2-bosqich talabasining umumiy psixologiya fаnidan кurs ishi mavzu: His-tuyg’ularning psixologik asoslari


His-tuyg’ular namoyon bo’lishining o’ziga xosliklari



Yüklə 88,45 Kb.
səhifə3/13
tarix28.11.2023
ölçüsü88,45 Kb.
#137173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
KURS ISHI Norqulova Dilnoza11

1.2. His-tuyg’ular namoyon bo’lishining o’ziga xosliklari
Tashqi olamni bilish, undan kelayotgan ma’lumotlarni qabul qilish va qayta ishlash sezgi jarayonidan boshlanadi. Sezgi - ongimizga ayni vaqtda, bevosita ta’sir qilib turgan narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettirishdan iborat psixik jaryondir. Materiya bizning sezgi organlarimizga ta’sir qilib sezgi hosil qiladi. Sezgi a’zolari axborotni qabul qilib oladi va saralaydi. Sezgi a’zolari tashqi olamning kishi ongiga kirib keladigan yagona yo`lidir. Kishi tevarak atrofdagi olam haqida doimo axborot olib turishi kerak. Axborotlarning ko`pligi (ortiqchaligi) yoki tanqisligi (sensor izolyatsiya) organizmda jiddiy funktsional buzilishlarga olib kelishi mumkin. Buni tekshirib ko`rish uchun maxsus surdokameralarda ko`plab tajribalar o`tkazilgan. Tajribalar shuni ko`rsatadiki, sinaluvchilar to`la izolyatsiya holatida bir necha soatdan keyin vahimaga tushadilar, tajribaning to`xtalishini talab qilib boshlaydilar. Ularda og’riq, haroratni sezish kabi sezgilar ham buzilishi kuzatiladi. Agar odam ko`proq vaqt izolyatsiyada saqlansa unda ongning buzilishi, turli gallyutsinatsiyalar kuzatiladi. Real hayotda bunday sharoit ongning butunlay buzilishiga olib kelishi mumkin.
Sezgilar va ularning mohiyati haqida ko`plab nazariyalar mavjud. Avvolo shuni ta’kidlab o`tish lozimki, materialistik psixologiya sezgilarni materiya ta’sirining natijasi deb qaraydilar. Sezgilarning haqiqiy mezoni esa amaliyot hisoblanadi.
Sub’ektiv idealistlar (Berkli, Yum, Max) olamni sezgilarning yig’indisi sifatida talqin qiladilar.
Boshqa bir nazariya tarafdorlari (I.Myuller, Gel’mgolts) sezgi organlarining o`ziga xos quvvati haqida fikr yuritadilar. Ularning fikricha sezgilar faqat tashqi ta’sirlarning timsoli, shartli belgilari. Shu sababli ular qaysi sezgi organiga ta’sir qilsa, shu analizatorga xos sezgi hosil bo`ladi. Bu nazariyaning to`g’riligi isbot qiluvchi ko`plab misollar bor - bo`lar elektr toki, bosimning ta’sirida turli analizatorlarda turli sezgilar hosil bo`ladi. Ammo xid, tovushlar boshqa sezgi organlariga ta’sir qilib, ularga xos sezgilar hosil qilmaydilar. Sezgi organlari maxsus signallarni qabul qilishga ixtisoslashgan. Sezgi a’zolarining ixtisoslashishi - uzoq davom etgan evolyutsion taraqqiyot mahsulidir. Bundan shunday xulosaga kelish mumkin. Sezgi a’zolarining o`ziga xosligi sezgilarning o`ziga xosligini keltirib chiqarmaydi. Sezgi organlarining o`ziga xosligi tashqi olamning o`ziga xos xususiyatlari natijasida shakllangan.
Mana shunday maxsuslashgan sezgi organlarining majmui analizatorlarni tashkil qiladi. Har qanday analizator uch qismdan iborat:
1) tashqi ta’sir kuchini ichki nerv quvvatiga (jarayoniga) o`tkazadigan maxsus transformator - analizatorning pereferik qismi;
2) analizatorning pereferik qismini markaziy qism bilan bog’laydigan o`tkazish yo`llari. Ular afferent (markazga intiluvchi), efferent (markazdan qochuvchi) yo`llardan iborat bo`ladi.
3) markaziy, pereferiyadan keluvchi signallarni qabul qilib, qayta ishlovchi qism (miya qismi).
Analizatorlarning periferik bo`limida motor va hissiy qismlar uyg’unlashganligi sababli ular ta’sir qilayotgan qo`zg’atuvchilarning ob’ektiv xususiyatlarini aynan aks ettiradi.

SEZGILARNING TURLARI


Sezgilar ta’sir qilayotgan qo`zg’atuvchining xarakteriga, qo`zg’alishni qabul qilish masofasi, retseptorlarning joylashgan o`rinlariga ko`ra klassifikatsiya qilinadi. Retseptorlarning joylashgan o`rniga ko`ra sezgilarning quyidagi turlari mavjud:
1) tashqi olamdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan va tananing tashqi yuzasida retseptorlari bo`lgan sezgilar - EKTROSEPTIV SEZGILAR;
2) tananing ichki a’zolari va to`qimalarida joylashgan va tananing ichki holatini aks ettiruvchi sezgilar - INTEROSEPTIV SEZGILAR;
3) retseptorlari paylarda va mushaklarda joylashgan PROPRIOSEPTIV SEZGILAR. Ular gavdamizning holati va harakatlari haqida ma’lumotlar berib turadilar.Ekstrotseptiv sezgilarning o`zlari ikki guruhga - KONTAKT ( bevosita aloqa bog’lovchi) va DISTANT sezgilarga ajratiladilar. Kontakt sezgilarga (kontakt retseptorlar orqali sezgi hosil bo`ladi) quyidagilar kiradi: ko`rish, eshitish, hid bilish, teri sezgisi, ta’m bilish sezgilari. Sezgilarning bu klassifikatsiyasi modallik bo`yicha klassifikatsiya deyiladi va ular sezgilarning klassik klassifikatsiyasi ham deb ataladi. Chunki ular Aristotel’ tomonidan ko`rsatib o`tilgan sezgilardir. Ular orasidan teri sezgisining o`zi bir qancha turlarga bo`linadi (tuyush, harorat, og’rik kabi).Hissiyotlarni tasniflashning turli yondashuvlari mavjud. Uzoq vaqt davomida hid, ta'm, teginish, eshitish va ko'rish tuyg'usini ta'kidlab, beshta (organlar soni bo'yicha) asosiy his-tuyg'ularni farqlash odatiy holdir. Asosiy "usullar" bo'yicha his-tuyg'ularning bu tasnifi to'g'ri, ammo to'liq emas. B. G. Ananiev his-tuyg'ularning o'n bir turi haqida gapirdi. A. R. Luria tasniflash ikki asosiy tamoyilga muvofiq amalga oshirilishi mumkin, deb hisoblaydi: tizimli va genetik, boshqacha qilib aytganda, bir tomondan, modallik tamoyiliga va boshqa tomondan murakkablik yoki ularning qurilish darajasiga ko'ra.

  • hissiyotlarni muntazam tasniflash

Tuyg'ularning muntazam tasnifini ko'rib chiqing. Ushbu tasnif ingliz fiziologi Ch Sherrington tomonidan taklif qilingan. Eng katta va eng muhim his-tuyg'ularni hisobga olib, ularni uchta asosiy turga ajratdi: interoseptiv, proprioseptiv va eksteroseptiv.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə