2. 8-mavzu: Sport inshootlari va binolari. Sport


Sport inshootlarining klassifikatsiyasi



Yüklə 418,03 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü418,03 Kb.
#150578
1   2   3   4
2.8-mavzu

Sport inshootlarining klassifikatsiyasi
Sport inshootlari quyidagi turlarga bo‘linadi:

  • ochiq va yopiq;

  • yozgi va qishki;

  • hajmli va yassi;

  • universal va ixtisoslashtirilgan.

Asosiy vazifasiga ko‘ra:


  • o‘quv mashg‘ulotlari va mashqlar uchun;

  • namoyishlar uchun;

  • jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish uchun;

  • bolalar sporti uchun ixtisoslashtirilgan inshootlariga ajratiladi.

Shaharsozlik alomati bo‘yicha aholi yashaydigan hududda aholiga xizmat ko‘rsatishning bosqichma-bosqich prinsipiga muvofiq sport inshootlari umumshahar, tumanlararo, mikrotuman inshootlariga ajratiladi. Undan tashqari, sanoat, shahar atrofi va ko‘kalamzorlashtirilgan zonalardagi sport inshootlari ham bo‘lishi mumkin.
Tekis ochiq sport inshootlari qatoriga quyidagilar kiradi:

  • sport inshootining markaziy yadrosi (asosi);

  • stadion;

  • sport o‘yinlari uchun maydonchalar:

  • badminton uchun 15x8 m;

  • basketbol uchun 28x16 m;

  • voleybol uchun 24x15 m;

  • gorodki uchun 30x15 m;

  • tennis uchun 40x20 m;

  • engil atlektika va konkida yugurish uchun yo‘lakchalar.

Sport inshootining markaziy yadrosi – atrofi engil atletika yo‘lakchasi bilan o‘ralgan sport o‘yinlari uchun maydon. Yugurish yo‘lakchasi sektorlarida yoki uning to‘g‘ri uchastkalarining tashqi perimetridan tashqarida sakrash va sport snaryadlarini uloqtirish sektorlari joylashtiriladi.
Stadion – o‘quv mashg‘ulotlari, mashqlar va sport musobaqalarini o‘tkazish kabi murakkab funksiyalarga ega sport kompleksi; uning tarkibiga quyidagilar kiradi: tomoshabinlar uchun o‘rinlari bo‘lgan sport yadrosi, sport o‘yinlari uchun maydonchalar, har xil sport turlari uchun yordamchi hududlar va xonalarga ega ochiq va yopiq sport inshootlari. Ochiq sport inshootlarini loyihalashda sport yadrosi va stadioni maydoni, shuningdek sport o‘yinlari uchun mo‘ljallangan maydonchalarning bo‘ylama o‘qi janubdan shimolga yo‘naltirilishiga qat’iy rioya qilish zarur.

Yüklə 418,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə