2 – ma’ruza mavzu: Nerv tizimining tuzilishi, funksiyalari va yoshga bog‘liq xususiyatlari. Oliy nerv faoliyati. Bolaning rivojlanishi jarayonida uning shakllanishi



Yüklə 147 Kb.
səhifə6/8
tarix04.05.2023
ölçüsü147 Kb.
#108514
1   2   3   4   5   6   7   8
2 – ma’ruza mavzu Nerv tizimining tuzilishi, funksiyalari va yo

Shartli va shartsiz reflekslar. Nerv tizimining faoliyati reflektor printsipida amalga oshadi. Refleks tashqi va ichki muhit ta‘siriga organizmning nerv sistemasi orqali yuzaga keladigan javob reaktsiyasidir. Refleks terminini fiziologiya, faniga chex olimi Proxaski kiritgan. Reflekslar ikki xil bo’ladi: shartli va shartsiz.
Shartsiz reflekslar tug’madir, uning hosil bo’lishida markaziy nerv tizimining pastki qismlari, ya‘ni orqa, uzunchoq, o’rta, oraliq, miyadagi nerv markazlari ishtirok etadi. Bu reflekslar odam organizmidagi muhim xayotiy, jarayonlarni ta‘minlashga. qaratilgan. Masalan ovqatni chaynash, emish, yutish, xazm qilish, siydik ajratish, nafas olish, qon aylanishi va boshqalar. Shartsiz reflekslar doimiy, odam xayoti davomida o’zgarmaydi. Bu reflekslar nasldan-naslga o’tadi.
Shartli reflekslar. Shartli reflekslar odam hayoti davomida hosil bo’lib, uning markazi bosh miya katta yarim sharlari pustlog’ida joylashgan. Shartli reflekslarning nerv yo’llari tarbiya, bilim olish, hunar o’rganish va boshqa xayotiy tajribalar asosida hosil bo’ladi. Muayyan refleks uzoq vaqt takrorlanmasa bu shartli refleks sunadi. Shartli refleks shartsiz refleks asosida hosil bo’ladi. Shartli refleks hosil bo’lishi uchun oldin shartli ta‘sirlovchi ketidan shartsiz ta‘sirlovchi ta‘sir etishi kerak. Shartli reflekslar hosil bo’lishi uchun quyidagilar zurur: 1) befarq-shartli ta‘sir 2) shartli ta‘sir shartsiz ta‘sirdan oldin kelishi va shartsiz ta‘sir qila boshlagandan keyin ham birmuncha vaqt ta‘sir ko’rsatib turishi kerak 3) shartli va shartsiz ta‘sirlar shu tariqa birga qo’llanilishi kerak. Shartli ta‘sir shartsiz ta‘sir bilan quvvatlanib turilmasa, shartli refleks hosil bo’lmasligi mumkin. Hayot mobaynida ba‘zi shartli reflekslar so’nib, yangilar paydo bo’lib turadi. Masalan bola tug’ilganda 7-8 marta emsa, katta odam 3-4 mahal ovqatlanadi. Refleks bosib utgam yo’lga reflektor yoyi deyiladi. U quyidagilardan tashkil topgan: retseptor (nerv uchi), markazga intiluvchi nerv ya‘ni afferent nerv; nerv markazi (orqa yoki bosh miya), markazdan qochuvchi, ya‘ni efferent nerv va ish bajaruvchi organ yoki effektordan iborat. Retseptorlar joylashishiga qarab tashqi -eksteroretseptorlar va ichki-interoretseptorlarga bo’linadi. Ekstroretseptorlarga teri, ko’z, quloq, xid bilish, ta‘m bilish organlarida joylashgan retseptorlar kiradi. Ular tashqi ta‘sirni qabul qiladi. Interoretseptorlar esa ichki organlarda joylashgan, ular organizmning o’zida hosil bo’lgan ta‘sirni qabul qiladi. Progrioretseptorlar muskullar, paylar va bo’g’imlarda joylashgan retseptorlardir. Shartli reflekslar hosil qilishda chamalash refleksining ahamiyati juda katta, bu refleksni I.P. Pavlov «Nima degan?» deb atagan. Chamalash refleksi turlicha namoyon bo’ladi. Tashqi muxitning bir oz o’zgarishi bosh, ko’z, quloq butun gavdani ta‘sir berilgan tomonga qarab aylantiruvchi muskullar harakatini paydo qiladi. Chamalash refleksi murakkab reaktsiya hisoblanadi, u komponentlarni yagona bir tizimga birlashtiruvchi omildir.
SHartli ta‘sirlovchini shartsiz ta‘sirlovchi bilan mustaxkamlab, hosil qilingan shartli refleks birinchi tartib-shartli refleks deyiladi. Ana shu shartli refleks asosida yangi shartli refleks hosil qilish mumkin. Bu hosil qilingan shartli refleks ikkinchi tartib shartli refleks deyiladi. Masalan, itda lampochka yoqib, so’lak ajralishiga shartli refleks hosil qilinsa, unga qo’shimcha ravishda qo’ngiroq chalib, yangi shartli refleks hosil qilish mumkin. Vaqtga aloqador shartli reflekslar. Muayyan oraliqda ham shartli tasir paydo bo’lib qolishi mumkin. Bolani har 3-4 soatda ovqatlantirib turilsa, bir necha marta ovqatlanganidan so’ng unda shu paqtda ovkatlanish shartli refleksi paydo bo’ladi. Kun tartibi xususida ham shuni aytish mumkin. Dars tugashiga 1-2 minut qolganda bolalarning diqkati bor oz susayadi. Bunga vaqtga aloqador shartli refleks sababchidir. Makgab yoshidagi bolalarda ularning malum vaqtda uxlashi, uyg’onishi, dars tayyorlashi, ovqatlanishi kabi vaqtga aloqador shartli reflekslarni ko’rish mumkin.
Iz qoldiruvchi shartli reflekslar. Iz qoldiruvchi shartli reflekslar shartli tasirlovchilardan so’ng miya yarim sharlari pustlog’i xujayralarida qolgan iz hisobiga vujudga keladi. O’quvchiga malum vazifa topshirilganda u bu vazifani o’z vaqtida olib kelib topshirishi mazkur refleksga misol bo’la oladi.

Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə