2 – mavzu: falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: sharq falsafasi qadimgi Misrdagi falsafiy qarashlar


O‘rta asr G‘arb falsafasi rivojining asosiy bosqichlari: patristika, sxolastika, apologetika



Yüklə 34,32 Kb.
səhifə7/9
tarix10.04.2023
ölçüsü34,32 Kb.
#104982
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-MAVZU TARQATMA

O‘rta asr G‘arb falsafasi rivojining asosiy bosqichlari: patristika, sxolastika, apologetika
529 yilda Vizantiya imperatori Yustinian farmoniga binoan Afinadagi Aflotun Akademiyasi bekitildi. Qadimgi dunѐ falsafasi o‘zining ming yillik mavjudligini to‘xtatdi.
Apologetika orqasidan xristian mafkurachilarining asarlari bo‘lgan patristika paydo bo‘ldiki, uning mualliflari bid’atchilarga qarshi kurashga katta hissa qo‘shganliklari uchun avliѐlik darajasiga ko‘tarildilar va cherkov otalari deb ataldilar. «Cherkov otalari» ning eng yirigi Avreliy Avgustin (354-430) edi. Avgustin falsafasining markazida Xudo turadi. Xudo oliy mohiyat bo‘lib, eng oliy ezgulikdir.
Ma’jusiylik dini va falsafasi, hamda bid’atchilarning adashishlariga qarshi kurashiga apologetlar (yunoncha apologiya-himoya) deb atalgan qadimgi antik davrning keyingi xristian ѐzuvchilari bel bog‘ladilar. Apologetlarning eng ko‘zga ko‘ringan vakili Kvint Tertullian (160-220) edi. Falsafa va xristianlikni bir biriga to‘g‘ri kelmasligiga dalillar keltirib, u shundan kelib chiqdiki, xristianlik falsafiy asosga ehtiѐji yuq.
Petr Domianining o‘tkir ifodasicha, falsafa - «ilohiyatning xizmatkori» deb e’lon qilingan edi. Bu shuni bildirar ediki, falsafa o‘zining butun qudratli dastgohi bilan xristianlikning diniy aqidalarini tasdiqlash uchun xizmat qilishi lozim edi. Ana shunday falsafa «sxolastika» (lotincha-maktab ѐki olim) nomini oldi.
Sxolastikaga Akvinalik Foma (1225-1274) muhim hissa qo‘shdi. U o‘ziga maqsad qilib xristianlik aqidalarini aqlga muvofiq ravishda ishlab chiqishga bel bog‘ladi. Akvinalik Foma nuqtai nazaricha shaklning birinchi qoidasi va moddaning qo‘shilishidan tug‘iladi. Insonning ruhi esa, shakl tashkil qiluvchi qoida bo‘lib, o‘zining yakka tarzda namoѐn bo‘lishini faqat badan bilan qo‘shilgan holatdagina qo‘lga kiritadi.
G‘oyaviylik va moddiylik haqidagi eng keskin bahs realistlar (lot. realis– haqiqiy, ashѐviy) va nominalistlar (lot. nomen–ism, nom) o‘rtasidagi mashhur munozarada namoѐn bo‘ldi. Gap universaliy (lot. - umumiy) umumiy ѐki tur deb atalgan tushunchalarining tabiati haqida borar edi.

Yüklə 34,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə