2 I bob. Ko‘p yillik o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi



Yüklə 149,94 Kb.
səhifə8/17
tarix22.03.2024
ölçüsü149,94 Kb.
#183148
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
KO‘P YILLIK DARAXTSIMON O‘SIMLIKLAR POYASINING ANATOMIK TUZILISHI

Yog’ochlik. U naylar, traxeidlar, yog’ochlik parenximasi va libriformdan iborat. Yog’ochlikdan ham o’zak nurlari o’tgan bo’ladi. Yog’ochlik parenximasi va o’zak nurlarida zahira oziq moddalar to’planadi. Kambiyning bir me'yorda ishlamasligi natijasida yog’ochlikni hosil qiluvchi hujayralar bahorda hosil bo’ladi, ya'ni bu kambiy jadal ishlagan davrga to’g’ri keladi. Keyinchalik mayda va yupqa devorli hujayralar kelib chiqadi. Yog’ochlik hujayralari smolalar, oshlovchi moddalar, efir moylari kabilarni shimib olib ma'lum rangga bo’yaladi. Ana shunday yog’ochlikning faollik ko’rsatmay qolgan markaziy qismi yog’ochlikning mag’zi deb ataladi. Yog’ochlikning bevosita kambiyga yaqin joylashgan qismlari suv va unda erigan moddalarni o’tkazish vazifasini bajarib, uni zabolon deyiladi. Zabolon yadro qsmiga nisbatan rangsiz bo’lishi bilan yog’ochlikda ajralib turadi.
O’zak. O’zak poyaning markaziy qismini tashkil etib, hujayralarida har xil moddalar to’plangan va asosiy to’qimadan iboratdir. Daraxt va o’t o’simliklarning poyalari umrining uzun-qisqaligiga ko’ra bir-biridan keskin farqqiladi. O’t o’simliklarning yer ustki novdalari odatda bir yoki ba'zan 2 - 3 yil hayot kechiradi. Daraxt o’simliklar poyasi bir necha yil yashaydi, asosiy poyasi tana hosil qiladi. Butalarda esa ayrim yirik poyalarini tanachalar deb qaralishi mumkin.
Poya yuksak o`simliklarning yer ustidagi asosiy vegetativ organlaridan biridir. Poya urug’ning murtak qismidagi embrional holdagi poyachaning rivojlanishidan hosil bo`ladi. UruG’ning unishi bilan poya yer betiga chiqadi va myeristema hujayralarning bo`linishi hamda yiriklashishi hisobiga o`sadi.
P
oya o`simlikning yer ustidagi bargsiz, kurtaksiz qismi bo`lib, bargni ildiz bilan morfologik hamda funktsional bog’laydi. Uning funktsiyasi suv va unda yerigan minyeral moddalarni ildizdan bargga etkazish hamda bargda hosil bo`lgan organik moddalarni ildizga o`tkazishdan iboratdir. Yorug’lik sevuvchi o`simliklarda poya uzun bo`ladi. U ba`zan suv va boshqa zaxira oziq moddalar to`plovchi ombor vazifasini ham o`taydi. Bundan tashqari, poya nafas oluvchi organ ham hisoblanadi.


3-rasm
Ayrim o`simliklarda assimilyatsiya hamda vegetativ ko`payish vazifalarini bajaradi.
O
`simlik poyalari o`sish xaraktyeriga, shakliga hamda uzun qisqaligiga qarab bir necha xil bo`ladi (1-rasm). Ko`pchilik o`simliklar (kungaboqar, makkajo`xori, (G’o`za)da poyalar tik o`sadi. Ko`tarilib o`suvchi poyalar esa sho`ra, tuyaqorin, shuvoq, izen’ kabi o`simliklarda uchraydi: poyalari tuproqqa suya`nib, o`z gavdasini yuqoriga ko`taradi. Sebarga, o`rmalovchi ayiqtovon va shunga o`xshash qulupnay o`simliklari poyalari qo`shimcha ildiz chiqaradi. Qovun, tarvuz va qovoq o`simliklari palaklari yer bag’irlab o`sadi. Ayrim poyalar (tok, vika, gorox) tanasini tik tuta olmasligi tufayli boshqa o`simliklarga ilashib o`sadi. CHirmashib o`sadigan o`simliklarga pechak, xmel’ poyalari kiradi. O`z poyasini tik tutib tura oladigan, ingichka, uzunpoyali, ilashib, o`ralib o`suvchi poyali o`simliklar lianalar deb ataladi.



Yüklə 149,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə