1917 yil fevral inqilobi va oktabr to'ntarishi mundarija


Turkistonda muhtoriyatchilik harakatining shakllanishi



Yüklə 165,26 Kb.
səhifə3/6
tarix24.12.2023
ölçüsü165,26 Kb.
#158999
1   2   3   4   5   6
1917 yil fevral inqilobi va oktabr to\'ntarishi

1.2.Turkistonda muhtoriyatchilik harakatining shakllanishi.

Shunday qilib, 1917 yil bahorida Turkistonning birligi va yaxlitligi tomon muhim qadam tashlandi. Turkiston o‘lkasiga muhtoriyat berish masalasi birinchi bor musulmonlarning 1-Butunturkiston se’zdida (1917 yil aprel) qo‘yildi. Shuningdek, bu masala “Sho‘roi islom” Markaziy Qo‘mitasi doirasida ham muhokama qilingan edi. Muhtoriyat masalasi musulmonlar orasida 1917 yil may oyi boshida Moskvada bo‘lib o‘tgan Butunrossiya musulmonlarining 1-se’zdidan keyin yanada faol qo‘yila boshladi. 1917 yilning 12-14 iyulida skobelev shahrida viloyat musulmon tashkilotlarining qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Se’zdda qabul qilingan dasturiy hujjatda se’zdda tuzilgan “Turk adami markaziyati” partiyasi Turkiston, Qozog‘iston, kavkaz va Boshqirdiston uchun milliy-hududiy muhtoriyatni, Volgabo‘yi, Qrim tatar va boshqa turkiy xalqlar uchun esa milliy-madaniy muhtoriyatni talab qiladi, degan rezolyutsiya kiritildi.Dasturda yozilishicha, muxtor jumhuriyatlar parlamenti va mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruv tashkilotlariga saylovlar umumiy asosda, yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Dasturda fuqarolarning huquqlariga bag‘ishlangan bo‘lim e’tiborga loyiq bo‘lib, unda “Jumhuriyatning butun aholisi, dini va millatidan qat’iy nazar qonun oldida bir hil javobgardir”, deb maxsus qayd qilingan edi. Yer masalasida esa barcha davlat mulklari musodara qilinib, aholiga ijaraga berish yoki fuqarolarga sotish taklif etiladi. Bundan tashqari dasturda fuqarolarning haq-huquqlari va erkinliklariga, mehnatkashlar mehnatini muhofaza qilishga doir bandlar ham bor edi.


Muhtoriyatchilar tomonidan maorif masalasi juda puxta ishlab chiqilgan edi. Bilim olish huquqi barcha uchun himoya qilinishi ta’kidlangan. Dasturda maktab mustaqilligi e’lon qilinib, boshlang‘ich ta’lim bepul, umumta’lim majburiy bo‘lishi belgilangan edi. 1917 yil avgust oyida “Kengash” gazetasida Muhtoriyat dasturining loyihasi e’lon qilindi. Bu loyiha Turkistonda mashhur siyosiy arboblar, huquqshunos va ulamolar tomonidan ishlab chiqilgan edi.
Farg‘onada bo‘lib o‘tgan va unda qabul qilingan Turkiston o‘lkasining demokratik yangilanish g‘oyalari erkin qarashlardagi ziyolilar va musulmon ruhoniylari o‘rtasida jiddiy qiziqish uyg‘otdi. Bu esa o‘ta keskin kayfiyatdagi millatchilar va islom mutaassiblarining g‘ashini keltirmay qolmadi. Ular islom dini nomidan so‘zlab jamiyatda demokratik islohotlar o‘tkazish yo‘lidagi har qanday urinishlarga keskin qarshi chiqishdi. Turkistonning ilg‘or jadid ziyolilari va qadimchilari orasidagi bu ziddiyat milliy ozodlik kuchlari safida parchalanishga olib keldi. 1917 yil iyun oyida Munavvarqori boshchiligidagi “Sho‘roi Islom” tashkilotidan “Sho‘roi Ulamo” ajralib chiqdi. Sherali Lapin uning Toshkent sho‘basiga asos soldi. Ko‘p o‘tmay Qo‘qon shahrida ham “Sho‘roi Ulamo” jamiyati tuzildi. Lekin ikki jamiyat o‘rtasida doimiy ixtiloflar bor edi. “Sho‘roi ulamo” jamiyati a’zolari ruhoniyat tarafdorlari bo‘lib maydonga chiqdilar. “Sho‘roi Ulamo” jamiyati tomonidan “Al-Izoh” jurnali chiqarila boshlangan. Jurnal sahifalarida asosan diniy masalalarga ko‘proq e’tibor berilib, ahloq, madaniyat, ijtimoiy hayot ruhoniyat nuqtai nazaridan targ‘ibot qilindi.
G‘oyaviy jihatdan ajralish milliy ozodlik harakatidagi kuchlar nisbatining o‘zgarishiga olib keldi. “Sho‘roi ulamo” a’zolari asosan ruhoniylardan iborat bo‘lib, ular aholi o‘rtasida katta ta’sir kuchiga ega edi.
1917 yil kuzida davom etayotgan urush natijasida mamlakatda ocharchilik, ishsizlik avj oldi. Bu o‘z navbatida mehnatkash ommaning noroziligini kuchaytirdi, joylarda hokimiyatning inqiroziga olib keldi. Bunday vaziyatdan foydalangan Toshkent ishchi va soldat deputatlari Sovetiga kirgan bolsheviklar “Butun hokimiyat sovetlarga” degan shiorni ko‘tarib chiqdilar. 1917 yil 10 sentabrda Toshkentda Butunturkiston musulmonlarining 2-qurultoyi ochildi. “Sho‘roi Islom” tashabbusi bilan chaqirilgan ushbu qurultoy hokimiyatni ishchi, soldat va dehqon deputatlari sovetlariga berishga qarshi chiqdi. Qurultoyda faqat Milliy markaz – Turkiston musulmonlari Markaziy Kengashi mintaqadagi tub yerli aholi manfaatlarini himoya qilishi mumkin degan fikr qat’iy qilib qo‘yildi.
1917 yil 20 sentabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Turkiston va Qozog‘iston musulmonlarining qurultoyi “ulamochilar” bilan “sho‘roi islomchilar” o‘rtasidagi bahslarga qaramay o‘zaro murosaga keldi. Qurultoyda “Sho‘roi islom”, “Sho‘roi Ulamo”, “Turon” va boshqa siyosiy tashkilotlarni birlashtirish yo‘li bilan butun Turkiston mintaqasi uchun umumiy bo‘lgan “Ittifoqi muslimin” degan siyosiy partiya tuzishga qaror qilindi. Qurultoy ishidagi asosiy masala o‘lkaning bo‘lajak siyosiy tuzumini belgilash edi. Qurultoy Turkiston Muhtoriyatini tashkil etish haqida qaror chiqaradi. Qurultoy muhtoriyatga “Turkiston Federativ Respublikasi” degan nomni qo‘yib, parlament respublikasi asosida tuzilajak bo‘lg‘usi davlat tuzumining bosh tamoyil va me’yorlarni belgilab berdi. Shu tarzda Turkistonda muxtoriyat hukumati yuzaga kelmasdan ancha oldin uning poydevorini yaratishga zamin xozirlangan edi.
Shunday qilib, 1917 yilning oktabr oyiga kelib Turkistonda hokimiyat masalasida ikki muqobil yo‘nalish yuzaga keldi. Birinchisi – milliy demokratlarning o‘lkadagi boshqa yerlik bo‘lmagan millatlar vakillari ishtirokida demokratik ruhdagi Turkiston Muhtoriyatini tashkil etishga bo‘lgan intilishlari, ikkinchisi esa – bolsheviklar tomonidan muhtoriyatchilarning bu intilishlarini inkor etib zo‘rlik bilan hokimiyani egallab, unga mutlaq hukmron bo‘lish edi.

Yüklə 165,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə