizmdagi protsesslarni biologik, fiziologik-psixik va fikrlash protsesslariga ajratish deb tushinmoq lozim. Biologik protsess barcha tirik organizmga fiziologik-psixik protsess hayvonlarga aqliy intelektual protsess, ong faqat insonlargagina xosdir. Farobiyning inson va uning psixikasi haqidagi fikrlari, «Ideal shahar aholisining fikrlari», «Masalalar mohiyati», «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Jism va agtsidentsiyalarning shakllariga qarab bo’linishi», «Shaharlardan», «Hikmat ma’nolari», «Aql ma’nolari to’g’risida» kabi qator asarlarida bayon etilgandir.
«Hikmat asoslari» (Fusus al-Hikam) risolasining boshqa bir joyida Farobiy inson ruhiy quvvatlarini avvalo tashqi va ichkiga ajratadi va sezish organlari bilan bog’liq bo’lganlarini tashqi ruhiy quvvatlar deb ta’riflaydi va unga hissiyot (mashoir) deb nom beradi.
Kelib chiqishi va murakkabligi jihatidan bu besh turli tashqi quvvatni Farobiy quyidagicha talqin etadi: 1. Teri-badan sezgisi, 2. Ta’m bilish sezgisi, 3. Hid bilish sezgisi, 4. Nutq sezgisi, 5. Ko’rish sezgisi.
Bularning hammasini Fоrobiy «Quvvai hissiyya», ya’ni «Hissiyot quvvati» deb ataydi va uning insonga ham yuqori darajadagi hayvonga ham xos ekanligini qayd qiladi.
Bu tashqi quvvatlardan boshqa yana ichki quvvatlar ham mavjud bo’lib, ular quyidagilardir:
1. Xotira tasavvur quvvati-«Quvvai mutahiyla»,
2. Hayol quvvati-«Quvvai hayoliyya»,
3. Tuyg’u, emotsiya quvvati-«Quvvai maziyya»,
4. Nutq quvvati-«Quvvai motika»,
5. Quvvai motika sostavida mantiqiy fikrlash quvvati-«Quvvai fikriya».
Fоrobiyning ta’kidlashicha –«Quvvai fikriya: mantiqiy operatsiyalarni bajarib, murakkab narsalarni bilib olish uchun xizmat qiladi (Ideal shahar aholisining fikrlari)».
Fоrobiyning aqliy bilishdan va uning hissiy bilishdan farqi hamda fazilatlari to’g’risidagi fikrlari «Falsafiy savollar va ularga javoblar», «Ilmlarning kelib chiqishi to’g’risida», «Sharhlar», «Evkled kitobining muqaddimasiga sharhlar», «Hikmat asoslari», «Masalalar manbai» kabi asarlarida va logikaga oid qator risolalarida bayon etilgan.
Fоrobiy aqliy bilish masalasiga o’z risolalarida keng o’rin beradi. Chunki bu masala uning ma’rifatparvarlik g’oyalarining xarakteri bilan bevosita bog’liqdir. Bu jihatdan uning «Aql ma’nolari haqidagi risola» si diqqatga sazovordir.
Bu risolaning diqqatga sazovor bo’lgan eng muhim tomonlaridan biri shuki, Farobiy aqlining bir tomonidan psixik protsess ekanligini va ikkinchi tomondan u tashqi ta’sirning, ta’lim-tarbiyaning natijasi ekanini yaxshi anglaydi.
Birinchidan, aqlning tug’ma bo’lib ko’rinuvchi quvvatlar bilan bog’liqligi inson psixik protsesslari tarkibiga kiradi.
Ikkinchidan, aqlning bilim, hayotiy protsesslari natijasida boyib borishi ta’lim-tarbiyaga bog’liq, uni Farobiyning ta’lim-tarbiya to’g’risidagi qarashlariga bag’ishlangan bo’limida ko’rib o’tamiz.
Aqliy protsessning xususiyatlari Farobiyning «Ilmlarning kelib chiqishi to’g’risida» degan asarida hamda «Evkled kitobining muqaddimasiga yozilgan sharhlar» nomli risolasida yaxshi bayon etilgan.
Masalan, aqliy bilishda tushunishining mexanistik yodlashdan ustunligini ta’kidlab, bunday deb yozadi: tushunish yodlashdan yaxshiroqdir, chunki yodlash ko’p juz’iy tushunchalar va shaxslar nomini yod olishdan iboratdir, buning ya’ni (yodlashning) chegarasi yo’qdir va u (yodlash) hech qachon turlarga, shaxslarga boyish va to’lash chegarasiga eta olmaydi.
Tushunish esa (narsalarning) mohiyati, umumiy qoida va qonunlari (bilish) bilan bog’liq bo’lib, buning (bo’linuvchi umumiy qoida va qonunlarining) hisobi va chegarasi bordir.
Fоrobiyning ta’lim-tarbiya to’g’risidagi fikrlari uning umumiy dunyoqarashi printsiplariga asoslanadi va inson haqidagi ta’limotidan, psixologiyaga oid qarashlardan va izchil ravishda kelib chiqadi.
Fоrobiy asarlarida pedagogikaga oid ya’ni insonning ijtimoiy mohiyati, unga ta’lim va tarbiya berish zaruriyati va buning uchun nimaga asoslanish lozimligi, ta’lim-tarbiya metodlari va undan ko’tilgan maqsad kabi masalalariga oid fikrlar juda ko’p uchraydi.
Xususan, uning ijtimoiy masalalariga oid risolalari «Baxt-saodatga erishuv haqida», «Ideal shahar aholisining fikrlari», shuningdek «Ixso al-ulum», «Aql ma’nolari haqida» nomli asarlari va turli sharhlari bunday fikrlarga boydir. Farobiy asarlari ichida pedagogikaga oid maxsus risolani uchratmadik. Uning ta’lim-tarbiyaga oid fikrlari tarqoq holda va turli falsafiy masalalarni yoritish munosabati bilan yo’l-yo’lakay bayon etiladi. Biz bu fikrlarni ma’lum bir tartibga solib, imkoniyati boricha, izchillik bilan izohlab berishga harakat qildik.
«Baxt-saodatga erishuv haqida» nomli risolasida bilimlarni o’rganish tartibi birma-bir sanab o’tiladi.
«Bundan keyin,-deb davom etadi Farobiy-insonni o’rganishga kirishamiz va shuning natijasida insonning kim va qanday narsa ekanligini bilib aniqlab olamiz. Shundan keyin biz insonning kamolotga erishuviga sabab bo’lgan narsalarni o’rganishga boshlaymiz. Bu narsalar esa xayri-ehsonli ishlar, go’zal insoniy fazilatlar bo’lib, bu fazilatlarni insonni shu kamolotga erishuvidan mahrum qiladigan salbiy xislatlarni o’rganish yo’li bilan ajratib olamiz. Bu salbiy xislatlar har turli yomon odatlar, nuqsonlar va bema’ni hatti-harakatlardir. Biz bu yomon hulq-atvor, bema’ni hatti-harakatlarning o’zi bilan tanishib chiqamiz».
Fоrobiy «Ixso al-ulum» (Ilmlarning tartibi) asarida ham o’rta asrda ma’lum bo’lgan barcha ilmlarni sanab o’tar ekan, madaniy ilmlarni, ya’ni insonning ijtimoiy hayoti to’g’risidagi ilmlarni barcha boshqa ilmlardan, grammatika, logika, matematika (falsafa) ilmlaridan so’ng tahlil qiladi va xarakterlab beradi. U barcha ob’ektiv reallikdagi narsa hodisalarning vujudga kelish tartibi, materiyaning rivojlanish tartibi asosida tartibga solib chiqishga harakat qiladi.
«Aql va nafs»,-deb yozadi Farobiy. «Baxt-saodatga erishuv to’g’risida» degan risolasida,-o’zining cheksiz kamoloti bilan borliqda inson bilan gavdalanadi, ammo bu boshlang’ichlar odamzotning shu tabiiy boshlang’ichlar ta’siri ostida kamol topib, insonga aylanishi uchun kifoya qilmaydi. Chunki inson inson bo’lib, insoniy kamolotga erishuvi uchun so’zlash va kasb-hunarga muhtojdir.
Inson bilimi, umumiy dunyoqarashning o’zgarishida tarbiyaning rolini ta’kidlab, Fоrobiy «Ixso al-ulum» asarida bunday deydi: «Inson yaxshi tarbiya ko’rmagan va turmushda tajriba orttirmagan bo’lsa, u ko’p narsalarni nazarga ilmaydi va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar noo’rin ko’rinadi ... U bilim va tajribaga ega bo’lganidan so’ng, fikri o’zgaradi, noo’rin bo’lib ko’ringan narsalar zaruriy bo’lib chiqadi».
Fоrobiy insonning ma’naviy hayotida, asosan uning ikki tomoniga-aqli-axloqiga (xulq-atvoriga) e’tibor beradi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya, uning fikricha insonni aqliy tomonidan ham etuk, mukammal kishi qilib etishtirishga qaratilmog’i lozim: demak, ta’lim-tarbiyaning bir-biridan vazifasi-jamiyat talablariga to’la-to’kis javob bera oladigan va uni bir butunlikda, tinchlikda farovonlikda saqlab turish uchun xizmat qiladigan ideal inson tayyorlashdir. Farobiyning «Ideal shahar aholisining fikrlari» hamda «Baxt-saodatga erishuv haqida» nomli risolalarida shular to’g’risidagi fikr yuritiladi, bu risolalar aqliy va axloqiy jihatdan etuk, ideal insonlar etishtirish va etuk, ideal insonlardan iborat ideal jamiyat vujudga keltirish vazifalarini bayon qilish bilan yakunlanadi.
Fоrobiyning insonning ma’naviy jihatdan etuk va mukammal bo’lib etilishi zarur bo’lgan tarbiya turlari, xususan jismoniy-tarbiya, aqliy intelektual tarbiya, estetik va axloqiy tarbiya haqidagi fikrlarga alohida to’xtalib o’tishdan avval uning umuman ijobiy insoniy xislatlari nimadan iborat ekanligi, bu xislatlarni tarbiyalash usullari, tarbiya etiladigan insonning fazilatlari to’g’risidagi fikrlarni ko’rib o’tish lozim.
Fоrobiy «Baxt-saodatga erishuv haqida» nomli risolasida xususan pedagogika, ta’lim-tarbiyaning vazifasi va metodlariga oid qimmatli fikrlar juda ko’p. Bu fikrlardan ma’lum xulosalar chiqarishdan avval Farobiy pedagogikasi haqida ma’lum darajada izchil tasavvurga ega bo’lish uchun ulardan ayrimlarini to’liq keltirishni lozim ko’rdik.
Fоrobiy insoniy quvvatlar va ularning vujudga kelishi hamda bunda tarbiyaning ahamiyati haqida to’xtab bunday deb yozadi: fikriy fazilat yordamida sodir bo’ladigan narsa kashf ixtirosining sifatida qarab, o’ta ketgan foydali va go’zal bo’lishi mumkin.
Chunki odatda, go’zal va manfaatli ish-harakatining o’zi ham yaxshi fazilatdir, o’ta ketgan foydali narsa esa g’oyatda go’zal hamdir.
Mana bu fikriy fazilat madaniy (ya’ni ijtimoiy) fikriy fazilatdir.
Fikriy quvvat ham qismlarga bo’linadi, masalan, fikriy fazilat natijasida vaqti-vaqti bilan bir yangilik yoki eng go’zal va foydali biron narsani kashf etuvchi quvvat mana shu quvvatlar jumlasidandir.
Insonda ma’lum kasb-hunar fazilati raislik qiladi va bu mazkur san’at (yoki kasb-hunar) shunday san’atki, uni yuzaga chiqarish uchun unga muvofiq tushadigan hamma narsa ish-harakatni demak, hamma san’atlarda bo’ladigan usul va harakatlarini qo’llamasdan ilojimiz yo’q. Demak, bu san’at barcha san’atlarning boshlig’i, kasb-hunar fazilatlari ichida eng kuchlisi, quvvatda ham boshqa hamma san’atlarning kuchlirog’i. Uni amalga oshirishga yordam beruvchi tug’ma fazilat esa quvvatda hamma tug’ma fazilatlarning eng zo’ri va kattasidir.
Ta’lim faqat so’z va o’rgatish bilangina bo’ladi. Tarbiya esa amaliy ish tajriba bilan amalga oshiriladi, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalaridan iborat bo’lgan, ish-harakat, kasb-hunarga o’rganishidir. Agar ular shu kasb-hunarga berilgan bo’lsalar, kasb-hunarga qiziqsalar, shu qiziqish ularni kasb-hunarga butunlay jalb etsa, demak, ular shu kasb-hunarni chinakamiga egallaydilar.
«Amaliy fazilatlar va amaliy san’atkor (kasb-hunar) va ularni bajarishga odatlanish masalasiga kelganda, bu odat ikki turli yo’l bilan hosil qilinadi: birinchi yo’l qanoatbaxsh so’zlar, chorlovchi, ilhomlantiruvchi so’zlar yordamida odat hosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odatdagi g’ayrat, qasd-intilish harakatga aylantiriladi.
Ikkinchi yo’l (yoki usul)-majbur etish yo’lidir. Bu usul gapga ko’nmovchi qaysar shaharliklar va boshqa sahroyi xalqlariga nisbatan ishlatiladi. Chunki ular o’z istaklaricha, so’z bilan g’ayratga kiradiganlardan emaslar.
Odamlarga tarbiya berish usuli ikki turli bo’ladi. Avvalgi usul-san’atni o’z ra-batlari bilan o’rganuvchilarga ishlatiladigan usul. Ikkinchi usul esa majburiy ravishda tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash uchun ishlatiladigan usul. Bolalar ustida turgan odam esa muallim bo’lib, u bolalarga tarbiya berishda turli tarbiya usulidan foydalanadi».
Tarbiyalanuvchining xarakteri, hohish, intilishlarga, ruhiy mayllarigaqarab ta’lim-tarbiya yo asta-sekin tushuntirish, anglatish yo’li bilan olib boriladi, yoki majburiy etish, chora ko’rish, mo’ljallangan maqsadga bo’ysundirish va unga yo’naltirish yo’li bilan olib boriladi. Bu har ikki metod ham bir maqsadni-etuk va mukammal inson etishtirishni nazarda tutadi. Fоrobiyning ta’lim-tarbiya metodlari haqidagi fikrlari bu bilangina chegaralanmaydi.
Forobiy hatto muallim va shogird-o’quvchi o’rtasidagi munosabatning nimaga asoslanishi va qanday bo’lishligi haqida ham fikr yuritadi va etuk inson tarbiyalab etishtirishning eng natijali yo’lini qidiradi.
Fоrobiyning «Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risida» risolasidagi quyidagi fikrlar bu jihatdan e’tiborga loyiqdir:
«... Muallim shogirdga nisbatan o’ta hokimlikka ham, bo’shlikka ham yo’l qo’ymasligi lozim, chunki o’ta hokimlik shogird muallimga nisbatan nafrat uyg’otadi, agarda shogird muallimning bo’shligini sezsa, unda muallimga va uning o’qiyotgan ilmiga nisbatan sovish va mensimaslik paydo bo’ladi».
Insonni har tomonlama mukammal qilib etishtirish unda ijobiy xislatlar tarbiyalash shu yuqorida ko’rsatilgan yo’llar yordamida salbiy xislatlarning ta’siriga qarshi kurash natijasida amalga oshiriladi.
Fоrobiy fikricha «O’zida o’n ikki tug’ma xislatni-birlashtirgan» kishigina axloqli odam bo’la oladi.
(Birinchidan), bunday odamning barcha organlari shu darajada mukammal taraqqiy etgan bo’lishi zarurki, u bu organlari bilan bajarmoqchi bo’lgan ishlarni osonlik bilan amalga oshira olsin;
(Ikkinchidan), barcha masalani, muhokama va mulohazani tezda va to’g’ri tushuna oladigan, uning ma’nosini anglay oladigan;
(Uchinchidan), xotirasi juda baquvvat bo’lsin, ko’rgan, eshitgan, sezgan narsalarning birortasini ham esidan chiqarmay yodda saqlab qoladigan bo’lsin;
(To’rtinchidan), zehni tez va o’tkir bo’lsin;
(Beshinchidan), so’zlari aniq bo’lsin, fikrini va aytmoqchi bo’lgan mulohazalarni ravon va ravshan bayon eta olsin;
(Oltinchidan), bilish va o’qishga muhabbati bo’lsin;
(Ettinchidan), ovqatlanishda, ichimlik iste’mol qilishda ochko’z bo’lmasin, tabiati qimor o’yinlarini o’ynashdan yiroq bo’lsin;
(Sakkizinchidan), haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan bo’lsin, yolg’on va yolg’onchilarga, nafrat bilan qaraydigan bo’lsin;
(To’qqizinchidan), ruhi g’ururli va o’z vijdonini qadrlaydigan bo’lsin;
(O’ninchidan), dirham, dinar va shu kabi turmush buyumlariga jirkanish bilan qarasin;
(O’n birinchidan), o’z tabiati bilan adolatli va adolat uchun kurashuvchilarni sevadigan, adolatsizlikka hamda jabr-zulm o’tkazuvchilarga nafrat bilan qaraydigan bo’lsin;
(O’n ikkinchidan), adolatli bo’lsin va qaysar bo’lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib o’zbilarmonlik qilmasin, jasur bo’lsin, qo’rqish va ojizlikni bilmasin.
Fоrobiy bu fazilatlar ichida ayniqsa donolikka, aqllilikka katta e’tibor beradi. Fоrobiy estetik tarbiya haqida qimmatli fikrlar ilgari so’radi. «Muzika to’g’risidagi katta asar» kitobida muzikaning kishilar hayotidagi rolini asoslab beradi. Estetik zavqlanishning ruhiy jismni salomatlikni saqlashdagi tutgan o’rnini ko’rsatishga harakat qiladi.
U mehnat tarbiyasi va kasbiy tarbiyaning kishining hayotidagi o’rnini ulug’lab uni «fazilatlarning raisidir» deb baholaydi: «Insonda ma’lum kasb-hunar fazilati raislik qiladi»-deb yozadi. «Endi insonning kasb-hunar va san’atdagi fazilatiga kelsak, bu fazilat tug’ma emasdir». Bu ikki yo’l bilan, ya’ni ta’lim va tarbiya yo’li bilan hosil qilinadi.

Yüklə 140,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə