2 – mavzu: falsafiy tafakkur taraqqiyot bosqichlari: sharq falsafasi qadimgi Misrdagi falsafiy qarashlar


«Avesto» va zardo‘shtiylikning asosiy g‘oyalari



Yüklə 34,32 Kb.
səhifə5/9
tarix10.04.2023
ölçüsü34,32 Kb.
#104982
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-MAVZU TARQATMA

«Avesto» va zardo‘shtiylikning asosiy g‘oyalari
Eramizdan oldingi VI asrdan boshlab Markaziy Osiѐda Zardushtiylik paydo bo‘lib, eramizning III asrigacha hukmronlik qiladi. Zardushtiylikning vatani sifatida Markaziy Osiѐ (Baqriya, Xorazm) va Eronni (Midiya) ko‘rsatadilar. Zardushtiylikda eng qadimgi davrlardan boshlab (eramizdan oldingi 3-2-nchi mingyilliklar) eramizdan oldingi 1-mingyillik o‘rtalarigacha bo‘lgan Markaziy Osiѐ va Yaqin Sharq xalqlarining diniy tasavvurlari aks etgan.
Avestoning asl Vatani Xorazmdir. Avestoning bizgacha yetib kelgan bo‘limlari 4 ta bulib, ular quyidagilar:
- «Yasna» - qurbonlik kilish, sig‘inish, ibodat kilish to‘g‘risida;
- «Yashta» - hurmatlash ko‘klarga ko‘tarib maqtash to‘g‘risida;
- «Vidovat» - davrlarga qarshi kurash, duolar to‘g‘risida;
- «Visparat» «Yasna» ga qo‘shimcha duo suralari kabi bo‘limlardan iborat. Zikr etilgan bo‘limlar ham o‘z navbatida ko‘plab boblarga bo‘linadi.
Masalan, «Yasna» da 72 ta bob bo‘lgan, uning 17 tasi esa «G‘azallar» ya’ni ko‘shiqlar, qisqartirib berilgan duolar deyilgan. «Avesto» kitobiga binoan, Koinot, yer, okean, osmon, nurli doira va jannatdan iborat. Yer dumaloq bo‘lib, atrofi okean bilan o‘ralgan va obu-havo, yil fasllari bilan bog‘liq bo‘lgan yetti qismdan iboratki, bu bobilliklarning yetti shamollar haqidagi qadimgi tasavvurlaridan iqtibos qilingan. Osmon to‘rt doiradan tashkil topgan: yulduzlar doirasi, oy doirasi, quѐsh doirasi va jannat doirasi ѐki nur makoni. Yulduzlar, Oy va Quѐsh xudo Axura Mazdaning badani sifatida tasvirlanadi. Ular hurmatga sazovor edilar.

Moniylik va mazdakiylik
Zardushtiylik dinidan eramizning II asriga kelib Moniy (216-276) ta’limoti ajralib chiqdi. Uning ta’limoticha, haѐtda dastavval nur dunѐsi- yaxshilik va zulmat dunѐsi-ѐvuzlik bo‘lgan. Ular o‘rtasida abadiy kurash boradi, inson ikki unsurdan (ruhnur farzandi, jism-zulmat mahsuli) iborat. Moniylik xalq ommasi manfaatlarini himoya qiluvchi ta’limot bo‘lganligi sababli hukmron mafkura tazyiqiga uchradi. Moniylik ta’limoti asosida Mazdak (470-529) ta’limoti eramizning V-VI asrlarida yuzaga keldi. Mazdakiylik ijtimoiy tengsizlikni bartaraf etish yo‘lida kurashga davat etuvchi mafkura sifatida xizmat qilgan. Unda ѐvuzlik – boylikka xirs qo‘yish va o‘ta kambag‘allik qoralanadi. Bu insonparvar harakatdan cho‘chigan shoh Mazdakni o‘limga mahkum etadi. Mazdakiylar harakati eramizning VI asrida bostirilganiga qaramay, turli mamlakatlarda davom etdi. Jumladan O‘rta Osiѐda Muqanna, Azarbayjonda Bobak boshchiligida dehqonlar va shahar kambag‘allarining zulmga qarshi kurashlari bunga misol bo‘ladi.

Yüklə 34,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə