2 – mavzu: falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: sharq falsafasi qadimgi Misrdagi falsafiy qarashlar



Yüklə 34,32 Kb.
səhifə9/9
tarix10.04.2023
ölçüsü34,32 Kb.
#104982
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-MAVZU TARQATMA

XVIII asr fransuz materializmi XVIII asrda Fransiyada falsafiy taraqqiѐt Ma’rifatchilik panohida amalga oshirildi. Barcha ijodiy fikrlovchi fransuz faylasuflari amalda ma’rifatparvarlar edilar. Ularning mashhur vakillari orasida Volter, Russo, Didro, Lametri, Gelvetsiy va Golbax bor edi. Fransiyada ma’rifatparvarlarga e’tiroz bildiruvchi sifatida ilohiѐtchilar chiqdilar.
Didro nuqtai nazaricha, tabiat (materiya) barcha narsalarning sababi bo‘lib, o‘z o‘zicha yashaydi, abadiy mavjud bo‘ladi, negaki, u o‘zining sababidir. Ayrim olingan kishiga nisbatan modda shunday narsadirki, his - tuyg‘u a’zolariga qandaydir tarzda ta’sir o‘tkazadi; moddiy jismlar esa atomlardan tashkil topgandir.
Ma’rifatparvarlar o‘zlarining birinchi navbatdagi vazifalaridan biri sifatida davlat hokimiyatini dunѐviylashtirish, ya’ni cherkovni davlatdan ajratishni maqsad qilib qo‘ygan edilar. Ular cherkovlar va diniy mazhablar faoliyati ustidan davlat nazoratini o‘rnatishni nazarda tutar edilarki, toki ular diniy taassub va dushmanlik urug‘ini sochish bilan shug‘ullanmay, fuqarolik qonunlariga og‘ishmay amal qilsinlar. Ma’rifatparvarlar insonni boshqatdan tarbiyalab, undagi ijobiy tomonlarni rivojlantirishga va pirovardida, atrofdagilarni, avvalo ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirishga urindilar.
XVIII asr oxiri– XIX asr boshlarida nemis mumtoz falsafasi
Nemis mumtoz falsafasi I.Kant, I. Fixte, F.Shelling, G.Xegel va L.Feyerbax kabi shaxslar nomi bilan bog‘liqdir.
Nemis mumtoz idealizmining asoschisi Immanuil Kant (1724-1804) ning ilmiy tabitashunoslik sohasidagi kashfiѐti uning zamondagi tabitashunoslik qoidasini faqat Koinot tuzilishigagina emas, balki uning kelib chiqishi va rivojiga nisbatan ham qo‘llashga birinchi urinish edi. Kantning xizmatlaridan yana biri uning hayvonlarni ehtimol tutilgan kelib chiqishining tartib bilan taqsimlanishi haqidagi g‘oyasi va insonlarning irqiy jihatdan tabiiy kelib chiqishi to‘g‘risidagi nazariyasi edi.
Nemis falsafasi o‘z rivojining cho‘qqisiga Xegel (1770-1831) ijodida erishdi. Xegel dialektikaning qonunlari va kategoriyalari haqidagi ta’limotni rivojlantirib, birinchi marta dialektik mantiqning asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va o‘sha davrdagi ta’limotlarda hukm surgan metafizik ong usulini tanqid ostiga oldi.
Lyudvig Feyerbax (1804-1872) moddiyunchilik nuqtai nazaridan Xegel falsafasini jiddiy va har tomonlama tanqid ostiga olgan birinchi faylasufdir. Falsafa mavzusini ifodalab, Feyerbax shunday qarorga keladiki, uning diqqat markazida inson turmog‘i lozim.
Zamonaviy G‘arb falsafasining asosiy namoѐndalari va yo‘nalishlari Hozirgi zamon G‘arb falsafasining eng asosiy tamoyillari umuminsoniylikning ustuvorligi, uning milliylik bilan uyg‘unligi, demokratik erkinliklar, inson qadri, biror ta’limotni mutlaqlashtirmaslikdir. Bag‘rikenglik va tolerantlik hozirgi falsafiy ta’limotlar rang – barangligini ta’minlaydi.
«Ijobiy» bilimlar bayrog‘i ostida maydonga chiqqan XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrda g‘arb falsafasida eng ko‘p darajada tarqalgan oqimlardan biri - pozitivizm edi. Pozitivizmning asoschisi fransuz faylasufi va jamiyatshunosi Ogyust Kont (17981857) edi. Kontning asosiy asarlari – «Ijobiy falsafa kursi» (6 jildlik) va «Ijobiy falsafaning ruhi» deb ataladi.
Yangi pozitivizm (neopozitivizm) ѐki mantiqiy empirizm – XX asr falsafasida eng ko‘zga ko‘ringan oqimlardan biridir. U pozitivizm rivojida uchinchi bosqichdir. Falsafiy oqim sifatida yangi pozitivizm Vena to‘garagi asosida 20-nchi 30-nchi yillarda shakllandi. Yangi pozitivizmning asosiy vakillari – L.Vitgenshteyn (1889-1951), M. Shlik (1882-1936), R.Karnap (1891-1970), O.Neyrat (1882-1945), G.Reyxenbax (1891-1953), B.Rassel (1872-1970), A.Ayer (1910-1989) va boshqalar edilar.
Yüklə 34,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə