2. 8-mavzu: Sport inshootlari va binolari. Sport



Yüklə 418,03 Kb.
səhifə4/4
tarix19.12.2023
ölçüsü418,03 Kb.
#150578
1   2   3   4
2.8-mavzu

13.1-jadval




Sport turi

Uzunligi, m

Eni, m

Balandligi, m

Akrobatika

36

18

6

Badminton

15

8

7

Basketbol

28

16

7

Boks (ring o‘lchamlari 6x6)

18

12

4

Og‘ir atletika

18

9

4

Tennis

36

18

8

Kurash

24

14

4

Qilichbozlik

22

14

4

Voleybol

24

15

8

Badiiy gimnastika

22

15

7

Ta’kidlash zarurki, sport zalining balandligi turtib chiqqan konstruksiyalarning eng pastki qismigacha me’yorlanadi.


Sportchilar uchun yechinish-kiyinish xonalari sport zallari bilan bevosita yoki yo‘lak orqali bog‘langan bo‘lishi zarur.
Sport zali qoshidagi yechinish-kiyinish bloki tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • kiyim almashtirish xonasi – bir sportchi uchun 2 m2;

  • kiyimlarni saqlash uchun garderob – bir sportchi uchun 0,7-0,78 m2;

  • dushxonalar – 7 ta sportchi uchun bitta dush;

  • sanitariya bloklari – bir smenada shug‘ullanuvchi 30 ta ayol uchun bitta unitaz; bir smenada shug‘ullanuvchi 50 ta erkak uchun 1 ta unitaz va 1 ta pissuar;

  • tambur-shlyuz, oyoq vannasi bilan – bir smenada shug‘ullanuvchi 20 sportchi uchun 1 ta vanna, bitta vanna o‘lchamlari 1x0,85 m2.

Dushxonalar bevosita yechinish-kiyinish xonalari bilan, murabbiylar dushxonalari esa – murabbiylar xonasi bilan bog‘lanishi lozim. Instruktorlar va murabbiylar xonalari bir o‘rin uchun 2,5 m2 hisobidanloyihashtiriladi, lekin bu xonalarning maydoni 9 m2 dan kam bo‘lmasligi kerak. Sport korpus tarkibida bitta yoki bir nechta zal, yordamchi xonalar, ba’zida esa basseyn bo‘lishi mumkin.
Yopiq basseynlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • suzish uchun hovuzlar, o‘lchamlari:

50x24x1,8-2,3 m;
25x24x1,2-1,8 m;

  • yechinish-kiyinish xonasi, dushxonalari va sanitariya bloklari bilan;

  • murabbiylar xonalari, dushxona va sanitariya bloklari bilan;

  • texnik xonalar.

Yopiq va ochiq basseynlar hovuzlarining perimetrlari bo‘yicha kengligi 1,5- 2,0 metrdan kam bo‘lmagan yo‘lakcha ko‘zda tutilishi lozim. Bu yo‘lakchaning tramplinlar va sakrash minoralari joylashgan erdagi kengligi, ushbu qurilmalar o‘lchamlarini hisobga olgan holda, 4 metrdan kam bo‘lmagan qilib belgilanadi. Basseynda shug‘ullanuvchilar uchun dushxonalar o‘tish yo‘llarida joylashtirilishi zarur, sanitariya uzellari yechinish-kiyinish xonalari bilan bevosita bog‘lanishi va shunday joylashtirilishi kerakki, dushxonalardan o‘tmasdan turib, hovuzlarga o‘tish mumkin bo‘lmasligi lozim.Sun’iy muz bilan qoplangan yaxmalaklar va konkida yugurish yo‘laklari tarkibiga muzli yuza hosil qilish uchun zarur bo‘lgan barcha muhandislik va texnik xonalar majmuasi (freonli qurilmalari uchun kompressor xonalari, suvni yomg‘ir kanalizatsiyasiga chiqarib tashlash kanallari va hk.) kirishi lozim.
Issiqlik o‘tkazadigan materiallardan tayyorlangan quvurlar bilan yaxlit tarzda bajarilgan sovituvchi plita konstruksiyasini hisoblashda muz holatini parvarish qiluvchi mashinalardan tushadigan vaqtincha yuklamalar hisobga olinishi zarur. Yopiq yaxmalaklar zallari sport zallariga qo‘yilgan talablarga to‘liq javob berishi lozim. Ochiq yaxmalaklarda quyidagilar ko‘zda tutilishi kerak: isinish uchun vestibyul, kiyim almashtirish kabinalari – isinish va dam olish joylari, prokat xonalari, quritish xonalari, o‘quv sinflari, ma’muriyat xonalari.
Yüklə 418,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə