2-amaliy mashg‘ulot mavzu: Ma’lumotlar bazasini loyihalash, mohiyat-aloqa diagrammasini qurish. Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash Ishdan maqsad



Yüklə 310,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix26.10.2023
ölçüsü310,68 Kb.
#131966
  1   2   3
2-амалий машғулот



2-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Ma’lumotlar bazasini loyihalash, mohiyat-aloqa diagrammasini 
qurish. Relyatsion ma’lumotlar bazasini loyihalash
Ishdan maqsad: 
ma’lumotlar bazasini loyihalash va mohiyat-aloqa 
diagrammasini qurish haqida tushunchalarga ega bo‘lish. Relyatsion ma’lumotlar 
bazasini loyihalash va u haqida tushunchalarga ega bo‘lish.
Masalaning qo‘yilishi: 
Ma’lumotlar bazasini loyihalang va mohiyat-aloqa 
diagrammasini ishlab chiqing. Predmet soha uchun relyatsion ma’lumotlar bazasini 
loyihalang va uni ishlab chiqing
Uslubiy ko‘rsatmalar: 
Ma’lumotlar bazasini loyihalash va mohiyat-aloqa 
diagrammasini yaratishda quyidagilarni bilish zarur bo‘ladi: ob’ektlar, ob’ekt 
xususiyatlari va hokazolar.
Loyihalash — moʻljallangan obʼyektlar (apparat va asboblar, bino va 
inshoatlar, yoʻl va koʻpriklar, mashina va jihozlar, samolyot va kosmik kemalar
radiopriyomnik va televizorlar, telefon va kompyuterlar, kiyim-bosh va poyabzallar, 
mebellar hamda boshqa turli-tuman mahsulotlarning yangi xillari va namunalari) ni 
qurish va yaratish uchun ularning loyihalarini tuzish va chizish jarayoni. Fan va 
texnikaning barcha sohalarida qoʻllaniladi. Iqtisodiy va texnikaviy hisob-kitob, 
smeta tuzish, chizmachilik va chizmalarni koʻpaytirish amallarini oʻz ichiga oladi, 
chizmalar asosida koʻpincha obʼyekt (bino, mashina va boshqalar) ning maketi 
tayyorlanadi. Biror bir obʼyektni individual (yakka tartibda) va tipaviy (ommaviy 
tartibda) loyihalash mumkin. Loyihani maxsus tashkilotlar, firmalar yoki guruhlar 
amalga oshiradi. Bular sohalar boʻyicha yoki ixtisoslashtirilgan tarzda ish yuritadi. 
Biror obʼyektni loyihada standartlashtirilgan detallar, agregatlar, uzellar va meʼyoriy 
hujjatlardan keng foydalaniladi [6].
Keng ma’noda Ma’lumotlar bazasi (MB)
-
deganda real dunyoning konkret 
ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamini tushinish mumkin. Lekin ma’lumotlar 
xajmi oshib borishi bilan bu masalalarni xal etish murakkablashadi. Yuzaga kelgan 
muammo ob’ekt va ma’lumotlarni strukturalash, ya’ni tizimga solish yo‘li bilan xal 
kilinadi. 
Ob’ekt 
- bu mavjud va farqlanishi mumkin bo‘lgan narsadir. Ob’ektlarga 


tegishli bir qator ma’lumotlar borki, ularning to‘plami MB bo‘ladi. Masalan, xar bir 
akademik-litsey yoki kasb-hunar kolleji-bu ob’ektlar bo‘lsa, ulardagi o‘quvchilar 
haqidagi ma’lumotlar to‘plami MB ga misol bo‘ladi. Xar qanday jiddiy MBning 
yaratilishi uning loyihasini tuzishdan boshlanadi. MB loyihalovchisining asosiy 
vazifasi ob’ektlar va ularni tavsiflovchi parametrlarni tanlash, ma’lumotlar orasidagi 
ma’lumotlarni o‘rnatishdan iborat.
MB ni yaratish jarayonida, foydalanuvchi ma’lumotlarni turli belgilar bo‘yicha 
tartiblashga va belgilarning turli birikmalari bo‘yicha zarur ma’lumotlarni 
(tanlanmani) tez topish uchun imkoniyatlar yaratilishiga harakat qiladi. Bu ishlarni 
ma’lumotlar strukturalangan (tuzilmalangan) bo‘lgandagina bajarish mumkin. 
Strukturalash-bu ob’ektlar va ma’lumotlarning o‘zaro bog‘lanishi tasvirlash 
usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. 
“Mohiyat - aloqa” modeli, predmet sohani tashkil qiluvchi uchta asosiy 
komponentlardan foydalanib quriladi: mohiyat, atribut, aloqa. Konstruktiv 
elementlar tarkibida “vaqt” tashkil etuvchisi oshkormas holda ishtirok etishi 
mumkin. Modelda vaqt, yil, va shunga uxshash atributlar tasvirlanadi.
“Aloqa” modelini qurishda moxiyat mavjud jarayonni yoki xodisani, ob’ektni 
abstraksiyasi sifatida keladi. Atribut birorta qiymatlar to‘plamidan qiymat qabul 
qiluvchi bilan tasvirlanadi.
1.
Birga – ko‘p (1:n) munosabat. A va V ob’ektlar to‘plamida A ob’ektning har 
bir nusxasiga V ob’ektning bir nechta nusxasi mos kelsa, shu bilan birga V 
ob’ektning har bir nusxasiga A ob’ektning bittadan ko‘p bo‘lmagan nusxasi mos 
kelsa shunday munosabat hosil bo‘ladi. 
2.
Ko‘pga – bir (n:1) munosabat A va V ob‘ektlar to‘plami orasida o‘rnatilsa, 
unda A ob’ektning har bir nusxasiga V ob’ektning ko‘pi bilan bitta nusxasi mos 
keladi. V ob’ektning nusxalari orasida shundaylari mavjudki, ularga A ob’ektning 
bir nechta nusxasi mos keladi.
3.
Ko‘p ga – ko‘p (m: n) munosabat. A va V ob’ektlar orasida shunday 
munosabat o‘rnatilgan deyiladi, agarda A ob’ektning har bir nusxasiga V ob’ektni 
bir nechta nusxasi mos kelsa va aksincha.


“Mohiyat - aloqa” modelidagi aloqalarga, ikki mohiyat o‘rtasidagi har qanday 
aloqa toifalariga xos munosabatlarni qo‘yish kerak. Loyiha haqida informatsiya 
diagramma ko‘rinishida rasmiytiriladi, buning uchun quyidagi belgilar kiritiladi [8]: 

Yüklə 310,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə