2 – mavzu: falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: sharq falsafasi qadimgi Misrdagi falsafiy qarashlar


G‘ARB MUTAFAKKIRLARI IJODIDA OLAM VA ODAM MUAMMOSI



Yüklə 34,32 Kb.
səhifə6/9
tarix10.04.2023
ölçüsü34,32 Kb.
#104982
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-MAVZU TARQATMA

G‘ARB MUTAFAKKIRLARI IJODIDA OLAM VA ODAM MUAMMOSI

Qadimgi Yunon falsafasinig shakllanishi, uning komotsentrik xususiyati.
Antik fikrning asosiy kategoriyalari: Koinot, Tabiat, Logos, Eydos, Ruh
Qadimgi yunon falsafasini naturfalsafiy, mumtoz va ellinizm davrlariga bo‘lish mumkin. Naturfalsafiy davrda yunon falsafasi oldida olamning yaxlit kosmologik-ontologik manzarasini yaratish vazifasi turgan. Yunon mutafakkirlari borliqda mavjud turli-tuman hodisalarni yagona asosga – substansiyaga keltirish yo‘li bilan hal etishga urinishgan.
Naturfalsafiy davr (er.ol. VI asr) Ioniya naturfalsafasi deb atalgan maktabning vakillari bo‘lgan Tolis (Fales), Anaksimandr va Anaksimenlar bilan boshlanadi. Ularning har uchalasi Kichik Osiѐdagi yunon shahar-davlati bo‘lgan Milet shahrida tug‘ilgan edi. Miletlik mutafakkirlar birinchi bo‘lib Koinotni uyg‘un ravishda tuzilgan, o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi va o‘zi tomonidan boshqariladigan tizim sifatida tasvirlashga urindilar. Olam hech qanday xudolar va hech qanday odamlar tomonidan yaratilgan emas. U doimo mavjud bo‘lishi lozim. Uni boshqaraѐtgan qonunlarni inson tushunib yetishi mumkin. Ularda hech qanday tushunib bo‘lmaydigan, sirli narsa yo‘q. Shunday qilib, dunѐni diniy-afsonaviy tushunish yo‘lidan uni inson aqli vositasida tushunishga hal qiluvchi qadam qo‘yildi.
Miletdan keyingi Ioniya falsafasining markazi, faylasuf Geraklit (mil. avv. 530—470 yy.) ning vatani Efes shahri edi. Dunѐning birlamchi unsurini Geraklit olovda ko‘rdi.
Pifagor ( er. avv. 580— 570 yy.) va uning izdoshlari matematik hisob-kitoblar bilan qiziqishar, sonlar va raqamlar birikmasini sirli ruhda talqin qilar edilar.
Eleatchilardan bo‘lgan Ksenofan (er. avv. 570- 478 yy.), Parmenid (er. avv. 540— 480 yy.) va Zenon (er. avv. 490—430 yy.)lar butun e’tiborni aynan ana shu barqarorlik lahzasiga qaratdilar.
Qadimgi Yunonistonning moddiyunchilik qarashlari o‘zining eng gullab-yashnagan davriga Miletlik Levkipp (er. avv.500-440yy.) va Abderlik Demokrit (er. avv.460-330 yy.) ta’limotlarida erishdi. Levkipp atomistik falsafaga asos soldi. Uning shogirdi
Demokrit uni kengaytirib, sayqallashtirdi va har tomonlama umumiy falsafiy tizim yaratdi.
Sofistlar harakatining paydo bo‘lishi jamiyat tarkibining murakkablashishi bilan bog‘liq bo‘lib, kasbi siѐsiy faoliyat bilan shug‘ullanish bo‘lgan toifaning ko‘payishi, muvaffaqiyatli siѐsiy faoliyat olib borish uchun zarur bo‘lgan muayyan bilimlar hajmining oshishi bilan ifodalanar edi.
Sofistlar ta’limotining eng mashhur vakillari Abder shahridan bo‘lgan Protagor (er.avv. 485— 410 yy.) va Leontinlik Gorgiy (er.avv. 483 — 380 yy.) edilar. Protagor barcha hodisalar va idrokning nisbiyligi va ularning muqarrar ravishda sub’ektivligi (bir taraflama ekanligi) haqidagi qoidani oldingi surdi («inson barcha ashѐlarning mezonidir»).
Afinada sofistlarning murosasiz dushmani sifatida Suqrot (er.ol. 470-399 yy.) maydonga chiqdi. U sofistlarga qarshi o‘laroq, baribir xaqiqat mavjud va u bahsda topilishi mumkin, degan fikrda edi. Suqrotning kuchi bahs yuritish sohasida u ishlab chiqqan usulda ediki, unda bir qator savollar berish yo‘li bilan opponentni o‘z nuqtai nazarini noto‘g‘ri ekanligini tan olishgacha olib borib, so‘ngra shu usulning o‘zi bilan o‘z qarashlarining adolatliligini isbot qilar edi.
Aflotun (er.ol. 427-347yy.) Afinadagi aslzodalar urug‘iga mansub edi. «Davlat» va «Qonunlar» degan risolalarida Aflotun orzudagidek polis (shahardavlat)namunasini yaratdiki, unda tabaqalarga bo‘linganlik tizimi o‘zining quyi tabaqalar faoliyati ustidan jamiyat yuqori tabaqalarining qat’iy nazorati o‘rnatilishi orqali sinchkovlik bilan ishlab chiqilgan edi.
Arastu (er.ol. 384-322 yy.) tarixga ensiklopedik olim sifatida kirdi. Uning merosi eramizdan oldingi IV asrgacha yunon fani to‘plagan haqiqiy bilimlar majmuasi edi.
Eramizdan oldingi IV asrdaѐq mavjud bo‘lgan va polis mafkurasining inqirozi tufayli vujudga kelgan kiniklar va skeptiklar oqimining ta’siri oshib boradi. Biroq ellinistik dunѐda eng mashhur bo‘lgan voqea eramizdan oldingi IV va III asrlar bo‘sag‘asida paydo bo‘lgan ravoqiylar va epikurchilar ta’limoti edi.
Eramizdan oldingi 302-yilda Afinada Qibrisning Kition shahridan bo‘lgan Zenon (er.ol 336-264yy.) tomonidan asos solingan ravoqiylar maktabiga Sol shahridan bo‘lgan Xrasipp (er.ol. III asr), Rodoslik Panetiy (er.ol. II asr) va boshqa faylasuflar mansub edilar. Ravoqiylar insonning axloqiy muammolariga alohida diqqat-e’tibor qaratdilar. Ularning maqsadi polis tuzumining inqirozi, to‘xtovsiz harbiy va ijtimoiy nizolar, alohida shaxsning jamiyat bilan aloqalari sustlashgan sharoitda axloqiy-falsafiy tayanch topish edi.
Epikur (er avv. 341 – 270 yy.) falsafasi Demokrit moddiyunchiligi taraqqiѐtida oldinga qo‘yilgan qadam edi. Uning atomlar haqidagi ta’limotini qabul qilgan Epikur atomlarning to‘g‘ri chiziqlik harakatdan ichki ta’sir natijasida chetga og‘ishi haqidagi taxminni o‘rtaga qo‘ydi. Bu bilan u qonuniylik bilan tasodifiylik uyg‘unligi muammosini oldinga surdi. Uning falsafasida inson markaziy o‘rinda turadi.
Antisfen (er. avv. 444- 370 yy.) va keyinroq Sinoplik Diogen (er. avv. 400-325 yy.) tomonidan ishlab chiqilgan edi. Kiniklar o‘zlarini polis tartiblari va haѐtning an’anaviy shakllariga qarshi qo‘yib, ehtiѐjlarni chegaralashni ta’lim berdilar. Ular fikricha, to‘g‘ri xulq-atvorning asoslarini hayvonlar haѐti va kishilik jamiyatining ilk bosqichlaridan qidirmoq lozim.

Yüklə 34,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə