2. Alomatlari Quloq nog’ora pardasi yirtilishini tashxislash


Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?



Yüklə 126,42 Kb.
səhifə4/8
tarix17.12.2023
ölçüsü126,42 Kb.
#149922
1   2   3   4   5   6   7   8
Eshituv nervining nervit kelib chiqish asoratlari sabablari reja-hozir.org

Qachon shifokorga murojaat qilish kerak?

Quloq nog’ora pardasining teshilishi yoki yirtilishiga ishora qiluvchi har qanday belgi yoki quloqda noqulay hislar yoki og’riq sezilganda shifokorga uchrashish kerak. O’rta va ichki quloq har qanday jarohat va kasalliklar uchun sezgir bo’lgan nozik mexanizm sanaladi. Eshitish qobiliyatini yo’qotmaslik uchun o’z vaqtida davolashni boshlash kerak.


Quloq shang’illashi — sabablari, rivojlanishi, quloqlardagi shovqinni davolash, oldini olish

Ko’pincha shunday savolni eshitish mumkin: «Qaysi quloq shang’illashi bezovta qilmoqda?» Lekin kunduzi ham, kechasi ham quloq shovqinlansa nima qilish kerak? Bu muammoga duch kelganlar uni ochiq gapirishdan xijolat tortishadi. Axir, shang’illash ovozi tashqaridan emas, balki ichkaridan chiqmoqda. Qanday qilib boshqalarga mavjud bo’lmagan ovozni eshitayotganingizni tushuntirish mumkin? Darhaqiqat, gap tibbiyotda tinnitus deb ataladigan holat haqida bormoqda.




Quloq shang’illashi haqida



Tinnitus (lot. tinnīre — «qo’ng’iroq kabi jaranglash») — bu quloqlarda shovqin yoki shang’illash eshitilishi hissi. Ko’pincha, odamlar shovqinni yuqori chastotali ovoz deb tasvirlashadi. Turli ma’lumotlarga ko’ra, dunyo aholisining beshdan sakkiz foizigacha qismi bu xastalik bilan yashaydi. Tinnitus odatda qariyalarga xos deb qabul qilinadi. Shunga qaramasdan, bu muammo ko’pincha yoshlarda ham kuzatilmoqda. Bu shovqinli joylarga tashrif buyurish, shuningdek, quloqchinlar vositasida baland ovozda musiqa tinglash bilan bog’liq.

Tinnitusning tarqalganligi

Tinnitus yetarlicha keng tarqalgan; 55 yoshdan 65 yoshgacha bo’lgan yoshdagi guruhda har 5 nafar kishidan bitasi o’zida alomatlar mavjudigini aytadi; ko’proq ixtisoslashtirilgan tadqiqotlar 11,8% qiymatni ko’rsatdi.


3-Jahon kongressining «Tiklantiruvchi tibbiyot va reabilitatsiya 2006» materiallari asosida Rossiya Milliy otorinolaringologlar tibbiy uyushmasi tomonidan ishlab chiqilgan «Quloqdagi shovqin» uslubiy ko’rsatmalariga ko’ra, quloqlarda shovqin yetarlicha keng tarqalgan: bir necha mualliflar ma’lumotiga ko’ra, 35-45% gacha kattalar vaqti-vaqti bilan quloqda shovqin eshitishadi, 8 foizi doimiy shovqin sezishadi va 1 foizi kundalik hayotda xalaqit beradigan shovqindan aziyat chekishadi.
Yevropa va Shimoliy Amerikada o’tkazilgan tadqiqotlar, dunyoda kattalarning 1/3 qismi kamida bir marta quloq shang’illashini boshdan kechirgan, deb ko’rsatdi. Bu borada taxminan 18 million amerikalik tibbiy yordam olish uchun murojaat qilishadi, 2 millioni esa nogiron hisoblanadi. Ispaniyada tinnitusdan 4 million kishi aziyat chekadi. Germaniya tinnitus-ligasi (Deutchen Tinnitus-Liga) ma’lumotlariga ko’ra, Germaniyada uch milliondan ortiq kishi quloq shovqinidan aziyat chekadi va har yili bu raqam 250 ming kishiga ortib bormoqda. Bolalar juda kamdan-kam hollarda ushbu xastalikdan bolalar shikoyat qiladi, tug’ma karligi bo’lganlar esa deyarli hech qachon. Quloq shang’illashi hech bir kasallikning majburiy alomati hisoblanmaydi, lekin bu xastalikka chalingan bemorlarning 85 foizida 250-8000 Hz oralig’ida eshitishni yo’qotish qayd qilinganligi ma’lum.
Amerika otorinolaringologlar akademiyasi ma’lumotlariga ko’ra, quloqlardagi shovqin ko’proq erkaklarda, ispancha gapirmaydigan oq tanlilar, tana massasi indeksi ≥30 kg / m2 bo’lgan, bezovtalik kasalliklari bo’lgan shaxslar, yuqori qon bosimi, qandli diabet, dislipidemiyta tashxisi mavjud bo’lganlarda uchraydi. Tamaki chekish va tinnitus o’rtasidagi bog’liqlik tasdiqlanmagan.


Yüklə 126,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə