1917 yil fevral inqilobi va oktabr to'ntarishi mundarija



Yüklə 165,26 Kb.
səhifə1/6
tarix24.12.2023
ölçüsü165,26 Kb.
#158999
  1   2   3   4   5   6
1917 yil fevral inqilobi va oktabr to\'ntarishi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish

1917 yil fevral inqilobi va oktabr to'ntarishi

MUNDARIJA:



Kirish 2
I.Bob.1917 yil fevral inqilobi va oktabr to'ntarishi 4
1.1 1917 yil Fevral inqilobi va Turkistondagi siyosiy uyg‘onish. 4
1.2.Turkistonda muhtoriyatchilik harakatining shakllanishi. 7
II.Bob.Turkistonda mustabid sovet rejimining o‘rnatilishi. 10
2.1 Oktabr to‘ntarishi. Turkistonda mustabid sovet rejimining o‘rnatilishi. 10
2.2 Qonli yakshanba 23
Xulosa 28
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 29



Kirish


Mavzuning dolzarbligi: Ma’lumki, Turkiston o‘lkasi chor Rossiyasi mustamlakasiga aylantirilib, bu hududda o‘zga millat hukmdorlarining zo‘rlikka asoslangan boshqaruv tizimi va siyosati yurgizila boshlaganidan e’tiboran uning mazlum va jabrdiyda xalqlari o‘z erki, ozodligidan mahrum etilib, birovlar qo‘l ostiga tobe bo‘lib qoldilar. Biroq shu narsa haqiqatki, o‘lkaning tabiatan mag‘rur xalqlari hech qachon o‘zlarining chor-nochor qismatiga tan berib, o‘zgalar jiloviga bo‘ysunib yashashga rozi bo‘lmaganlar, balki, aksincha, o‘z erki, milliy mustaqilligi yo‘lida mardonovor kurashganlar.
Olis ko‘hna tariximiz zarvaraqlaridan munosib o‘rin egallagan, aziz nomlari mangulikka muhrlangan To‘maris, Shiroq, Spitamen, Muqanna, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Shayx Najmiddin Kubro, Mahmud Torobiy, Mavlon- zoda, Abubakr Kalaviy, Amir Temur, Muhammadali Eshon (Dukchi Eshon), Namozbotir Pirimqulov singari nomdor bahodirlarning qaltis tarixiy jarayonlarda ko‘rsatgan jasoratlari bunga jonli guvohdir.
Darhaqiqat, chor mustamlakachiligi o‘zining behad zulmkorligi, qabohati bilan yurtimiz, uning jafokash odamlari tanasida o‘chmas dog‘-hasrat qoldirdi. U ajdodlarimizni ma’nan va ruhan qo‘llab-quvvatlab kelgan asl ma’naviy qadriyatlarni zavol toptirib borib, ularning jismi-joniga mavj urib kelgan milliy istiqlol va erk tuyg‘ularini asta-sekin so‘ndirishga urinib keldi. Yurtimiz tuprog‘ini qonga belagan chor zobitlaridan biri, 
qonxo‘r general Skobelevning: “Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga uchraydi”, deb aytgan behayo so‘zlari bekorga aytilmagan, albatta.
Lekin shunga qaramay yurt o‘glonlari ajnabiylar zo‘ravonligiga tik boqib, o‘lka xalqlarining erki va ozodligi uchun kurashganlar. Turkiston xalqlarining erk, ozodlik uchun kurash g‘oyasi XX-asr boshlariga kelib yangi pallaga kirdi. Yangi asr boshlarida jadidlar nomi bilan mashhur bo‘lgan, o‘z ongli hayotini, butun borlig‘ini yurt, millat ozodligi, hurligi va ravnaqiga baxsh etgan istiqlol darg‘alari etishib chiqdi. Behbudiy, Fitrat, F.Xo‘jaev, A.Avloniy, M.Qori Abdurashidxonov, A.Shukuriy singari yurt ilg‘or peshvolarining Turkiston ozodligi, istiqloli yo‘lida qilgan ulkan 
sa’y-harakatlari, millat farzandlari ta’limi, tarbiyasini isloh qilish, yaxshilash, uni yuksak zamon talablari darajasiga ko‘tarish borasidagi zahmatlari tahsinga loyiqdir.


Yüklə 165,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə