2-ma’ruza shaxs tarbiyaning ob'ekti va sub'ekti sifatida. Reja


Shaxsning biologik va psixologik rivojlanishi



Yüklə 130,04 Kb.
səhifə3/6
tarix21.10.2023
ölçüsü130,04 Kb.
#129713
1   2   3   4   5   6
2-маъруза тазасы

Shaxsning biologik va psixologik rivojlanishi
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog’liq deb ko’rsatadilar.
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta’sir tushuniladi. SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o’zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi.
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo’lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta’sirini aniqlashda ilg’or pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta’limotiga suyaniladi.
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma’naviy boyligi uning munosabatlariga bog’liq, deb hisoblaydilar.
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o’z navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma’lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi yoki yo’q qilishi mumkin.
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo’lagi deb baholaydilar. Bu insondagi layoqat kurtaklari bo’lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g’oyani ifodalaydi. Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Demak, shaxs bilan jamiyat o’rtasida ham uzviy aloqa mavjud.
SHunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson o’rtasidagi murakkab aloqa ta’siri ostida ro’y beradi, inson ularga faol ta’sir etadi va shu yo’l bilan hayoti va o’z tabiatini o’zgartiradi.
Ta'lim va tarbiyani shaxs kamolotining omili sifatida izohlab bering.
Tarbiya maqsadi va vazifalari. Tarbiya tarixiy-ijtimoiy tajribaga tayangan holda shaxsni ma’lum maqsad asosida ijtimoiy hayotga tayyorlovchi faoliyat jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab kelingan bo’lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan.
Tarbiya maqsadi kelajakda nimaga erishish, uning uchun qanday sa’yi-harakatlarni amalga oshirish bilan bog’liq jarayondir. Eng oddiy harakatdan tortib to keng ko’lamli davlat dasturi asosida tashkil etiluvchi tarbiya doimo muayyan maqsadga yo’naltirilgan bo’ladi.
Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar vujudga keladi:
1. Tarbiya jarayonida kishi ongining o'sishi sodir bo'Iadi. Masalan, bola o'z ona tilini, atrofini o'rab turgan muhitning ta'sirida o'rganib olishi mumkin. Lekin o'qish va yozishni ta'lim olish yo'li bilan o'rganadi. Ma'lum bilim ko'nikma va malakalar faqat tarbiya jarayonida egallanadi.
2. Tarbiya yordamida kishining tug'ma kamchiliklarini ham kerakli tomonga o'zgartirish mumkin. Chunonchi, ba'zi bir bolalar ayrim kamchilik (kar, ko'r, soqov va h.k) bilan tug'iladi. Lekin maxsus tashkil etilgan tarbiya yordamida, ularning aqliy qobiliyatlari taraqqiy qiladi, sogiom kishilar bilan barobar faoliyatda bo'lishi mumkin.
Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'siri natijasida yuz bergan kamchilik (bolalarning qarta, qimor o'ynashi, chekishi, ichishi va narkotik moddalarga o'rganishi kabi)larni ham tugatish mumkin.
Tarbiya - istiqboldagi maqsadni belgilaydi. Shu bois, shaxs kamolotini ta'minlashda ilg'or rol o'ynaydi. Tarbiyaning muvaffaqiyati ko'p jihatdan bola shaxsining o'ziga xos xususiyatlari, u yashayotgan muhitning ta'sirini hisobga olishga bog'liqdir.
Shaxsning kamol topishida tarbiya muhim rol o'ynaydi. Uning shakllanishi faoliyatdan tashqarida bo'lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos boiadi. Pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirilgan har qanday faoliyat — o'yin, mehnat, o'qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Inson-ning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, muhit va ta'lim-tarbiyaga bog'lab o'rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to'g'ri kel-maydi. Chunki, ijtimoiy taraqqiyotda shaxsning o'zi ham faol ishtirok etadi.
Tarbiyalash jarayoni. Tug'ilganda, hamma chaqaloqlar bir xil yigiaydi. Ammo ular kat-ta bo'lganlarida, turli mavqega ega boiadi. Nima uchun? Bola o'z onasidan tug'ilishi bilan uni tashqi muhit asosida tar­biyalash boshlanadi, chunki, odatda, u ichki muhit asosida ona qor-nida tarbiya oladi. Tarbiya insonning o'z oilasi, jamoasi, jamiyatida muhim asos hisoblanadi, chunki hech kirn o'z onasidan «yomon» boiib tug'ilmaydi.
Shaxsning shakllanishida unga berilayotgan ta'lim-tarbiyaning mazmuni, metodlari va vositalari bolaning yosh xususiyatlariga rnuvofiq kelishi muhim sanaladi. O'qituvchi o'quvchilarning ruhiy xususiyatJarini bilishi, ma'lum yoshdagi o'quvchilarning diqqat, xotira, tafakkur layoqatlarini inobatga olishi asosida faoliyat tashkil etishi lozim.



Yüklə 130,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə