2 – mavzu: falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: sharq falsafasi qadimgi Misrdagi falsafiy qarashlar


Chorvaka – lokayata, buddizm va jaynizm-nastika guruhiga kiradi



Yüklə 34,32 Kb.
səhifə3/9
tarix10.04.2023
ölçüsü34,32 Kb.
#104982
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-MAVZU TARQATMA

Chorvaka – lokayata, buddizm va jaynizm-nastika guruhiga kiradi.
Chorvaka – lokayata tarafdorlari materialistik ta’limotni ilgari surganlari uchun “Veda” ning muqaddasligini tan olishmaydi. Ular olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, “Veda” haqiqiy bilim bermaydi, deb ta’kidlashadi.
Qadimgi Hindistonning moddiyuncha falsafiy maktablari orasida eng mashhuri lokayata («bu dunѐga yo‘nalish») ta’limotidir. Lokayatlar ѐki chorvoqlar maktabining asoschisi qadimgi dunѐ donishmand Brixaspatidir. Lokayatlar ta’limotiga ko‘ra, inson to‘rt moddiy unsur – tuproq, suv, olov va havodan tashkil topgandir. Ular bir-biri bilan qo‘shilib badan, his-tuyg‘u a’zolarini shakllantiradi va ular asosida ruhiy ibtido kelib chiqadi.
Buddaviylik markazida to‘rt xaqiqat ѐtadi.
Ularga binoan insonning mavjudligi azob-uqubat bilan chambarchas bog‘liq. Tug‘ilish, kasallik, qarilik, o‘lim, ko‘ngilsiz narsalar bilan to‘qnashuv va ѐqimli narsalardan judo bo‘lish, orzudagi narsaga erishib bo‘lmasligi – bularning hammasi jafo chekishga olib keladi. Azob-uqubatning sababi quvonch va ehtiroslar orqali o‘zgarishlarga, qayta tug‘ilishga olib boruvchi ishtiѐq (trshna)dir. Azob-uqubat sababini bartaraf qilish ana shu ishtiѐqqa barham berishda ѐtadi. Azob-uqubatga chek qo‘yishga olib boriladigan yo‘l, ya’ni xayrli sakkiz o‘lchovli yo‘l bo‘lib, to‘g‘ri hukm yuritish, to‘g‘ri qaror qabul qilish, to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri haѐtiy yo‘l tutish, to‘g‘ri niyat va orzu, to‘g‘ri diqqat-e’tibor va to‘g‘ri razm solmoqlikda o‘z ifodasini topadi. Hissiy lazzat olishga bag‘ishlangan umr ham, tarki dunѐchilik va o‘z-o‘zini qiynashga qaratilgan yo‘l ham rad etiladi.
Jaynistlar ta’limoti sa’naviyat (dualizm)ni e’lon qildi. Inson mohiyati ikki xil moddiy (adjiva) va ruhiy (jiva) bo‘lib, ularni bog‘lab turuvchi halqa nozik modda tariqasida tushuniladigan karma bo‘lib, ruhni qo‘pol modda bilan qo‘shilishiga imkon beradi.
Qadimgi Xitoy falsafasi
Xitoy falsafasining manbalari – “Bilim darajasining mumtoz kitoblari”da ѐritilgan. “Ashulalar kitobi” (er. oldingi XI-VI asrrlar) xalq she’riyatining to‘plamidir; “Tarix kitobi” (er.ol. 1-nchi mingyillikning boshlari) – rasmiy hujjatlar to‘plami bo‘lib, tarixiy voqealar baѐnidir; “Tartib kitobi” (er.ol. IV-I asrlar) siѐsiy va diniy rasm-rusumlarni, ijtimoiy va siѐsiy faoliyat me’ѐrlarini tasvirlaydi. “Bahor va kuz kitobi” (er.ol. VII-IV asrlar) axloqiy va rasmiy - adabiy masalalarni hal etish uchun namuna sifatida xizmat qildi.
Xitoy falsafasi o‘zining gullab-yashnagan vaqtiga «urushuvchi davlatlar» deb atalgan davrda erishdiki, uni Xitoy falsafasining «oltin davri» (er.av. VI-III asrlar) deb atadilar. Asosiy falsafiy yo‘nalishlar quyidagilardan iborat edi: in-yan, konfutsiychilik, daosizm, ismlar maktabi, moizm, legizm.
Falsafa taraqqiѐti nuqtai nazaridan “O‘zgarishlar kitobi” (er.ol. XII-VI asrlar) eng muhimdir. Uning matnlarida afsonalardan falsafaga o‘tish boshlanganligini mushohada etish mumkin. “O‘zgarishlar kitobi”ning eng muhim qismlaridan biri – In va Yan unsurlari haqidagi ta’limotdir. Yan qandaydir faol, barcha narsalarning ichiga kirib boruvchi, ashѐlarni bilish yo‘lini ѐrituvchi narsa sifatida ifoda qilinadi; In uchun kutib turuvchi faoliyatsizlik o‘rin ajratilgan, negaki, u qorong‘ilik ibtidosidir. In va Yanning harakati – yagona narsada yuz beradigan o‘zgarishlarning dialektik harakatidir. In va Yanning o‘zaro bir-biriga kirishidan ularning o‘zaro ta’sirini aks ettiruvchi bir qator tushunchalar paydo bo‘ladi.
Konfutsiychilik axloqiy qoidalar va ijtimoiy boshqaruv masalalariga diqqate’tiborni qaratdi. Konfutsiychilik uchun eng mukammal namuna o‘tmish edi. Konfutsiy (er.ol. 551-449 yy.) o‘zi haqida shunday degan edi: «Eskini baѐn qilaman va yangini yaratmayman». Kanfutsiy fikricha, olamni osmon boshqaradi. Osmon irodasi-taqdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon hukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat haѐtidagi tartibga qattiq amal qilish talab etiladi.

Yüklə 34,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə