2. 8-mavzu: Sport inshootlari va binolari. Sport



Yüklə 418,03 Kb.
səhifə3/4
tarix19.12.2023
ölçüsü418,03 Kb.
#150578
1   2   3   4
2.8-mavzu

Yopiq sport inshootlari:


  • sport zallari (tomoshabinlar uchun o‘rinlarsiz) va sport korpuslari;

  • yopiq tennis kortlari;

  • yopiq basseynlar;

  • yaxmalaklar;

  • sport saroylari;

  • yopiq stadionlar;

  • tirlar.



13.1-rasm. Nijniy Novgorod shahridagi (Rossiya) “Dinamo” stadioni O‘quv-metodik markazi, arxitektorlar A.Xaritonov, E.Pestov, A.Gelfond, konstr. N.Leporskaya, 1990.
2-qavat rejasi.


13.2-rasm. Sport yadrosi:
1 – futbol maydoni; 2 – uzunligi 400 metrga teng engil atletika yugurish yo‘lkasi; 3 – uzunligi 100 metrga teng engil atletika yugurish yo‘lkasi; 4 – yadro, bosqon, disk va nayza uloqtirish uchun engil atletika sektori; 5 – balandlikka sakrash sektori; 6 – uzunlikka va langar bilan balandlikka sakrash sektori; 7 – konkida yugurish uchun uzunligi 400 metrga teng muzli yo‘lak.

Yopiq sport inshootlarining hajmiy-rejali yechimi


Sport inshootlari tarkibiga xonalarning uchta guruhi kiradi:

  • sportchilar uchun xonalar;

  • tomoshabinlar uchun xonalar;

  • yordamchi xonalar.

Sport zallarini ikkinchi qavatdan balandroqda joylashtirmaslik maqsadga muvofiqdir. Birinchi qavatda, odatda, og‘ir atletika, engil atletika, futbol, sport gimnastikasi zallari joylashadi.
Pol yuzasi silliq, gorizontal va sirg‘anchiqmas bo‘lishi lozim. To‘p bilan o‘ynaladigan sport o‘yinlari uchun mo‘ljallangan zallarda derazalar va chiroqlarni to‘p zarbasidan shikastlanishini oldini oluvchi mustahkam konstruksiyalar ko‘zda tutilishi zarur. Ushbu konstruksiyalarning poldan 1,8 metr balandlikkacha bo‘lgan qismida turtib chiqqan joylar va botiqliklar, deraza o‘rinlari va o‘yiqlari bo‘lmasligi kerak. Sport zalining sport uskunalari olib kiriladigan eshiklari, shuningdek uskunalar saqlanadigan inventar xonalariga o‘tish yo‘llarining eni 1,8 metrdan kam bo‘lmasligi lozim. Inventar xonalariga o‘tish yo‘llarini to‘ldirmaslikka yo‘l qo‘yiladi. Engil atletika yoki futbol bo‘yicha o‘quv-mashq mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan zallar qoshida, shuningdek bitta binoda uchta va undan ortiq boshqa vazifalar uchun mo‘ljallangan sport zallari mavjud bo‘lganida yakka tartibda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish uchun 12x6x4 m o‘lchamli umumiy xona ko‘zda tutilishi zarur.
Sportning har xil turlari uchun sport zallarining parametrlari quyidagi jadval bo‘yicha qabul qilish tavsiya etiladi.

Yüklə 418,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə