2 I bob. Ko‘p yillik o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi



Yüklə 149,94 Kb.
səhifə2/17
tarix22.03.2024
ölçüsü149,94 Kb.
#183148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
KO‘P YILLIK DARAXTSIMON O‘SIMLIKLAR POYASINING ANATOMIK TUZILISHI

Kurs ishining maqsadi: O’simlik poyasining tuzulishi, shakllanishi va vazifasini o’rganish, ularni tahlil qilish.
Tegishl ma’lumotlarni o’rganib, ular ustida ishlash. Poyaning morfolagik tuzulishini aniqlashi natijasida ularning qanday qavatlari borligini va qanday tarkibiy qissmlardan iborat ekanligini aniqlash. Va o’simlik poyasining morfologiyasini tuzulishini o’rganib uning o’simlik uchun qanday ahamiyati borligini o’rganish va u bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilish.
Kurs ishining vazifalari:

  • poyaning xilma-xilligi va novdaning metamorfozlari ko’rib chiqish;

  • o`simliklar poyasining birlamchi va ikkilamchi ichki tuzilishi o’rganish;

  • o’simliklar poyasining hamda ko’p yillik daraxtsimon o’simliklar poyasining anatomik tuzilishi o’rganish;

Kurs ishining obekti: Ko‘p yillik daraxtsimon o‘simliklar poyasining anatomik tuzilishi ko’rib chiqish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Ko‘p yillik daraxtsimon o‘simliklar poyasining anatomik tuzilishi vazifasi, tuzulishi, turlarinini amaliy o’rganish va poyaning ikkilamchi anatomik tuzilishi.
Kurs ishining tarkibiy qismi va hajmi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar va 34 sahifadan iborat.


I BOB. KO‘P YILLIK O‘SIMLIKLAR POYASINING ICHKI
TUZILISHI

    1. Poyaning xilma-xilligi va novdaning metamorfozlari.

SHakli o`zgargan novdalar yer osti shakli o`zgargan va yer usti shakli o`zgargan novdalarga bo`linadi.
Yer osti shakli o`zgargan novdalar. Ildizpoya - yer osti shakli o`zgargan novda bo`lib, asosan ko`p yillik o`t o`simliklarda uchraydi. Ildizpoya tashqi ko`rinishdan ildizga o`xshab ketadi, lekin morfologik ham anatomik tuzilishi jihatidan tubdan farq qiladi. Ildizpoyadagi yaxshi rivojlangan bo`G’imlarda qalin, rangsiz, qobiqsimon barglar bo`ladi. Bo`G’imdan qo`shimcha ildizlar o`sadi. Ba`zan ildiz bo`G’imidan qo`shimcha kurtaklar bu kurtaklardan esa yer osti hamda usti novdalar o`sib chiqadi. Ildizpoyaning uchi ildiz qini bilan emas, kurtak bilan tugaydi. Masalan, G’umay, ajriq va buG’doy tez ko`payadigan ildizpoyali o`t o`simliklardan hisoblanadi.
Ma`lumki, ildizpoya ham vegetativ ko`payuvchi, ham zaxira oziq moddalar to`plovchi organdir.
SHuning uchun ham uning mayda-mayda bo`laklari mustaqil ko`karib chiqavyeradi. O`simliklarda qisqa hamda uzun ildizpoya bo`ladi. Qisqargan ildizpoya gulsapsar, kanna, silfiya kabi o`simliklarda, uzun ildizpoya esa qamishda, G’umayda uchraydi. Qisqargan ildizpoya simpodial, uzun ildizpoya esa monopodial shoxlanishga ega.
Tuganak. Yer osti novdaning juda yo`G’onlashgan hamda syer etli qismi tuganak deb ataladi. Tuganak yer osti va usti shakli o`zgargan novdalardan hosil bo`ladi. Yer osti tuganak kartoshka va tapinamburda uchraydi. Tuproqqa ekilgan kartoshka tugunagining kurtaklaridan poyalar o`sib, barglari yaxshi rivojlangandan so`ng poyaning yer osti qismidagi oq rangli poyalar stolon deb ataladi. Bargda tayyor bo`lgan fotosintez mahsuloti kraxmal stolonning uchida to`plana boshlaydi, natijada stolonning uchi yo`G’onlashib tuganakni hosil qiladi. Yer osti tuganak shakli o`zgargan novda bo`lganligi uchun unda kurtaklar joylashgan. Kurtaklarda mayda qobiqsimon barglar ham bo`ladi. Kurtakning o`rni tuganak ko`zchasi deb ataladi. Har bir ko`zchada bir nechta kurtak bo`ladi. Tuganakda kurtaklar spiralsimon joylashadi. Tuganakning stalonga birikkan tomoni tubi, karama-qarshi tomoni esa uchki qismi deyiladi. eng ko`p ko`zcha tuganakning uchki qismida bo`ladi. Tuganak ham ildizpoya singari zaxira oziq moddalar to`playdi, u tuproq ostida joylashganligi uchun kam shikastlanadi va vegetativ ko`payish uchun xizmat qiladi. Kartoshka tugunagida kraxmal, tapinambur tugunagida inulin moddasi to`planadi.
Karamning kol’rabi turida zaxira oziq moddalar poya qismida to`planadi. Kol’rabi karami tashqi ko`rinishidan turp ildizmevasiga o`xshab ketadi, lekin tuganakda kurtakning bo`lishi bilan farq qiladi. U yer usti tuganakdir.
Bo`g’im oralig’i qisqargan novda. Bunday novdalarni piyoz, karam va ildizmevali o`simliklarda uchratish mumkin.
Piyozbosh yer osti shakli o`zgargan, bo`g’im oralig’i qisqargan novda bo`lib, bu novdada mutlaqo xlorofill donachalari bo`lmagan qalin, o`zida oziq moddalar to`plovchi, rangsiz va qobiqsimon shakldagi barglar joylashgan. Qobiqsimon barg o`zida zaxira oziq moddalar to`plab, ularning o`rtasida joylashgan kurtakni noqulay sharoitdan saqlaydi. yerta ko`klamda shu oziq modda hisobiga kurtak unib, haqiqiy novdaga aylanadi, novdada gul, guldan urug’ paydo bo`ladi. Boshkaram esa gigant kurtakka o`xshab ketadi. Uning bo`g’im oralig’i qisqargan novdasida yirik yaxshi taraqqiy etgan barglar zich joylashadi, o`zida oziq moddalarni to`playdi. Boshkaram ustidan o`rab turuvchi barglari xlorofill donachalariga boy bo`lib, ichkarida joylashgan barglarda esa xlorofill donachalari birmuncha kam bo`ladi. Bu barglar ham o`zida zaxira oziq moddalarni to`playdi ham novdaning o`sish nuqtasini noqulay sharoitdan asraydi.
Piyozboshtuganak. Piyozbosh bilan tuganak orasida oraliq shakli bo`lib, tashqi ko`rinishidan piyozboshga o`xshab ketadi lekin zaxira oziq moddalar uning bargida emas, novdasida to`planadi. SHuning uchun ham uning novdasi kengayib, piyozbosh shaklini oladi. Bunday piyozbosh tuganakni gladiolus, za`far kabi o`simliklarda uchratamiz.

Yüklə 149,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə