2 I bob. Ko‘p yillik o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi


Yadro tuzilgandan so‘ng ksilemaning Yadro



Yüklə 149,94 Kb.
səhifə16/17
tarix22.03.2024
ölçüsü149,94 Kb.
#183148
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
KO‘P YILLIK DARAXTSIMON O‘SIMLIKLAR POYASINING ANATOMIK TUZILISHI

Yadro tuzilgandan so‘ng ksilemaning Yadro atrofidagi yosh qismi o‘tkazuvchanlik vazifasini bajarib turadi.
Ochiq urug‘li o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi. Igna bargli daraxtlar yog‘ochi asosan traxeidlardan tashkil topgan bo‘lib, ancha gomogen va bir tarzdadir. Zich jipslashgan traxeidlar bu yerda, bir vaqtning o‘zida suv o‘tkazuvchi va mexanik tizimlarishini bajaradilar. Suv naylari yo‘q. Parenxima yog‘och nurlari va smola yo‘llarining (agar ular bo‘lsa) bezli epiteliysidan tashkil topgan.
Traxeidlar va yog‘och nurlarining parenxima hujayralari orasida yarim hoshiyalangan teshiklar (poralar) hosil bo‘ladi. Bunday teshiklar (poralar) ayniqsa qarag‘ayda ancha yirik. Yog‘och nurlarining yuqori va pastki chegaralari bo‘ylab nurli traxeidlarning tasmasi o‘tadi. Nurli traxeidlar – bo‘ylamasiga cho‘ziq, devorlarida hoshiyalangan teshiklari (poralar) bor o‘lik hujayralardir. Ushbu hujayralar radial suv transportini ta’minlaydilar.


XULOSA

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, poya ham odatdagi tuzulishi, o’sishi, cheklanmagan polisimmetrik ytuzulishdagi o’simlikninng vegrtativ o’q organi hisoblanib, unda barg va kurtaklar bo’ladi. O’simlik poyasining asosiy vazifasi tayanch mineral va organik moddalarni o’tkazishdir. U barg bilan ildizlarni bog’laydi, poya barg bilan idizlar orasidagi harakatlarni ta’minlaydi.


Bundan tashqari ko’p yillik poyalarda oz miqdorda bo’lsa ham oziq moddalar to’planadi. O’simlik poyalari xilma-xildir. Prokambiy hujayralarining bo’linishi natijasida birlamchi ksilema va birlamchi floema hosil bo’ladi. Ikki pallali va ochiq urugʻli o’simliklarda esa birlamchi ksilema va birlamchi floemadan tashqari ikkilamchi hosil qiluvchi toʻqima - kambiy ham vujudga keladi. Koʻpchilik bir pallali o’simliklar poyasining markaziy qismi parenxima hujayralaridan tuzilgan bo’lib, ularning orasidan oʻtkazuvchi nay - tolalar tutami oʻtadi. Bir pallali o’simliklar poyasida kambiy hosil boʻlmagani uchun yoʻgʻonlashuv xususiyatiga ega emas. Aloe, yukka, dratsena kabi ayrim bir pallali oʻsimliklarning Poyasi fakat peritsiklda vujudga keladigan ikkilamchi hosil qiluvchi toʻqima hisobiga yoʻgonlashadi. Yer ostida joylashadigan bargi reduk-siyalangan Poya odatda, ildizpoya deyiladi.
O’simlik poyasining tuzulishi, shakllanishi va vazifasini o’rganish, ularni tahlil qilish orqali tegishli ma’lumotlarni o’rganib, ular ustida ishlash. Poyaning morfolagik tuzulishini aniqlashi natijasida ularning qanday qavatlari borligini va qanday tarkibiy qissmlardan iborat ekanligini aniqlash. Va o’simlik poyasining morfologiyasini tuzulishini o’rganib uning o’simlik uchun qanday ahamiyati borligini o’rganish va u bo’yicha amaliy ko’nikmalar hosil qilidik.



Yüklə 149,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə