2 – mavzu: falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: sharq falsafasi qadimgi Misrdagi falsafiy qarashlar



Yüklə 34,32 Kb.
səhifə2/9
tarix10.04.2023
ölçüsü34,32 Kb.
#104982
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-MAVZU TARQATMA

Qadimgi Hindiston falsafasi
Falsafiy fikrlar, yaxlit ѐki sistemali bir dunѐqarash sifatida keyinchalik, miloddan avvalgi II asrning oxiri va I asrning boshlarida Qadimgi Hindiston mamlakatlarida yuzaga keldi. Bu vaqtlarda Hindiston madaniy ma’naviy jihatdan nihoyatda rivojlangan mamlakat edi.
Hindistonning qadimiy dini, falsafiy merosi, madaniyati ravnaqi uning ѐzma ѐdgorliklarida, asosan vedalarda (bilimlar diniy gimnlar, qo‘shiqlar to‘plamida) o‘z ifodasini topgan. Vedalar (samxitlar)ning eng muhimi Rigveda (xudolarga madhiya) bo‘lib, u miloddan avvalgi VI – asda yaratilgan qolganlari esa Yajurveda (qurbonlik qilish paytida aytiladigan ifodalar va hikmatli so‘zlar), Samaveda (kuylar, ashulalar, hamdu sano) va Atxarvavedalardan (afsunlar) iborat.
Qadimgi Hind falsafiy maktablari ikki guruhga bo‘linadi.
Hindistonlik faylasuflar bu guruhlarni astika va nastika deb ataydi. Vedanta, sankxya, yoga, vaysheshika, n’yaya va mimansa-astika guruhiga kiruvchi falsafiy maktablar. Ushbu maktablarning tarafdorlari “Veda” ning muqaddasligini tan olib, birdan-bir xaqiqat undagina ifodalangan, deyishadi.
Sankxya ta’lim beradiki, dunѐning birinchi moddiy sababi bo‘lgan –prakriti mavjuddir. His-tuyg‘u orqali qabul qilinadigan prakritining dunѐviy mavjudotlarga aylanganligi quyidagi uch sifatiy unsurlar ta’siri ostida ro‘y beradi: rajas (intilish), tamas (qorong‘ulik) va sattva (oydinlik). Har bir ashѐda, uning xususiyatiga ko‘ra, ushbu uch unsurlardan biri ustunlik qiladi.
Yoga ruhiy tushunchalarni tadqiq qilish va amaliy ruhiy ta’limga urg‘u beradi; ko‘pincha ilgari mavjud bo‘lgan turli tizimlarning meditatsiya (karaxtlik) holati haqidagi qoidalardan kelib chiqadi.
Vaysheshika doimiy o‘zgarishlar, abadiy va davriy paydo bo‘lish va zavol topish jaraѐnlari mavjudligiga asoslanadi. Biroq, bu jaraѐnda turg‘un unsur bo‘lgan atom ham bor. Atomlar abadiy bo‘lib, zavol topmaydilar, ular hech kim tomonidan yaratilgan emaslar. Atomlarning vaqtinchalik qo‘shilishlaridan bizning his-tuyg‘ularimizga yetib kelishi mumkin bo‘lgan jonli va jonsiz ashѐlar paydo bo‘ladilar.
Nyaya maktabi Vaysheshika bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, unda asosiy e’tibor mantiq va bilish nazariyasi masalalariga qaratiladi, jumladan, his-tuyg‘u ishonchli, haqiqiy bilim vositasi bo‘lib, xulosaga olib keladi. Xulosa esa qiѐs vositasida chiqariladi.
Mimansa Vedalarga qaytishni e’lon qiladi. Bu ta’limotga binoan sansara yo‘lidan qutilishning yagona chorasi Vedalar nimadan ta’lim bergan bo‘lsa, o‘shalarni izchil bajarishdir.
Vedantaning falsafiy mazmuni uning o‘z nomida ifodalangan («Vedanta» aynan «Vedalar xotimasi» degan ma’noni anglatadi). Vedanta dunѐ barcha narsalar undan kelib chiqadigan yagona voqeylik bilan moddiy kuchlarning o‘zaro ta’sirining mahsulidir, deb biluvchi qoidani rad etadi. U braxmani tan olib, uni dunѐning mutlaq ruhiy mohiyati sifatida tushunadi.

Yüklə 34,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə