2 – mavzu: falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: sharq falsafasi qadimgi Misrdagi falsafiy qarashlar


Tartib – insoniyat jamoasining eng oliy, haѐtiy qadriyatlardan biridir. Daosizm asos e’tibori bilan miloddan avvalgi VI asrda vujudga keldi



Yüklə 34,32 Kb.
səhifə4/9
tarix10.04.2023
ölçüsü34,32 Kb.
#104982
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-MAVZU TARQATMA

Tartib – insoniyat jamoasining eng oliy, haѐtiy qadriyatlardan biridir.
Daosizm asos e’tibori bilan miloddan avvalgi VI asrda vujudga keldi.
Bu falsafiy oqimning g‘oyalari «Dao de szin» kitobida e’tirof etiladi. Bu oqimning asoschisi bo‘lgan Lao – Szi ( miloddan avvalgi 604 y.t)ning xizmatlari juda ulug‘dir. Bu mutafakkir va uning shogirdlari ta’kidlaydilar-ki, tuman ѐki gazsimon holatdagi boshlangich materiya- Si umumiy qonun – Dao bilan birgalikda dunѐning asosini tashkil etadi.
Ismlar maktabi voqeylikni til ifodasi masalalari orqali hal qilishga yo‘naltirilgan edi. U ashѐlar munosabati va shu munosabatlarning o‘zini tadqiq etdi, so‘ngra esa hukmlar va ismlarning bir-biriga muvofiq kelishligini tekshirdi.
Moistlar maktabi o‘z ismini uning asoschisi Mo-szi (er.ol. 479-431) nomidan olgan. Unda asosiy e’tibor ijtimoiy axloq muammolariga qaratilgan bo‘lib, uni amalga oshirish istibdodiy hokimiyat boshlig‘ining qat’iy tashkilotchiligi vositasida namoѐn bo‘lishi bilan bog‘lanadi. Jamiyatdagi barcha odamlar uchun majburiyat sifatida umumiy o‘zaro insonparvarlik me’ѐri tavsiya etiladi, barcha kishilar bir-birlariga foyda keltirish haqida g‘amxo‘rlik qilishlari lozim. Nazariy tadqiqotlar-foydasiz ortiqcha hashamat; mehnat faoliyatida ko‘zda tutilgan amaliy maqsadga muvofiqlik - zaruriyatdir.
Legizm – o‘z e’tiborini ijtimoiy-siѐsiy masalalar, ijtimoiy nazariya va davlat boshqaruvi muammolariga qaratgan ta’limotdir.
Markaziy Osiyodagi qadimgi falsafiy qarashlar
Eramizdan oldingi I-ming yillikda Markaziy Osiѐ hududida saklar va masaget qabilalari yashar edilar. Xalq og‘zaki ijodining eng ilk ѐdgorliklari sak va massagetlarning qahramonlik haqidagi qissalari bo‘lib, ular asosida Markaziy Osiѐ xalqlarining vatanparvarlik kurashlari ѐtar edi. Ushbu doston qahramonlarining bosh xususiyatlari – vatanparvarlik, jasorat va sadoqat edi. Bu dostonlarning qahramonlari – malika Zarina - jangovar kurashchi va shaharlar bunѐdkori; malika Sparetra qo‘shin to‘plab, jangda fors davlatining asoschisi Kir ustidan g‘alaba qozonib, o‘z erini asirlikdan ozod qilgan; malika To‘maris – u bilan bo‘lgan jangda Kir qo‘shinlari mag‘lub bo‘lib, uning o‘zi halok bo‘lgan; Doro qo‘shinlarini hiyla bilan sahroga olib borgan cho‘pon Shiroq o‘ldiriladi, ammo o‘z haѐti evaziga uning xalqi o‘z ozodligini saqlab qoladi.

Yüklə 34,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə