2-ma’ruza shaxs tarbiyaning ob'ekti va sub'ekti sifatida. Reja


Shaxs kamolotining asosiy omillariga nimalar kiradi?



Yüklə 130,04 Kb.
səhifə4/6
tarix21.10.2023
ölçüsü130,04 Kb.
#129713
1   2   3   4   5   6
2-маъруза тазасы

Shaxs kamolotining asosiy omillariga nimalar kiradi?
«Shaxs deganda, muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Odam (inson individi) shaxsga aylanmog'i uchun ruhiy jihatdan taraqqiy etgan, o'z xususiyati va sifatlari bilan farq qilishi lozim.
Ruhiy jarayonlar va bola ruhiyatidagi o’zgarishlar, chunonchi, diqqat va xotira darajasi, tafakkur xususiyatlari, so'z boyligi hamda nutqning rivojlanganlik darajasi va boshqa ruhiy rivojlanishga taalluqlidir. Shaxs rivojlanishida, u yoki bu faoliyat turlari (o’yin, o’qish, mehnat va boshqalar)ning turli yoshdagi faoliyat mazmuni (maqsadga yo'naltirilganlik, harakatning ongli, rejali bo'lishi, ularning samaradorligi va h.k).


Shaxs — kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshi-ruvchisi. Demak, shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo'lib, ong­li faoliyat bilan shug'ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o'z o'rni bor. Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug'ma va hosil qilin-gan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, faoliyat va xatti-harakatlarning miqdoriy va sifat o'zgarishi jarayonidir.
Shaxs qaysi jamiyatda yashasa o'sha jamiyat qonun-qoidalariga asosan kamol topadi. Pedagogika shaxsning kamolotga etishini murakkab va ziddiyatli jarayon deb biladi. Shaxsning kamolga etishida irsiyat, muhit, maqsadga muvofiq amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya va nihoyat o'zining mustaqil faoliyati ham muhim ahamiyatga egadir.

Shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar quyidagi shaklda aks ettirilgan





Irsiyat - bu ota qoni yoki ajdodlariga xos bo'lgan biologik xusu-siyat va o'xshashliklarning nasl (bola)ga o'tish jarayoni. Nasldan naslga o'tadigan xususiyatlarga quyidagilar kiradi: anatomik-fiziologik tuzilish (misol uchun yuz tuzilishi), organlar holati, qaddi-qomat, asab tuzilishi xususiyatlari, teri, soch hamda ko'zlarning rangi. Shuningdek, nutq, tafakkur, ixtiyoriy harakat va amailar, vertikal holatda yurish, mehnat, ijod qilish qobiliyati va boshqa iste'dod alomatlari ham nasldan naslga o'tadi. Iste'dod alomatlari umumiy xususiyat kasb etadi, muayyan mehnat va ijod turiga yo'naltirilgan ernas. Iste'dod alomatlari muayyan faoliyatga moyilligini aks ettirdi, xolos. Layoqat go'yo «mudroq» holatda bo'lib, uning «uyg'onishi» — rivojlanishi uchun qulay muhit yaratishini talab qiladi. Shaxs muayyan ijtimoiy jamiyat mahsulidir. Bu jamiyatning ma'naviy qiyofasi, unda tashkil etilayotgan munosabatlar mazmuni hamda darajasiga bog'liq.





Muhit - bu shaxsning shakllanishiga ta'sir etuvchi tashqi voqea-hodisalar majmuyi. «Muhit» tushunchasi o'ziga geografik-hududiy, ijtimoiy va mikromuhit (oila) xususiyatlarini ifoda etadi. Mikromuhit o'zida qisman ijtimoiy muhit qiyofasini aks ettiradi. Ayni chog'da nisbatan mustaqillikka ega. Mikromuhit, bu ijtimoiy muhitning bir qismi bo'lib, oila, maktab, do'stlar, tengqurlar, kishilar va shu kabilarni o'z ichiga oladi. Davlatimizning barkamol inson tarbiyalash borasidagi siyosatiga ham shaxs shakllanishida muhitning o'mi muhimligini ko'rsatadi.




Yüklə 130,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə