2 I bob. Ko‘p yillik o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi


-rasm. Poyaning o`sish xillari



Yüklə 149,94 Kb.
səhifə9/17
tarix22.03.2024
ölçüsü149,94 Kb.
#183148
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
KO‘P YILLIK DARAXTSIMON O‘SIMLIKLAR POYASINING ANATOMIK TUZILISHI

4-rasm. Poyaning o`sish xillari: a – tik o`suvchi poya, b – ilashib o`suvchi poya, v – chirma-shib o`suvchi poya, g – yer baG’irlab o`suvchi poya, d – ko`tarilib o`suvchi poya
Lianalar asosan tropik o`rmonlarda o`sadigan o`simliklar hisoblanadi. Hindiston palmasi, «Ratanga» ana shunday o`simliklardan bo`lib, poyasining yo`G’onligi 2-4 sm, bo`yi 300 metrgacha boradi. Markaziy Osiyoda uchraydigan pechakdoshlar, xmellar tipik o`tsimon lianalar bo`lsa, tok, ilon o`tlar esa daraxtsimon lianalardir.
Poyalarning ko`ndalang kesimiga ko`ra shakli o`simliklar turiga qarab har xil: ularning yumaloq, tsilindrsimon (arpa, buG’doy, qamish), uch qirrali (hiloldoshlar oilasiga mansub qiyoq, salomalaykum), to`rt qirrali (yalpizdoshlar oilasiga kiruvchi yalpiz, rayhon) shuningdek, qoqidoshlar oilasidan sil’fiya o`simligida va ko`p qirrali poya qovoq, tarvuz, sachratqi, kaktus kabi o`simlik turlarida uchraydi .
T
abiatning tashqi muhitlariga moslashgan gulli o`simliklarning poyasi uzun-qisqa bo`ladi. Bahorda o`sadigan ayrim o`tlar poyasining uzunligi atigi bir necha sm ga boradi. Tabiatda bahaybat daraxtlar ham uchraydi. Dunyoda eng baland daraxt Avstraliya evkalipti, uning balandligi 155 metrgacha boradi.


6-расм. Поянинг кўндаланг кесимига кўра хиллари:
А – тўрт qиррали поя, Б – уч qиррали поя, В – кўп qиррали поя,

Poyalarining yo`g’onligi ham xilma-xil bazi bir o`simliklarning poyasi yo`g’on bo`lib, diametri bir necha metrga etsa, bazilariniki bir necha millimetrni tashkil qiladi. Masalan, pechak poyasining yo`g’oningi 1-3 millimetr, Afrika baobob daraxti tanasining diametri esa 10-12 metrga teng keladi.


O`simliklarning yashovchanligiga ekologik sharoitning ta`siri juda katta. Olimlarning tajribasiga ko`ra, Meksika agava o`simligini Qrimga yoki Qora dengiz bo`yiga ekilgandan so`ng 100 yil o`rniga 23-26 yil yashagan. Apshyeron yarim orolida esa undan ham oz 12-15 yil turgan.
Adabiyotlarda keltirilgan ma`lumotlarga ko`ra, drakon va Afrika baobob daraxti eng ko`p yasharkan. Afrika baobob daraxti 5150 yil, drakon esa 6000 yil yashaganligi aniqlangan.
Poyalarining shakli va yashovchanligiga qarab, barcha gulli o`simliklar: daraxt, buta, chala buta, o`t o`simliklariga bo`linadi.
Daraxt o`simliklar - asosan ko`p yillik, yirik, yaxshi rivojlangan poyaga ega bo`lgan va kuchli ravishda ikkilamchi tartibda yo`G’onlashgan tanali o`simlikdir.
Buta o`simliklar asosan ko`p yillik bo`lib, bir necha poyasi bo`lishi bilan farq qiladi. O`simlikning yer ustki qismi ildiz bo`G’zidan boshlab shoxlaydi. Poyasi ikkilamchi tartibda yo`G’onlashib, bo`yi 4-5 metrdan oshmaydi. Markaziy Osiyoda o`sadigan zirk, jinG’il, jiyda, bodom, anor kabi o`simliklar shular jumlasidandir.
CHala buta o`simliklari poyalarining pastki qismi yog’ochlanib, usti po`kak bilan qoplanadi. Poyaning shu qismini qishda sovuq urmaydi, qolgan uchki, ya`ni novdalari yoG’ochlanmay tashqi tomondan epidyermis bilan o`ralgan qismini esa sovuq urib ketadi. yerta ko`klamdan boshlab poyaning sovuq urmagan qismidan yangi kurtak ko`kara boshlaydi. Bunga cho`l shuvog’i, izen’, astragal, shuningdek, sho`raklar misol bo`ladi.
O`t o`simliklar yashovchanligiga qarab uch guruhga bo`linadi: bir yillik, ikki yillik, ko`p yillik o`t o`simliklar. Bir yillik o`t o`simliklar (arpa, bug’doy, kungaboqar, ziG’ir) yil davomida uruG’dan unib vegetativ organlarini rivojlantirib, gullab meva hosil qiladi va nobud bo`ladi.
Ikki yillik o`t o`simliklar ikki yil yashaydi. Ular birinchi yili yer usti ham yer osti vegetativ organlarini hosil qiladi. Bu organlarda yil bo`yi organik moddalar to`planadi. Ana shundan o`simliklar birinchi yili ildizmeva, piyozbosh, bo`G’im oraliG’i qisqargan novda chiqaradi. Ikkinchi yili esa normal rivojlangan novdani hosil qilib gullaydi, uruG’ hosil qiladi va nobud bo`ladi. Bunday o`simliklarga sholg’om, turp, lavlagi, sabzi, piyoz va karam misol bo`la oladi. Bu o`simliklar madaniy holda ikki yillik bo`lib, yovvoyilashgan turlari ko`p yil yashaydi.
Ko`p yillik o`tlarning hayoti bir necha o`n yillar davom etadi, lekin yer usti organlarida gul hosil qilib, urug’ etishtirgandan so`ng nobud bo`ladi, yer ostida esa uzoq yashovchan vegetativ organlari qoladi. Bu organlaridan har yili qaytadan ko`karib chiqavyeradi. Ana shunday o`simliklarga qoqi, yo`ng’ichqa, yalpiz, qulupnay, binafsha, G’umay, lola kabi o`simliklar kiradi. Tog’li zonalarda o`sadigan tag’sag’iz yuz yilgacha umr ko`rishi aniqlangan. Ko`p yillik o`tlar ichida qisqa muddatli vegetatsion davrga ega bo`lgan o`simliklar ham uchraydi. Ularning yer ostida ildizpoyasi, tuganagi, piyozboshchasi bo`lib, bunday o`simliklarni efimiroid deb ataladi. efimiroidlarga lola (tulipa), boychechak (gagia), za`far (crocus), rang (carex), savrinjon (colchicum) kabi o`simliklar kiradi.
Vegetativ davri qisqa bo`lgan bir yillik o`t o`simliklar efimyerlar deb ataladi. Ularning o`sishiga qulay sharoit bo`lganda o`sib, gullab, urug’ etishtirib, nobud bo`ladi. Bunga uchma o`t (cyeratocephalus), chitir (euclidium), malkolmiya (malcolmia), shotara (Fumaria) va boshqalar kiradi. O`simliklarning uruG’ holatda tinch saqlanishiga anabioz deyiladi.
O`simliklar morfologiyasida bargli, kurtakli poya novda deb ataladi. Novda asosan kurtakning rivojlanishidan hosil bo`ladi. Novdaning uchidagi doimiy kurtak uning yuqoriga qarab o`sishi uchun xizmat qiladi. Uchki kurtakning ostida, barg qo`ltiG’ida ham kurtaklar joylashgan bo`lib, ular yon kurtakpoyalar deb ataladi
(7-rasm). Yon kurtaklar novdada ketma-ket va karama-qarshi joylashadi. Novdadagi yon kurtaklar ikki xil bo`lib, ularning biri yon novda ikkinchisi esa gul va barg hosil qiladi.
Yon novda hosil bo`ladigan kurtak vegetativ kurtak, gul hosil qiladigan kurtak esa genyerativ kurtak deyiladi. Vegetativ kurtakning uchi o`tkir, o`zi esa biroz yalpoqroq bo`ladi. Genyerativ kurtak esa yumoloq va biroz yirikdir. Kurtaklar novdaning bo`g’im qismida joylashadi. Novdaning yo`g’onlashgan qismiga bo`g’im deb ataladi. Bo`g’imda barg, barg qo`ltig’ida esa hamma vaqt kurtak o`sadi. Novda bilan barg orasidagi burchakka barg qo`ltig’i deyiladi. Ikki bo`G’im orasidagi masofa bo`g’im oralig’ini tashkil qiladi va u uzun yoki qisqa bo`lishi mumkin. Meva daraxtlarning qisqa bo`g’imli novdalarida genyerativ kurtaklar rivojlanib, meva hosil qiladi. Uzun bo`g’imli novdalarda esa faqat vegetativ kurtak bo`ladi yoki umuman bo`lmasligi ham mumkin. Novdalardagi rivojlanmagan kurtak yashirin kurtaklar deyiladi. YAshirin kurtak zaruriyat tug’ilguncha tinch holatda turadi. Moboda novdaning tepa kurtagi qirqilsa yoki shikastlansa, yashirin kurtak ko`kara boshlaydi. Agar bu kurtak ham bo`lmasa novdaning istagan joyidan qo`shimcha kurtak hosil bo`ladi. Tol, tyerak, tut kabi daraxtlar qirqiladi yoki kallaklanadi. SHundan keyingi ularning o`sishi qo`shimcha yoki yashirin kurtaklar hisobiga bo`ladi. Qo`shimcha kurtaklar yangi novdaga aylanadi. Novdada yasmiqchalar ham bo`ladi. Yasmiqcha siyrak joylashgan hujayralar bo`lib, po`sti po`kkaklashib ular orasidan bemalol havo, suv bug’lari o`ta oladi. YAsmiqcha epidyermisdagi ustitsa vazifasini bajaradi.
Bargi to`kilgan novdada yarim doira shaklidagi barg o`rni qoladi. Bu o`rin yuqorisida qishlovchi kurtak o`rnashib, uning ustini smola shimib olgan qo`nG’ir rangli qattiq qobiqlar(sovuq urmasligi uchun) qoplaydi. yerta ko`klamda bu kurtaklar novda yoki gul hosil qiladi. Novdalar ma`lum sistematik guruh o`simliklariga xos ravishda shoxlaydi. SHoxlanish quyidagi usulda bo`ladi:

Yüklə 149,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə