2-mavzu: iqtisodiy xavfsizlik shakllari va asosiy ko’rsatkichlar


Iqtisodiy xavfsizlikning institusional asoslari



Yüklə 40,6 Kb.
səhifə2/3
tarix30.12.2023
ölçüsü40,6 Kb.
#166271
1   2   3
2-ma\'ruza Iqtisodiy xavfsizlik

2.2. Iqtisodiy xavfsizlikning institusional asoslari
Xavfsizlikni, shu jumladan, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash davlat siyosatining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ushbu maqsadda uning siyosiy tashkiliy va huquqiy asoslari yaratilib, konsepsiya ishlab chiqiladi. Uni ishlab chiqish esa iqtisodiy holatni obyektiv baholashga hamda uning rivojlanish tamoyili va tendensiyalarini prognoz qilishga asoslanadi. Buning uchun iqtisodiy xavfsizlikni belgilovchi vaziyat va holatlardagi sabab-oqibatlar aniqlanib, iqtisodiy xavfsizlikni saqlash va mustaxdamlashga mas’ul, javobgar davlat organlari, tashkilot hamda muassasalar belgilanadi.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning institutsional muhitini yaratish muhim hisoblanadi. Bunda institutlar deganda jamiyatdagi turli tizimlar, subyektlarning o’zaro aloqadorlikdagi faoliyatlari qoidalari (o’yin qoidalari) nazarda tutiladi. Ular ma’lum cheklashlar hamda rag’batlarni o’z ichiga olganbbo’lib, faoliyatga undovchi motiv va mexanizmlarni shakllantiruvchi qonun-qoidalar yig’indisidir. Institutlar formal va noformal cheklashlar asosida harakat chegaralarini belgilash orqali bozor iqtisodiyoti sharoitidagi noaniqliklarni kamaytiradi, qabul kilinayotgan qarorlarning yetarli darajada natija berishini ta’minlaydi.
Ushbu institutsional yondashuvga ko’ra iqtisodiy xavfsizliknita’minlash uchun muassasalar, xo’jalik tuzilmalari belgilangan qonun-qoidalar asosida zararli faoliyatni cheklash orqali bir-biri bilan aloqadorlikda faoliyat yuritishlari uchun qulay muhit yaratilishi muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Jamiyatda noformal cheklashlar, ya’ni an’ana, odatlar, turli ijtimoiy shartlar, formal cheklashlar, ya’ni qonunlar, sudpretsidentlari, ma’muriy aktlar xamda belgilangan faoliyat qoidalariga rioya qilinishini ta’minlovchi sud, huquq-tartibot va boshqa xavfsizlik organlari ayrim xo’jalik subyektlari, shaxslar, guruhlar va boshqa kuchlarning xavfsizlikka tahdid soluvchi xatarli faoliyatining oldini olish va bartaraf qilish uchun tegishli muhit yaratadi. Bu esa ma’lum transaksion xarajatlarni taqozo etadi.
Bularga axborot izlash, tuzilmalar o’rtasida kelishuv va muzokaralar o’tkazish, shartnomalar tuzish hamda ularning bajarilishi ustidan nazorat qilish xarajatlari kiradi. Institutsional yondashuv turli darajadagi xo’jalik sub’etlarining iqtisodiy xavfsizligi bo’yicha qarorlar qabul qilish protseduralari va jarayonlari xarajatlarini optimallashtirish, iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi mexanizmlarni takomillashtirish orqali samarali boshqarish tamoyillarining shakllanishi uchun imkon yaratadi.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun asosiy shart-sharoitlar quyidagilarda o’z ifodasini topadi:
- aholining rivojlanish ehtiyojlarini qondira oladigan yashash imkoniyatining yaratilishi. Bu kishilar uchun tanlash erkinligi hamda uzoq muddat mehnat qobiliyatini saqlagan holda faoliyat yuritish huquqi va majburiyatini ifodalaydi. Buning uchun bozorning o’z-o’zini tartiblash va iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash mexanizmlari uyg’unligini ta’minlashga xizmat qiluvchi resurs, energetika, transport, ishlab chiqarish va bozor infrastrukturalari shakllantiriladi;
- xotirjam yashash imkoniyatlarining yaratilishi. Buning uchun favqulodda noxush vaziyatlar vujudga kelishining oldini olish xamda ishonchli axborotga ega bo’lish uchun iktisodiy sharoitlar vujudga keltirilishi lozim bo’ladi. Bundan ko’zlan gan m aqsad, birinchidan, iqtisodiy va texnogen xavf-xatarga qarshi tura olish, ikkinchidan, iqtisodiy jinoyatchilik va terrorizmning kuchayishiga qarshi turli imkoniyatlarni yaratish hisoblanadi;
- mamlakatning hududiy va iqtisodiy yaxlitligiga xavf soluvchi omillarning oldini olish. Bu omillar mamlakat hududlarining rivojlanishi va aholi turmush darajasidagi farqlarning kattalashib ketishi tufayli vujudga keladi. Mamlakatning hududiy va iqtisodiy yaxlitligini ta’minlash uchun, birinchidan, yagona iqtisodiy makonni tashkil etish maqsadida pul va bank tizimini mustahkamlash, moliyaviy va savdo infratuzilmasini rivojlantirish; ikkinchidan, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajalarini bir-birlariga yaqinlashtirishga qaratilgan oqilona hududiy siyosatni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ushbu shart-sharoitlarni yaratish asosida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash mexanizmining asosiy elementlari - huquqiy baza, boshqarishning iqtisodiy uslublari hamda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish vujudga keladi.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning huquqiy bazasini O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlar tashkil etadi.
Boshqarishning iqtisodiy uslublari tarkibi to’lov, tovar ayriboshlash va narx shakllanishini tartibga solish, iqtisodiy javobgarlik va mas’uliyat hamda moliyaviy intizomni o’z ichiga oladi. Shuningdek, ularning tarkibiga turli sug’urtaviy himoyalar, faoliyat turlarini litsenziyalash, xo’jalik jarayonlarini tekshirish orqali ulardagi qiyinchilik va to’siq bo’luvchi omillarning oldini olish va bartaraf etish vositasi sifatida audit hamda axborot kiradi.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun davlat organlarining tashkiliy tuzilmalari – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, zimmasiga O’zbekiston Respublikasi va fuqarolarining manfaatlarini himoya qilish, qonstitutsion, milliy va O’zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro normativ-me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan huquqlarini ta’minlash vazifalari yuklatilgan davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslarning tashkiliy tuzilmalari va majburiyatlari majmuasidir.
Davlatning iqtisodiy xavfsizligi tizimi samarali ishlashi uchun yuqorida keltirilgan tarkibiy qismlarning mavjudligi, ularning qay holatda ekanligi, aniqlik darajasi muhim. Tizimning samarali tashkil etilishi, mavjud kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlab, bartaraf etishga erishish iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda davlat organlarining roli muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan davlat organlarining iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash siyosatini olib borish vazifasi ularning asosiy vazifalaridan biridir.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash sohasida davlat organlarining vazifalari quyidagilardir:

  • budjet mablag’larini sarflash samaradorligini oshirish, davlat xaridlarini nazorat qilish va budjet mablag’larining talon-taroj bo’lishining oldini olish;

  • iqtisodiy jinoyatlarga qarshi samarali kurashishni amalga oshirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi samarali kurashish mexanizmlarini takomillashtirish;

  • tadbirkorlik faoliyatini olib borishga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ularni kamaytirish mexanizmlarini takomillashtirish;

  • tadbirkorlik faoliyatini olib borishga to’sqinlik qiluvchi jinoiy tuzilmalar, guruhlarga qarshi samarali kurashish;

  • xo’jalik yurituvchi subyektlarning soxta bankrotlik va boshqa noqonuniy hatti-xarakatlar sodir etishining oldini olish;

  • davlat xaridlarini amalga oshirishda qonunlar buzilishining oldini olishi, narxlar sun’iy oshirilishi holatlarini samarali aniqlash tizimini ishlab chiqish;

  • strategik ahamiyatga ega ob’ektlarning xavfsizligini ta’minlash.

Quyida iqtisodiy xavfsizlikning asosiy subyekti bo’lgan davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash va milliy iqtisodiy tizimni rivojlantirish uchun amalga oshirishi zarur bo’lgan strategik vazifalari tasvirlangan (6-rasm).

2-rasm. Davlatning iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashdagi strategik vazifalari
Yuqorida keltirilgan maqsad, yo’nalish va vazifalardan kelib chiqqan holda, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashni kompleks tahlil qilish va xavfsizlikni baholab borish mexanizmini yaratish mumkin. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash maqsadlarini amalga oshirish uchun mamlakat iqtisodiy holatini doimiy monitoring qilib borish hamda risklarni kamaytirish talab etiladi.

Yüklə 40,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə