2- amaliy mashg’ulot. Mashinali o’qitishda instrumental vositalardan foydalanish Matlab/Python dasturiy muhiti bilan ishlash



Yüklə 2,8 Mb.
səhifə6/27
tarix11.12.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#148435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
2- amaliy mashg’ulot. Mashinali o’qitishda instrumental vositala

= < ifoda qiymati >
buyrug’i yordamida amalga oshiriladi. Bu yerda (=) tayinlash (qiymat berish) operatori vazifasini bajaradi. Masalan,
>> x= 5+yexr (3) ;
MATLABning yaxshi xususiyatlaridan biri shuki, unda avvaldan o’zgaruvchini turi e’lon qilinmaydi, balki uni qiymatlariga qarab aniqlanaveradi. Demak ifoda qiymati vektor yoki matrisa bo’lsa, u xolda o’zgaruvchi shunga mos bo’ladi.
O’zgaruvchi nomi (identifikator) - boshlanishi xarfdan iborat ixtiyoriy sondagi belgilardan tashkil topgan bo’lishi mumkin, ammo faqat boshidagi 31tasi orqali identifikasiya qilinadi. O’zgaruvchi nomi boshqa o’zgaruvchilar bilan ustma-ust tushmasligi kerak, ya’ni nom noyob bo’lishi lozim. O’zgaruvchi nomi xarfdan boshlangan bo’lsada, orasida raqamlar va belgidan (podchyorkivaniye) iborat bo’lishi mumkin. Lekin ularning orasiga maxsus belgilar, masalan +, -, *, / va boshqalarni qo’yish mumkin emas.
MATLAB ingliz tilidagi dasturiy kompleks bo’lib izohlar, o’zgaruvchilarning nomlari turlicha belgilar bo’lmasligi shart hamda m-fayllar rus harflari yordamida terilgan dasturlar ishlamaydi.
O’zgaruvchilarni workspace oynasidan tozalash uchun clear buyrug’idan foydalaniladi, masalan:

  • clear — hamma o’zgaruvchilarni o’chiradi;

  • clear x — faqat x o’zgaruvchini o’chiradi;

  • clear a, b, s — faqat a, b, s o’zgaruvchilarni o’chiradi.

Bundan tashqari Command Window oynasini tozalash uchun clc buyrug’i ishlatiladi.
MATLABda ma’lumotlar ustida bajariladigan ma’lum bir amalni bajarish uchun ishlatiladigan belgi operator deyiladi. Masalan, oddiy arifmetik amallar +, -, *, / - operatorlarga misol bo’ladi. Bu amallar (1*1) o’lchovlidan yuqori bo’lgan matrisalar ustida bajarilsa va natija ham matrisa bo’lsa, u holda amallar elementlararo bajariladi va * amali. *, / esa./, /. kabi belgilab amalga oshiriladi.
Misol.
>> x= [2 4 6 8]
x= 2 4 6 8
>> u= [1 2 3 4]
u= 1 2 3 4
>> x/u
ans= 2
>> x.*u
ans= 2 8 18 32
>> x./u
ans= 2 2 2 2.
Shuni ta’kidlash o’rinliki, ko’paytirish operatori * va bo’lish operatori / ikkita ko’p o’lchamli massivlar, vektorlar yoki matrisalarning ko’paytmasi va bo’linmasini hisoblaydi. Qator maxsus operatorlar ham mavjud, masalan, \ operatori o’ngdan chapga bo’lishni, .* va ./ operatorlar esa massivlarni elementlararo ko’paytirish va elementlararo bo’lishni ifodalaydi.
Yuqorida aytilganlarni vektorlar misolida ko’raylik:

Ayrim hollarda tartibga solingan sonlar ketma-ketliklarini formatlash talab qilinadi. Bunday ketma-ketliklar vektorlarni yoki grafiklarni qurish vaqtida abssissalarning qiymatlarini hosil qilish uchun zarur bo’ladi. Sonlar ketma-ketliklarini formatlash uchun MATLAB tizimida: (ikki nuqta) operatori ishlatiladi. Quyida ikki nuqta (:) operatorining qo’llanilishi bo’yicha misollar berilgan.
Misol. Matrisa ustida amallar quyidagicha bajariladi. Misol uchun matrisani vektorga ko’paytmasi (2.4-rasm):

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə