2 I bob. Ko‘p yillik o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi


Bir pallali o`simliklar poyasining tuzilishi



Yüklə 149,94 Kb.
səhifə4/17
tarix22.03.2024
ölçüsü149,94 Kb.
#183148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
KO‘P YILLIK DARAXTSIMON O‘SIMLIKLAR POYASINING ANATOMIK TUZILISHI

Bir pallali o`simliklar poyasining tuzilishi
Bir pallali o`simliklar poyasining tuzilishi, o`sish konusining birlamchi myeristemasidan hosil bo`lgan hujayralar diffyerentsiatsiyalanishda poyaning birlamchi ichki tuzilishiga o`tadi. Prokambiy hujayralaridan o`tkazuvchi boG’lamlar rivojlanishi bilan birlamchi hosil qiluvchi to`qima nobud bo`ladi. endi ular yopiq o`tkazuvchi bog’lamlar hosil qiladi. SHuning uchun ham bir pallali o`simliklar poyasining ichki tuzilishi ikki pallali o`simliklarnikidan birmuncha farq qiladi. YOpiq o`tkazuvchi tolali nay bog’lamlar bir pallali o`simliklar poyasida tartibsiz ham tartibli joylashadi.
Bir pallali o`simliklar poyasi faqat birlamchi yo`g’onlashish bilan tugaydi. SHunisi xaraktyerliki bazi o`simliklarda poya ichi bo`sh bo`ladi. Masalan, arpa, bug’doy, sholi, javdar hamda suli kabi o`simliklar shular jumlasidandir. Bunday poyalar poxol poya ham deb ataladi. Makkajo`xori, oqjo`xori poyasining ichi bo`sh bo`lmaydi. O`tkazuvchi tolali nay bog’lamlari ichi bo`sh poyalarda tartib bilan, ichi to`la poyalarda esa tartibsiz joylashgan. Hamma bir pallali o`simliklar poyasi tashqi tomondan epidyermis bilan qoplangan. epidyermis ostida esa bir necha qavatli halqasimon shaklda joylashgan mexanik to`qima-sklyerenxima mavjud. Agar epidyermis hujayrasining po`sti tsellyulozadan iborat bo`lgan tirik, parenxima hujayralar bo`lsa, sklyerenximaning hujayra po`sti qalin, yoG’ochlangan, o`lik prozenximatik hujayralardir. epidyermis hujayralari poyani tashqi tomondan o`raydi. Sklyerenxima to`qimalari esa o`simlikni tik tutadi.
B
ug’doy, arpa, suli, javdar poyalarining epidyermis hujayralari tagida sklyerenximaning ichiga kirib turuvchi hamda xloroplastga boy bo`lgan xlorenxima joylashgan. Makkajo`xori, oqjo`xori poyalarida esa skelyerenxima orasida xlorenxima bo`lmaydi. Skelyerenxima ostida yupqa pardali ichida sitoplazmasi tirik hujayralardan iborat asosiy parenxima joylashgan. Asosiy parenximaning sklyerenximaga yaqin hujayralarida xloroplast bo`lib, u yosh o`simliklarning poyasini yashil rangga bo`yab turadi va qisman fotosintez vazifasini bajaradi. Sklyerenximadan ichkariroqda joylashgan hujayralar birmuncha siyrak, ularda xloroplastlar bo`lmaydi.

Yüklə 149,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə