1917 yil fevral inqilobi va oktabr to'ntarishi mundarija


I.Bob.1917 yil fevral inqilobi va oktabr to'ntarishi



Yüklə 165,26 Kb.
səhifə2/6
tarix24.12.2023
ölçüsü165,26 Kb.
#158999
1   2   3   4   5   6
1917 yil fevral inqilobi va oktabr to\'ntarishi

I.Bob.1917 yil fevral inqilobi va oktabr to'ntarishi

1.1 1917 yil Fevral inqilobi va Turkistondagi siyosiy uyg‘onish.


1917 yil 28 fevralda Petrogradda Qishki saroy va Petropavlovsk qal’asini bosib olish bilan inqilobiy voqealar nihoyaiga yetdi. 2 martda ishchi va solat deputatlari Petrograd sovetining burjua partiyalari va tashkilotlari vakillaridan iborat bo‘lgan hamda “Progressivniy blok” nomi bilan birlashgan Davlat dumasi Muvaqqat qo‘mitasi bilan kelishuv asosida Rossiyada muvaqqat hukumat tuzildi. Rossiyada ikki hokimiyat – ikki diktatura: Muvaqqat hukumat siymosida demokratik diktatura va Sovetlar siymosida proletariat va dehqonlarning inqilobiy-demokratik diktaturasining o‘ziga xos qo‘shiluvi yuzaga keldi.
Muvaqqat hukumat 3 martda e’lon qilgan Bayonnomasi va 6 martda e’lon qilgan Rossiya fuqarolariga murojaatnomasida o‘z davsturini bayon qilib berdi. Hukumat siyosiy erkinliklar – so‘z, matbuot, ittifoqlar tuzish, yig‘ilishlar va ish tashlashlar erkinligi joriy etilganligini; barcha tabaqa, diniy va milliy cheklashlarning bekor qilinganini, teng va yashirin ovoz berish bilan o‘z-o‘zini boshqarish organlariga saylov o‘tkazish, politsiyani xalq militsiyasi bilan almashtirish, to‘la siyosiy avfnoma berish lozimligini e’lon qildi.
Demokratik inqilob Turkiston o‘lkasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. O‘lkada yangi jamiyatlar barpo etish harakatlari boshlandi. Jadidlar vujudga kelayotgan milliy-demokratik kuchlarning o‘zagi bo‘ldi, ular bu vazifani bajarishga o‘zlarining ilgarigi faoliyatlari davomida tayyorgarlik ko‘rgan edilar. Avj olayotgan demokratik jarayonlarda mahalliy xalqlar siyosiy manfaatlarining ustuvorligini himoya qilish fevralning dastlabki kunlaridanoq siyosiy maydonda ular faoliyatining asosiy yo‘nalishini belgilab berdi.
Turkistonda ham Rossiya markazidagiga o‘xshash qo‘sh hokimiyatning tarkib topish tamoyili yaqqol ko‘zga tashlana boshladi. Bir tomondan ishchi deputatlari Sovetlari bilan soldat deputatlari Sovetlari tuzila boshladi. Ko‘p o‘tmay ular ishchi va soldat deputatlari yagona Toshkent Sovetiga birlashdilar. Ana shu sovetning chaqirig‘i bilan Turkiston shaharlarida Sovetlar tashkil qilina boshladi. 1917 yil mart ohiriga borib, o‘lkada ishchi va soldat deputatlarining 75 Soveti bor edi. Sovetlarning saylangan deputatlari asosan yevropalik millat vakillaridan iborat edi.
Turkiston ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘lka muhtoriyati masalasi asosiy o‘ringa chiqdi. Turkistonga muxtoriyat maqomini berish g‘oyasi nafaqat demokratik ziyolilar orasida, hatto oddiy odamlar o‘rtasida ham ancha ommalashgan edi. 1917 yil 14 martda xalq vakillarining birinchi majlisi bo‘ldi. Unda aholining tatar va qozoq vakillari bilan to‘ldirilgan 61 kishidan iborat bo‘lgan yangi tashkilotning tarkibi tasdiqlandi. Bu organ “Sho‘roi islom” degan nom oldi. Aprel oyining boshlarida mahalliy jadidlarning tashabbusi bilan O‘sh, Andijon, Skobelev, Turkiston, Mari, Samarqand, Namangan va Qo‘qonda uning mahalliy tashkilotlari tashkil qilindi.
“Sho‘roi islom” tashkilotining xalq o‘rtasida ta’sining kuchayib borishi Turkistonda markazga o‘xshab ikkihokimiyatchilik emas, balki siyosiy maydonda uch hokimiyatni yuzaga keltirgan edi:
- Turkiston Sovetlari – bular inqilobiy demokratiyaning xoxish-mrodasini ifodalovchi yevropalik ishchi va soldatlarning organlari edi.
- Ijroiya qo‘mitalari – Sovetlarga nitsbatan aholining ancha keng milliy guruhlari namoyandalari bo‘lib, ular tarkibida turli partiyalar bo‘lgan va ular joylarda Muvaqqat hukumat organlari rolini o‘ynagan.
- “Sho‘roi Islom” tashkiloti – musulmon aholining xoxish-irodasini ifoda etdi va uning manfaatlarini himoya qildi.
1917 yilning mart-aprel oylari o‘lkaning siyosiy uyg‘onishida burilish davri bo‘ldi. Turkiston jadidlari, milliy ziyolilari va islom ulamolarining yetakchilari bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919), Munavvarqori (1878-1931), Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jaev (1882-1938), Fitrat (1886-1938), Fayzulla Xo‘jaev (1896-1938), Mustafo Cho‘qay (1886-1941), Muhammadjon Tinishboev (1879-1939), Sherali Lapin (1868-1919), Ahmad Zaki Validiy (1890-1970), Obidjon Mahmudov (1858-1936) o‘lkada yangi tashkil qilingan “Sho‘roi Islom” (1917 yil mart), “Sho‘roi Ulamo” (1917 yil iyun), “Turon” jamiyatlari va “Turk adami markaziyat firqasi” (1917 yil iyul), “Ittifoqi muslimin” (1917 yil sentabr) siyosiy partiyalarining tuzilishida muhim rol o‘ynadilar.
1917 yil 7 aprelda Muvaqqat hukumat qarori bilan kadet N. Shchepkin raisligida Muvaqqat hukumatning Turkiston Komiteti tashkil qilindi. Uning tarkibiga 9 kishi kirgan bo‘lib, ularning 4 tasi mahalliy millat vakillari edi. Bu davrda jadidchilik ma’rifatchilik harakatidan siyosiy harakat darajasiga ko‘tarilgan edi. 1917 yilning o‘zida 4 marta Butunturkiston musulmonlarining qurultoyi o‘tkazildi. 1917 yil 17-21 aprelda Toshkentda bo‘lgan 1-qurultoyda demokratik Rossiya tarkibida Turkiston muhtoriyatini tashkil etish g‘oyasi ilgari surildi. Bu g‘oya Turkiston xalqlarining o‘z milliy davlatchiligini tiklash yo‘lidagi davtlabki qadami edi. Qurultoyda Markaziy rahbar organ – Turkiston o‘lka musulmonlari sovetini tashkil etilishi haqida qaror qabul qilindi. Sovetga Mustafo Cho‘qay rais, Validiy bosh kotib, Munavvarqori, Behbudiy, U. Xo‘jaev, O. Maxmudov, T. Norbo‘tabekov, Islom Shoahmedov va boshqalar a’zo qilib saylandi. Sovetning Toshkent, Samarqand, Farg‘ona bo‘limlari ham tashkil qilindi. Markaziy sho‘roning organi sifatida “Najot”, “Kengash” gazetalari chiqa boshladi. O‘lkamussovetning 1917 yil 12 iyunda bo‘lib o‘tgan majlisida Nizom qabul qilindi va unga muvofiq barcha shahar, uezd, volost, musulmon sovetlari va “Sho‘roi islom”, “Ravnaq ul-islom”, “Mirvaj ul-islom”, “Muallimlar jamiyati” singai boshqa jamoat tashkilotlari volost, uezd va shahar Sho‘rolariga birlashishlari, ularning hammasi birgalikda musulmon deputatlari Turkiston Markaziy sho‘rosiga bo‘ysunishlari lozim edi.


Yüklə 165,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə