2-mavzu. Davlat qarzi nazariyasi


-MAVZU. DAVLAT QARZLARINI BOSHQARISH



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə12/34
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#141880
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
2-mavzu. Davlat qarzi nazariyasi

3-MAVZU. DAVLAT QARZLARINI BOSHQARISH
Davlat qarzi tushunchasi va iqtisodiyotdagi o’rni.
Davlat qarzi — davlatning aholi, firma, tashkilot, banklar, xorijiy moliya-kredit muassasalari oldidagi qarz majburiyatlari. Davlat o’z daromadlari bilan harajatlarini qoplay olmay qolganda byudjet taqchilligi paydo bo’ladi va u qarz ko’tarish yo’li bilan qoplanadi. Davlat qarzini turli qimmatli qog’ozlar, obligatsiyalar, zayomlar chiqarib sotish, moliya muassasasi (bank)dan ssuda olish va boshqa usullar bilan oladi.
Davlat qarzining to’lov davriga ko’ra:
a) qisqa muddatli
b) uzoq muddatli,
tarkibiga ko’ra:
a) ichki qarz (davlat mamlakatning o’zidagi iqtisodiy subyektlardan qarzdor bo’ladi)
b) tashqi qarz (xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va boshqalardan qarzdorlik) kabi turlari bor.
Ichki qarz va uning foizlari milliy pulda, tashki qarz va uning foizlari esa erkin almashtiriladigan valyutada to’lanadi. Davlat qarzining darajasi, ya’ni qarz yuki qarz va uning foiz summasi yig’indisini davlat byudjeti summasiga nisbati bilan o’lchanadi, ya’ni

D.Q.D.=(D.Q + S(%))/D.B.S.

bunda: D.Q.B- davlat qarz darajasi, D.Q-davlat qarzi, S(%)-foiz summasi, D.B.S-davlat budjeti summasi.


To’lov majburiyati byudjetning qancha qismiga teng ekanligi bilan belgilanadi. Davlat qarzining haddan tashqari ortib ketishi iqtisodiyotni izdan chiqaradi, xalq turmush darajasini pasaytiradi (chunki qarzni to’lash uchun zarur pul byudjetda soliklarni oshirish orqali to’planadi), mamlakatdagi iqtisodiy faollikni susaytiradi. Tashqi qarzning ko’payib ketishi milliy mustaqillikka tahdid soladi, undan qutulishi uchun milliy iqtisodiyotni yuksaltirishga ketadigan investitsiyalarni qisqartirish va hatto milliy boylikning bir qismini xorijga sotishga ham to’g’ri keladi. Vaqtida to’lanmagan tashqi qarzga qo’shimcha foiz to’lanadi, undiriladigan foiz qarzga qo’shilib, uning mikdori yanada oshadi.
Davlat qarzining bo’lishi uni boshqarishni taqozo etadi, ya’ni qarzni olish va to’lash bilan bog’liq muayyan chora tadbirlarni amalga oshirish lozim bo’ladi. Qarz va uning foizlarini to’lash uchun byudjetdan pul ajratish Davlat qarziga xizmat qilish deyiladi. Davlat qarzini to’lashdagi shartsharoitlarning o’zgarishi Davlat qarzining restrukturizatsiyasi deyiladi. Restrukturizatsiya yuz berganda qarz haqining o’zgarishi konversiya deyiladi. Qarz to’lash muddati cho’zilganda Davlat qarzi prolongatsiyasi yuz beradi. Qarzning bir turi boshqasiga aylanganda, qisqa muddatli qarz uzoq muddatli qarzga aylanadi va Davlat qarzining konsolidatsiyasi yuz beradi. Davlat qarziga o’rin bo’lmasligi uchun davlat harajatlari davlat daromadlari darajasida bo’lishi lozim. Bunda taqchillikka yo’l berilmaydi yoki minimal darajaga keltiriladi.
Yevropadagi eng kambag’al 5 mamlakat haqida gapirganda Latviyaning bu ro’yxatga tushib qolishini hech kim kutmagan edi. Bu kutilmagan antiqa ko’rsatkichdir. Albaniya haqida esa gapirmasa ham bo’ladi,ushbu mamlakatda velosiped haqiqiy boylik hisoblanadi. Umumiy ro’yxatga nazar tashlasak Yevropada shunday kambag’al mamlakatlar borligini bilib hayron qolish mumkin. 3 17- oktabrda qashshoqlikdan qutulish bo’yicha xalqaro bayram nishonlanadi. Qora continent va Sharq mamlakatlari haqida gapirmay o’zini-o’zi boqa oladigan Yevropa haqida gap ketmoqdaki, u yerda ham kambag’allik muammosi zaruriy choralardan biriga aylangan. Ruminiya-Sobiq Sovetlar hokimiyati iqtisodiy rivojlanishi uchun katta yordam qilgan o’tmishdagi sotsialistik mamlakat. 80- yillar boshida neftning narxi tushishi sababli bu mamlakatda katta davlat qarzi hosil bo’ldi. O’sha paytda mamlakat prezidenti bo’lgan Nikolay Chausheski davlat oldida turgan muammolarni juda yaxshi tushunar edi. U iqtisodiy modelni o’zgartirishga qaratilgan katta reformalar qabul qildi. Bunda u ijtimoiy dasturlarni qo’llab quvvatlashni davom ettirdi. Lekin Chausheski davlat qarzini to’laganda, nomalum snayperlar tinch namoyishchilarni o’qqa tutishdi. Nikolay va uning oilasini qo’lga olib , keyinchalik ,,qonxo’r diktator” haqidagi afsonani tarqatdilar. Mamlakat ,,demokratlashish” ga kirishdi va hozirgi kunda ulkan ,,baxtli” davlat qarzi botqog’iga kirib qolgan. Albaniya-ko’pdan buyon bu mamlakat iqtisodiy muammolarni yecha olmaydi. Savodxonlik darajasi juda past. Ish ta’minoti va kelajakning yo’qligi axolini chet ellarga borib ishlab,kun o’tkazishga majbur qiladi. Bundan tashqari mamlakat AQSH va NATO tayanchi ostida Kosovo tarixiy serb hududiga qo’shilishi uchun yo’naltirilgan siyosatni olib bormoqda. Albanlar qadimiy xristiyan muqaddas joylarini buzishmoqda ,tinch serb axolisini o’ldirishmoqda. Mamlakatdagi bunday xolat unga nisbatan xalqaro ishonchni yo’qotadi va iqtisodiy rivojlanishga to’sqinlik qiladi.amlakatdagi bunday xolat unga nisbatan xalqaro ishonchni yo’qotadi va iqtisodiy rivojlanishga to’sqinlik qiladi. Latviya-qachonlardir Sovetlar davrida boy mamlakat, hozirgi kunda bechora hol Yevropasimon davlatchaga aylangan. Gap shundaki , 90-yillar Latviya (barcha Boltiq bo’yi mamlakatlari singari) Sovetlar davridan qolgan boyliklarni sotish bilan mashg’ul bo’ldi. Yevropa ittifoqi tarkibiga kirgach mamlakatning eksport zaxiralari tugagan edi, shartnomaga asosan esa mamlakat baliq va shakarni yetkazib berishni ya’ni o’zining an’anaviy eksport turini to’xtatishi shart. Endi esa mamlakatda katta davlat qarzi ko’rsatkichi va mehnat emigratsiyasining oqimi kutilmoqda. Gretsiya-zamonaviy ellada. Afsuski bu mamlakat ham hayot darajasining yuqoriligi bilan bizni quvontirmaydi. Yevropa ittifoqiga kirgach ko’pgina chekinishlarga rozi bo’ldi. Misol uchun Yevropa foydasi uchun o’z milliy valutasi draxmadan vos kechdi. Xozirgi kunda Gretsiyaning qarzi 15 mlrd yevrodan ziyod summani tashkil etadi. Uni to’lash uchun mamlakat ko’pgina davlat dasturlaridan kechishiga to’g’ri keladi. Ukraina-Ukrainani ham eng kambag’al davlatlar qatoriga kirib qolganini tan olish kerak. Bu regionning asosiy muammosi aholining yuqori darajada tarqoqligi. Sharqiy Ukraina – Molorossiya – o’zini xaqqoniy ravishda Rossiyaning bir qismi deb hisoblaydi va bor kuchi bilan tarixiy vataniga qaytish ishtiyoqida. Shu vaqtning o’zida g’arbiy qism – Galitsiya Ukrainani aloxida , mustaqil mamlakat deb jar solmoqda. Mamlakatda moliyaviy koruptsiya , poraxo’rlik ,o’g’irlik davlat faoliyatining barcha tizimlariga singib ketgan. Bu esa iqtisodda fojiyali yo’qotishlarni keltirib chiqaradi.
Turli mamlakatlarning davlat qarzi majburiyatlari umidliligiga baxo berish borasida Xalqaro valuta fondi ma’lumotlari bizga juda ham aniq emas deb tuyulmoqda,birinchidan,XVF ning xalqaro rezervlari bo’yicha ma’lumotlar bazasi hamma rezervlarni to’liq egallay olmaydi,berilgan ma’lumotlarga asoslanib , ular orqali yuqorida keltirilgan ma’lumotlar tuzilgan,bu yerda rezervlarning ,,joylashtirilmagan” unallocated deb atalgan anchagina katta hajmlar borki, u joylashtirilgan hajmlarning uchdan bir qismini tashkil etadi. Ikkinchidan , rezerv valutalarida joylashtirilgan aktivlarning davlat qarzini taqdim qiluvchilari hammasi emas.
Rivojlangan mamlakatlarning qarz majburiyatlarini bostirish bahosi , chet ellik ushlab turuvchilar(aktivlarni) xar xil mamlakatlar bo’yicha aynan qarz statistikasi bo’yicha tahlil qilish mumkin. Ushbu analiz chet el investorlari va avvalo,davlat institutlarining ,markaziy banklarning ,suveren fondlarning va o’sib kelayotgan pul qo’yishlari yana kamroq qarz uskunalarining ta’minlanishi qanchalik qanchalik isbotlanganligi nuqtai nazaridan ko’rib chiqish maqsadga muvofiq yuqorida qarz va YaIM ning nisbati , axoli jon boshiga rezerv va qarzlarning , shu bilan birga oltin zaxiralarining nisbati sifatida rivojlanlangan davlatlarning davlat qarzi nisbiy parametrlari ko’rib chiqilgan. Xozirgi kunda bu barcha nisbatlar juda izdan chiqqan (balansdan chiqib ketgan) va qariyb hamma ko’rib chiqilgan iqtisodlar uchun real aktivlar bilan ta’minlanishning juda kichik xolatini namoyish etmoqda, yoki bu mamuriy rezervlar ,oltin yoki mikroiqtisodiy ko’rsatkichlar bo’lishidan qat’iy nazar . Shu bilan bir vaqtda xalqaro rezervlar bozorida bu uskunalarning alternativsizligi sababli rivojlangan mamlakatlarning qarz majburiyatlariga chet el tomonidan pul qo’yishlari doimo o’sadi. Bu bilan bog’liq xolda bu majburiyatlarni emitatsiya qiluvchi davlatlar o’z vazifasini bajara oladimi degan savol tug’uladiki ular yana ham ko’proq moliyaviy piramidani eslatadi, ular orqali hisob kitob qilganda yoki qarzni va to’lovni taqdim etishda chet el investorlari rad javob bilan to’qnash keladilarki bu 1971-yilda AQSHning oltin bilan qarzlarni to’lashni rad etganiga o’xshab. Bu muammoni tahlil qilish uchun rivojlangan davlatlarning rezervlari bilan hamma qarzni emas hattoki sof qarzlarni ham emas , faqatgina chet el investorlari egalik qilayotgan qismini , ya’ni ularning asosiysi esa davlat institutlari hisoblanadi. Chet el pul mablag’larini ushlab turgan mamlakatlardan yagonasi o’z rezervlari davlat qarzlaridan yuqori bo’lgan yirik rivojlangan mamlakat bu Yaponiya. Yaponiyada chet el investorlari oltin valuta zaxiralari davlat qarzi hajmidan taxminan ikki barobar ko’p. qolgan mamlakatlarda investolar uchun ahvol juda noqulay,chunki qarzlar miqdori rezerv hajmidan ancha ko’p. Odatiy peshqadam bo’lib , qarzlarni qoplash bo’yicha kuchsiz hisoblanan mamlakat bu AQSH. Chet el investorlari oldida 4.5 trln dollardan ortiq qarzi bo’la turib 2013- yilda davlat rezervi bor yo’g’I 133mlrd dollarni tashkil qilib , bu chet el investorlari oldidagi qarzdan 35 marta kam degani.
Chet el investorlari oldidagi holat Yevropada anchagina durustroq. Lekin davlat moliyasi holatiga ijobiy baho berib bo’lmaydi. Ko’pchilik yirik Yevropa mamlakatlarida chet elliklar oldidagi qarzdorlik milliy rezervga nisbatan 5 -7 barobar ko’p. bizning qarashimizcha bu holat anchagina tashvishli va yaqin kelajakda dunyo qarzining jadallashib o’sish suratiga olib keladi. Bu rivojlangan mamlakatlar tomonidan hozirgi kunda davlat qarz majburiyatlarini so’ndirish uchun qo’yilgan mablag’larni yo’qolishiga olib kelishi mumkin.
Bir qator Yevropa mamlakatlarida oxirgi yillarda , asosan inqiroz va qarz muammolarini tezlashuvi rivojlangan mamlakatlarda davlat qarzi masalasi,qarz nisbiy ko’rsatkichlarining jadal o’sishi natijasida yalpi qarz va YaIM hajmini solishtirish natijasida (ko’pgina mamlakatlarda 100% nuqtadan oshib ketdi yoki bu nuqtaga yaqinlashdi) aktual zaruriy kundalik masalaga aylanib qoldi. Bu an’ana yetarlicha xavotirli hisoblanadi, lekin yana ham rivojlangan mamlakatlarning davlat moliyasiga nisbatan qarz yuklamasi holatig to’liqroq baho berish uchun qarz hajmiga bog’liq bo’lgan ayrim boshqa ko’rsatkichlarni tahlil qilib chiqsak maqsadga muvofiq bo’ladi. 2013-yil 1-noyabrda Yevropa Ittifoqi haqida shartnomaning kuchga kirganligiga 20 yil to’ldi(yoki noma’muriy –Mastrixt shartnomasi). 4 Shaxsiy yubileyini Yevropa faqatgina iqtisodiyot retsessiya holatiga emas, hatto ularning ko’pchiligi Mastrix asos solgan vazifalarni bajarmaslik bilan kutib oldi. Shunday qilib 2013-yilning ikkinchi kvartali natijalariga ko’ra umumiy 28 Yevropa ittifoqi mamlakatlarining davlat qarzi 86.8% ( YaIM ga nisbatan) , Yevrohududning 17 mamlakatida davlat qarzi 93.4% (YaIMga nisbatan) ni ko’rsatdi,bu esa Mastrix shartnomasi va stabillik aktiga asosan o’rnatilgan qoidalarga binoan(limit va suveren qarz YaIM o’lchovidan 60% idan oshmasligi shart) 5 qo’yilgan shartlarni buzib nisbatan ko’tarilib ketadi.
2013-yil 5- noyabrda 2015-yilgacha bo’lgan bir yo’la ham Yevrohudud ham Yevropa Ittifoqi mamlakatlari iqtisodiy o’sishini tahlil qiola turib valuta ishlari va iqtisodi bo’yicha Yevrokomissiya raisi o’rinbosari Olli Ren aytib o’tdi. Yevropa iqtisodida keskin burilish punktining yana ham ko’proq belgilari kuzatilmoqda . Budjet konsolidatsiyasi va tizim reformalari ( Yevropada qo’llanilgan) o’sishning yangi asosini yaratdilar. Shu bilan bir vaqtda g’alabani e’lon qilish uchun hali juda erta ; ishsizlik haligacha yol qo’yib bo’lmaydigan darajada qolmoqda.
Yevrokomissiya ma’lumotlariga asosan 2013- yilda YaIM nol qiymatda o’zgarmadi. Prognoziga ko’ra 2015-yilda esa Yevropa iqtisodida o’sish tempi 1.9 % gacha kuchayadi. Yevrohududda esa 2013-yilda 0.4% region YaIM ning pasayishi , 2014-yilda 1.1% YaIM o’sishi ,2015-yilda YaIM 1.7% gacha o’sish tempining kuchayishi habar qilinadi. Bunda oldingi Yevrokomissiya ma’lumotlariga nisbatan ( o’tayotgan yilda 0.1% ga Yevropa ittifoqi YaIM ning qisqarishi tahmin qilingan ).
Yevropa ittifoqi YaIM o’sishi 2013-yilda 0.1% ga yaxshilangan , lekin Yevrohudud YaIM o’sish tempini 2014-yilda bahosi aksincha pasaygan, oldingi prognozga qaraganda 0.1%ga, Yevrokomissiya prognozi o’zgartirishsiz qoldi. Yevrokomissiya fikri bo’yicha 2013- yilning ikkinchi kvartalida 0.3% ga Yevrohudud YaIM ning o’sishi region iqtisodidagi tizimiy o’zgarishlarga emas balki qulay ob havo sharoiti va mavsum faktorining ijobiy ta’siriga bog’liq. Yevrokomissiya ekspertlari aytishlaricha , 2013- yil ikkinchi yarmida YaIM regionda o’sish kamtar ko’rinishda qoldi.Yevropa Ittifoqi turli davlatlarda real sektorni kreditlash sharoitida farqlarning ortib borishi va hajmlarning pasayishi o’z ta’sirini ko’rsatadi(bu holatni belgilash uchun yevropa ekspertlari hatto mahsus atama ,,moliyaviy flagmentatsiya’’ni o’ylab topdilar). Tavakkalchilikning ko’tarilishi va noma’lumlik yangi ish o’rinlari yaratish uchun yevropani stabillashtirishiga yomon ta’sir ko’rsatishida davom etadi.
Djorj Soros ,, toki hokimiyat mavjud siyosiy kursda ish yuritar ekan, ular zulmatli saxnadan Yevropada uzoq davom etadigan iqtisodiy tushkunlikdan qochib qutulolmaydilar va buning natijasida Yevrohududning siyosiy yakdilligiga tarqalib ketishi xavfi tug’iladi” 6. Uning mulohazasiga ko’ra yevroni qutqarish uchun inqirozdan chiqishning tezkor choralari va uzoq muddatli tizimiy o’zgarishlar o’tkazish zarur. Bundan tashqari Soros Yevropa ittifoqi iqtisodiy integratsiya qilishni yo’lga qo’yish va davom etish kerak deb tavsiya beradi. Sorosning fikricha7 Yevropa fondi bazasida moliyaviy stabillikda to’laqonli yevropa moliya vazirligini shakllantirish bo’yicha a’zo davlatlar orasida kelishish shartnomasi tuzish zarur, shundan keyin Yevropa ittifoqi qo’mitasi agar to’lay olmaslik xavfi tug’ilish holatida vazirlikning agentlik vakolatini Yevropa banki komissiyasiga o’tkazishi mumkinki unda bank moliyaviy javobgarlikdan xolos bo’ladi. Soros bu choralarni faqat yevropa ittifoqi rivojlanishida ,, jadallashuvni (strategiyani) ‘’ qayta ko’rib chiqqandagina amalga oshirish mumkin deb tan oladi. U bunday vazirlik tizimiga ko’pgina mamlakatlar,birinchi navbatda Germaniya qarshi chiqadi, chunki ko’pgina davlatlar hukumati yevroni inkor etish yoki foydalanishda o’z shaxsiy qarorlarini qabul qila olishlariga ishonib kelmoqdalar. Lekin, Sorosning fikricha Yevropa ittifoqining tarqalishi moliyaviy tizimning qulashiga olib keladi, shuning uchun ham ,,Yangi buyuk depressiya “ dan qochib qutulishning ,,yagona yo’li” yevropa moliya vazirligini shakllantirishdir.
,,Ekonomist” da boshqacharoq yondashuv ko’zda tutilgan: jurnal mutaxasislarining fikricha ,, federallashtirishning yengillashtirilgan versiyasi” yevroning sinishiga nisbatan ikki yomonninh yaxshisi bo’lishi mumkin. Cheklangan federallashuv , amaliyotda yaratish og’ir ,birinchi navbatda cheklngan budjet – soliq integratsiyasiga tayanishi shart. Juda katta davlat qarziga ega davlatlar o’z iqtisodiy holatini va yevro kursini stabillashtirishlari uchun aniq bir mamlakatning iqtisodiy ahvoli bilan bog’liq bo’lmagan,,xavfsiz” aktivlarga banklar uchun , pul vositalariga esa davlatlar uchun yo’l qo’yilishi shart. Bu maqsadga aniq bir vaqt ichida , aniq bir qarz majburiyatlar hajmini birlashtiradigan yevroobligatsiyalarning maromli variantini yaratish hisobidan erishish mumkin. Nemis iqtisodchisi , GFR mikroiqtisodiy rivojlanish bo’yicha baholash ekspert maslahat guruhining a’zosi Peter Bofinger va ,,Redifayn” xalqaro analitik markaz mutahasisi Soni Kapur qarz majburiyatlari 60%(YaIM ga nisbatan) bo’lgan barcha davlatlarni birlashtirishni taklif qiladi. Yevropa ittifoqi trqatilishi yangi kirgan mamlakatlar tomonidan yangi davlat obligatsiyalarini chiqarish o’rniga ,, hamma Germaniyadan boshlab(davlat qarzi 81%YaIM) Italiyagacha (120%) toki davlat qarzi 60% YaIM ga tushmaguncha o’zaro yagona birgalikda obligatsiyalar chiqarishadi. Bunday obligatsiyalarning umumiy hajmi 2.3mlrd yevroga yaqin bo’lgan yangi bozori keladigan 25 yil ichida o’zini qoplaydi. Xar bir mamlakat obligatsiyalarga to’lovni amalga oshirish uchun aniq bir soliq turi bo’yicha (masalan QQS) qo’shimcha soliq yig’imlarini ko’chirishga o’zi uchun qo’shimcha majburiyat oladi”. 8 Baribir ham hozirgi paytdagi GFR kansleri Angela Merkel xar qanday birgalikda chiqarilayotgan obligatsiyalar fikriga qarshi chiqishini davom etmoqda. Shu bilan birga Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiyaning sobiq prezidenti Nikola Sarkazi bir necha bor yevroning mavjudligi butun Yevropa ittifoqi yashash imkoniyatiga bog’liq deb , hech qachon yevrohududning parchalanishiga yo’l qo’ymaymiz deb jar solishmoqda. 2011-yil sentabrda Yevroittifoq komissari Xoakin Almuniya kuchsiz iqtisodga ega bo’lgan mamlakatlarni Yevrohududdan chiqarish bilan muammolarni hal qilib bo’lmaydi deb yuqoridagilarning fikriga qo’shildi. Bundan tashqari YMB sobiq prezidenti Jan-Klod-Trishe ham Germaniyaning nemis markasiga qaytish imkoniyatini rad qildi.
Yevropa ittifoqi tarkibiga kirmasa ham Islandiya to’liq o’z iqtisodini uzoq qarziy inqirozdan keyin to’liq tiklay olgan Yevropadagi alohida mamlakatlarning biriga kiradi. Islandiya hukumati defolt e’lon qildi va valutani yirik devolvatsiyasini o’tkazdi, bu bilan 50% ga ishchi kuchiga ketadigan xarajatlarni amaliyotda qisqartirdi , bu esa o’z navbatida mamlakat eksporti sohasida raqobatga katta imkoniyatlar yaratdi. Li Garrisning fikricha siyosiy nuqtai nazardan ishchi kuchiga bo’lgan xarajatlar razmerini qisqartirishni , valuta kursini qiymati o’zgarib turgan vaqtida devolvatsiya qilishni amalga oshirish oson,reformatorning siyosiy karerasining tugallanishiga olib keladigan oylik ish xaqqini kamaytirish ovoza qilish hisobida emas. Shvetsiyada raqobatda qulay imkoniyatlarga ega bo’lish valuta kursining o’zgarib turishi bilan ta’minlangan edi, uzoq muddatda esa – tizimdagi reformalar yoki bozordagi meyorlashuvni omadli qo’llash orqali erishildi.Bundan tashqari davlat sektori tomonidan zayom vositalarining minimal darajada foydalanish,soliq reformasi va aholi bandligi uchun turli imtiyozlarni kiritish iqtisodiy o’sishni ta’minladi.
Yevrohududdan chiqish yoki uning tarqalishi nafaqat iqtisodiy balki juda muhim siyosiy qaror ekanligini hisobga olish zarurki uning oqibatlari juda murakkab,,agar Berlin kerakli vositalarni taklif qilib , o’yin qoidasini qolgan mamlakatlariga majburlasa ,unda Germaniya tomonidan norozilik kuchayadi (yoki milliy kayfiyatlarning o’sishi) va bu Yevropa ittifoqidan chiqib Buyuk Britaniyaga o’tmoqchi bo’lganlar tarafdorlarining tutgan yo’lini kuchaytiradiki,bu faqatgina mamlakat aholisiga tegmay Yevropadagi barcha liberal iqtisodiy siyosat tarafdorlariga ham salbiy ta’sir o’tkazadi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə