2 I bob. Ko‘p yillik o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi


Ko‘p yillik yog‘ochli o‘simliklarning poyasining ichki tuzilishi. Daraxtsimon o‘simliklarda yillik halqaning paydo bo‘lishi



Yüklə 149,94 Kb.
səhifə14/17
tarix22.03.2024
ölçüsü149,94 Kb.
#183148
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
KO‘P YILLIK DARAXTSIMON O‘SIMLIKLAR POYASINING ANATOMIK TUZILISHI

2.2 Ko‘p yillik yog‘ochli o‘simliklarning poyasining ichki tuzilishi. Daraxtsimon o‘simliklarda yillik halqaning paydo bo‘lishi.
Poya tashqi tomondan epidermis bilan qoplangan. Epidermis faqat bir qavat hujayralardan iborat. Epidermisda ustitsalar bor. Ustitsalar bargdagiga qaraganda kamroq uchraydi. Epidermisdan har xil tuklar bir hujayrali tuklar, ko‘p hujayrali tuklar, bezli tuklar va boshqalar o‘sib chiqadi. Poya ko‘ndalang qismida epidermisning ichkarisi (tagi)da birlamchi po‘stloqning tirik parenximalari joylashgan. Ba’zan epidermis tagida mexanik to‘qima-sklerinxima joylashadi.Masalan: jo‘xori poyasida. Sklerenxi-ma ma’lum joyda yoki doira bo‘yicha bir necha qator joylashgan bo‘ladi. Po‘tloqning tirik hujayralarida xlorofil donachalari bo‘lib, u erda fotosintez protsessi boradi. Fotosintez protsessida organik moddalar to‘planadi.
Po‘stloqning ichki qavatini endoderma deb ataladi. Ba’zan endoderma o‘rnida krxmalga boy bo‘lgan hujayralar uchraydi. Poyaning markaziy silindr qismi tug‘diruvchi to‘qima peresikldan boshlanadi. Peresikl poyada bir necha hujayralardan iborat. Peresikl ichkarida, ya’ni poyaning markaziy qismida o‘tkazuvchi bog‘lamlari asosiy to‘qimalarda tarqoq joylashgan. Bir pallali o‘simliklarda o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami yopiq, ya’ni floema bilan ksilema o‘rtasida kambiy bo‘lmaydi.
O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami kolloterial tipda tuzilgan. Ya’ni floema ksilemaning bir tomoniga o‘rnashgan. Poyaning markaziy qismidagi o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari yirik va katta, chet tomondagilari esa, maydaroq bo‘ladi. Lekin o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari poyaning chetroq qismida ko‘proq bo‘ladi. Sababi o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari bargdan poyaga o‘tib turadi. Bir pallali o‘simliklar poyasining markazida o‘zak bo‘lmaydi (bug‘doy poyasining ichi kovak,makkajo‘xori poyasining ichi esa g‘ovak bo‘ladi).

O‘tli ikki pallali o‘siliklar ham tashqi tomondan epidermis bilan qoplangan. Poya ko‘ndalang kesimida epidermis tagida birlamchi po‘stloq joylashgan. Birlamchi po‘stloqda 2 xil mexanik to‘qimalarni uchratish mumkin.:

Yüklə 149,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə